Xavflarning sinflanishi.
1. Kelib qikish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy,
antropogen (inson bilan bog’lik), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq).
2. Maxsus standartlar bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
3. Salbiy oqibatlarning vaqt bo’yicha kelibchiqishiga ko’ra xavflar impulsli va
kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi.
4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in va o’lim xavflari.
5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, texnik, ekologik.
6. Yakkalashi bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’lik bo’lgan xavflar.
7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportiga, ishlab
chiqarishga oid xavflarga bo’linadi.
8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va hosil qilingan (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan) bo’ladi.
9. Insonga ta’sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi
vujudga keltiradi. Bular: o’tkir (sanchiluvchiva kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar. Xavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud.
Faoliyatning potensial xavfi haqida aksioma Har qanday faoliyatning xavfliligini
tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos beradi. Faoliyatning bironta turi yo’qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. O’z navbatida, quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik xarakterga egadir. Berilgan aksioma faqat metodologik va evristik ahamiyatga egadir.
III.2. AKT korxonalarida jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish
Aloqa korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jaroxatlanishga,zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarog‘atlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaxarlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz xodisa deb xam yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab chikarishda, ish joyida
jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida,
komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. Ma’muriyat birinchi va ikki turdagi baxtsiz xodisa, ya’ni jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog‘langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlari uchun to‘liq haq to‘lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish soxasida yo’l qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov mikdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq, bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaxarlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaxarlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaxarlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaxarli moddalar yig‘ilishinatijasida yuz bersa, surunkali zaxarlanish deyiladi. Surunkali zaxarlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan xamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo‘lishi natijasida kesson kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig‘lanish va zaxarli moddalar ta’siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib
bo‘lmaydigan hol xisoblanadi. Agar bunday xol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
Shuning uchun xam ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz hodisa xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi. Tekshirish va xisobga olish umumiy o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi.
III.3. AKT korxonalarida ishchilarni ijtimoiy tusdagi favqulotda xolatlardan muhofaza qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |