Tadqiqotning metodologik asosi
Tadqiqot masalalarini hal qilishda quyidagi tadqiqot uslublaridan foydalanildi:
– tadqiqot mavzusiga oid texnologik, psixologik, estetik adabiyotlarni o’rganish;
– boshqa tildagi veb saytlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ular foydalangan usullarni amaliyotda tatbiq etib ko’rish;
– internet forumlari, o’zbek forumlaridagi Android operatsion tizimi bo’yicha fikrlarni o’rganish;
– Android operasion tizimi uchun “World Countries” dasturini tayyorlash.
Olingan asosiy natijalar. Android OT haqida ma’lumotlar to’plandi. Ushbu OTda dasturiy ta’minot yaratilish usuli o’rganildi. Flutter va Android SDK muhitlarida dasturlash vositalari o’rganildi. Mavzu bo’yicha dastur tayyorlandi.
Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Hozirgi o’quvchilar uchun ko’p tarqalib borayotgan Android OT da davlatlar haqida ma’lumot beruvchi o’zbek tilidagi dasturlarning kamligi tadqiqot ishimizning yangiligi hisoblanadi. Yaratilgan dasturimizni ushbu sohaga qiziquvchi maktab, kollej o’quvchilari va Oliy ta’limda talabalari Android OT da ishlaydigan qo’l telefonlariga o’rnatib bemalol ishlatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |