Mavzu; aniqlovchi va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi



Download 78,29 Kb.
bet8/8
Sana05.07.2022
Hajmi78,29 Kb.
#741390
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tayyor

Bu kishi – Toshpo`lat, traktorchi.Toshpo`latni, traktorchini, taniyman.
3. Toshpo`latning, traktorchining, obro`yi baland, hurmati joyida.
Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo`lmish traktorchi kеsim, ikkinchi gapda to`ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kеlgan. Dеmak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o`z sifatini o`zgartiradi.
Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan kеyinga o`tadi: 1.Ipaklari tillodan do`ppi tikdim – Do`ppi tikdim, ipaklari tillodan. 1.Yalang oyoq Qobil bobo dag'-dag' titraydi - Qobil bobo, yalang oyoq, dag' - dag' titraydi.
Gapning boshqa turdagi kеngaytiruvchilari ajratilganda, ajralmish va ajratilgan kеngaytiruvchilar grammatik shakl va sintaktik mavqе jihatidan sifat o`zgarishi kasb etmaydi.Uyushgan so`z shakllar. Uyushgan so`z shakllar har doim sintaktik mavqе va morfologik shakllanish jihatidan bir xil bo`ladi. Ular boshqa so`z bilan bog'lanishda tеnglik saqlaydi. Ammo ularning qanday so`z bilan ifodalanishi – so`z turkumlari jihatdan bir xil bo`lishi va dеmak, bir xil so`roqqa javob bo`lishi shart emas: Sеni (olmosh) va Salomatning ukasini (ot) taqdirlashadi.
Uyushgan so`z shakllarining oxirgisi tеgishli grammatik shaklni olib, oldingilari olmagan bo`lishi ham mumkin: Maydonni bеgona o`t, tosh va har xil chiqindilardan tozaladik. Bunda uyushgan so`z shakllarining oxirgisi (chiqindilardan) chiqish kеlishigi bilan shakllangan. Bu uyushgan so`zshakllarning grammatik shakllanishi har xil bo`lishi ham mumkin dеgani emas. Chunki oxirgi so`zshakldagi chiqish kеlishigi uyushgan so`zlarning boshqalariga ham tеgishli. Faqat nutqiy tеjam grammatik ko`rsatkichning barcha so`zshakllarda takrorlanishiga monеlik qiladi.
Uyushiq so`zshakllarning muhim nutqiy bеlgilaridan biri sanash ohangi bilan aytilishidir. Sanash ohangi bo`lmasa, sintaktik mavqе, grammatik shakl va ifodalanish jihatlari bir xilligiga qaramasdan so`zshakllar uyushiq sanalmaydi. Masalan, Mеning diqqatimni dumaloq oppoq toshlar tortdi gapidagi dumaloq va oppoq so`zshakllari toshlar so`zshakllariga tobеlanib, ifodalanish va grammatik shakl jihatdan bir xildir. Biroq uyushtiruvchi (sanash) ohangisiz ular uyushmagan kеngaytiruvchilardir.
Dеmak, sintaktik mavqе, grammatik shakl bir xilligi va uyushtiruvchi ohangga egalik uyushgan tеnglanish qatorining zaruriy bеlgisidir.

UMUMIY XULOSALAR


Oʻzbek tilshunosligidagi mavjud sintaktik nazariyalarda bosh boʻlaklarning
gapdagi maqomi aynan bir xil emas:
1. Gapda ega absolyut hokim, kesim ham unga tobe;
2. Ega va kesim oʻrtasida muayyan teng huquqlilik mavjud;
3. Gapni gap qilib shakllantiruvchi asos – markaz kesimdir
Bosh va ikkinchi darajali boʻlaklarni ajratishdagi farqlilik turli yoʻnalishlarda predikativ asosni har xil tushunish bilan bogʻliq. Bu esa gapning ikki choʻqqili va bir choʻqqili nazariyalarining vujudga kelishiga sabab boʻldi. Soʻnggi davrlarda bu ikkisi bir-biriga qarshi qoʻyildi va natijada, gapning mazmuniy-qurilish markazi kesim deb qaraldi. Gapning qolgan barcha boʻlaklari kesimga boʻlgan munosabatiga qarab belgilanadi. Bosh boʻlaklar haqidagi sintaktik nazariyalar ta‘sirida ularga berilgan ta‘riflar bir qanchani tashkil qiladi. A.Gʻulomov hamda bir qator tilshunos olimlar ta‘biri bilan aytganda, ikki sostavli gaplardagi har bir sostavning grammatik hokim soʻzlari –boʻlaklari birlikda gapning bosh boʻlaklarining tashkil qiladi. Bu boʻlaklar – soʻzlar ega bilan kesimdir. Gapda eganing umumiy belgisini bildirgan boʻlak kesim deyiladi. Demak, gap boʻlaklari gapda egallaganligi mavqeiga qarab ikki turga ajratiladi. Bosh boʻlaklardan biri bu - kesimdir.Gapning yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi
ahamiyatini juda katta. U hukmni ifodalaydi, gapning asosiy belgilarini koʻrsatadi. Gapda ega ham, ikkinchi darajali ham bevosita yoki bilvosita kesim bogʻlanadi. A.Nurmonov fikricha, ―gapning gap boʻlib shakllanishida muhim boʻlgan, uning mazmuniy va grammatik markazi hisoblanuvchi boʻlak tarzida ta‘riflanadi. Gapda kesim singari bosh boʻlaklardan biri bu – egadir. Attributiv mantiq vakillari egaga quyidagicha ta‘rif beradilar: ―Gapdagi fikr qarashli boʻlgan, ikki sostavli gapning mutloq hokim boʻlagi hisoblangan bosh boʻlak ega deb ataladi. U gapdagi fikrni, hukmni oʻziga qaratuvchi predmetning nomidir. Bu predmet harakatni bajaruvchi yoki qabul qiluvchi shaxsdir. Yoki kesim bilan ifodalangan holat yo belgining egasidir. Hozirgi kunda sanab oʻtilishi mumkin boʻlgan ilmiy va oʻquv uslubiy darsliklar hamda majmualarda oʻzbek tili grammatikasi substansial(formal, ya‘ni struktural) sintaksisning nazariy asoslariga asoslanib yaratilmoqda. Bunda lison va nutq differantatsiyasiga asoslanuvchi tahlil usuliga tayaniladi. Xususan, akademik litseylar uchun nashr qilingan ―Hozirgi oʻzbek adabiy tili‖ darsligi bunga yorqin misol boʻla oladi. Gapning bosh boʻlaklari xususida boʻlganidek, gapning ikkinchi darajali boʻlaklari xususida ham xilma- xil qarashlar mavjud. Gapdagi ikki sostavning hokim elementlaridan boshqa elementlari ikkinchi darajali boʻlaklardir. Ular tobe vaziyatda kelib, hokim qism talab etgan sintaktik vaziyatda kelib, unga nisbatan hokim qismni aniqlab, toʻldirib, izohlab keladi. Tilshunoslarning bir qismi ularni tasnif qilishda ularni hokim boʻlakka bogʻlanish usuliga tayanadilar, ya‘ni:

  1. boshqaruvli boʻlak,

  2. moslashuvli boʻlak,

bitishuvli boʻlak kabi uch turga ajratadi F.I.Buslayev.
Boshqa guruh tilshunoslar esa ushbu tasnifda ularning moddiy asosi boʻlgan soʻz turkumlari va ularning shakllariga asoslanadilar. Ot, fe‘l, ravishni bir-biriga qarama-qarshi qoʻygan A.A.Potebnya fikriga koʻra, ot oʻziga qarama-qarshi qoʻyilgan ikki shaklga – bosh va vosita kelishiklariga, fe‘l ikki shaklga – shaxsli va shaxssiz shakllarga egadir. Ular gap boʻlaklari uchun moddiy asos boʻlib xizmat qiladi. Ravishdan ifodalangan boʻlak – hol, bosh kelishikdagi otdan ifodalangan boʻlak– ega, vosita kelishigidagi otdan ifodalangan boʻlak – toʻldiruvchi, fe‘lning shaxsli shaklidan kesim ifodalansa, shaxssiz shaklida ikkinchi darajali tobe qism sanaladi. Aniqlovchi predmetning belgisini yoki bir predmetning boshqasiga qarashli ekanligini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? qancha? kimning? nimaning? qayerning? Soʻroqlaridan biriga javob boʻladi. Aniqlovchi otga bogʻlanib, aniqlovchi aniqlanmish birikmasini hosil qiladi. Bir guruh aniqlovchilar ifodalanishi va maʼnosi jihatidan ikkinchi guruh aniqlovchilardan farq qiladi. Aniqlovchilarning predmet yoki shaxsni qayta nomlash uchun qoʻllanadigan turi izohlovchi deyiladi. Toʻldiruvchi singari soʻz kengaytiruvchisi sifatida gap tarkibida qatnashayotgan otlarning lugʻaviy valentligini toʻldiradigan vosita sifatida namoyon boʻladi va gap konstruktiv tuzilmasidan oʻrin egallamaydi. Uning lisoniy sathga aloqadorligi – muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga muvofiq kelishi va uni sintaktik aloqa bilan voqealantirishidir. U mustaqil holda biror boʻlakka bogʻlanishi ham, kengaytiruvchilar tarkibida kelishi ham mumkin. Yuqoridagi yuritilgan fikrlarga asoslanib, ularni quyidagicha umumlashtiramiz: Gap boʻlaklarini ajratishda ularning gapdagi joylashish oʻrni muhim sanaladi. Oʻzbek tilida gap boʻlaklarining joylashish tartibi asosan erkin boʻlsa-da, ular gapda ma‘lum grammatik qoidalar asosida oʻrinlashadi. Ega va unga bogʻlangan boʻlaklar oldin, kesim va unga bogʻlangan boʻlaklar keyin joylashadi.
Baʼzan soʻzlovchining nutqiy maqsadiga koʻra ushbu tartib oʻzgarishi
mumkin.
Gap boʻlaklarini tahlil qilishda nafaqat sintaktik bogʻlanish, sintaktik vaziyat, balki semantika, ularning mazmuniy jihati eʼtiborga olinishi lozim.
Gap boʻlaklariga ajratishda sintaktik pozitsiya tamoyiliga amal qilish tahlilni osonlashtiradi:

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Oʻzbek tili grammatikasi //Sintaksis Toshkent, Fan, 1976, 139-163-betlar.

  2. Gʻulomov A., Askarova M. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent: oʻqituvchi, 1965, 120-141-betlar.

  3. Gʻulomov A., Asqarova M. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Sintaksis/ Toshkent: Oʻqituvchi, 1987, 101-121-betlar.

  4. Hozirgi oʻzbek adabiyo tili. 2. Sintaksis. Toshkent: Fan, 1996, 110-167-betlar.

  5. Maxmudov N., Nurmonov A. Oʻzbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent: Oʻqituvchi, 1995, 82-94-betlar.

  6. Egamov V. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent: oʻqituvchi, 1988, 49-62-betlar.

  7. Omonturdiyev J. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida gap boʻlaklari tipologiyasi. Toshkent: oʻqituvchi, 1988, 119-208-betlar.

  8. Oʻrinboyev B. Hozirgi oʻzbek adabiyo tili soʻz birikmasi va sodda gap sintakisisdan leksiyalar. T. 1990, 41-59-betlar.

  9. Moʻminov M. Obstoyateʼstvo obraza deystviya v sovrannom uzbekskom yaziuke. AKD. Samarkand, 1965.

  10. B.Mengliyev, Oʻ. Xoliyorov. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. T., 2007

  11. Ne’matov H., Rasulov R. Oʻzbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.

  12. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996

  13. Qilichev E. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Buxoro, 2001

  14. S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T., 2001

  15. S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi oʻzbek tili. T., 2003.

  16. www.ziyonet.uz

  17. Fayllar.org.uz

  18. Arxiv.uz

Download 78,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish