Gson fayllarni yuklash
Dasturdagi davlatlar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan gson faylni va boshqa kerakli fayllarni saqlash uchun assets nomli papka hosil qilamiz va barcha fayllarni shu papkaga joylaymiz:
Rasm 2.2.2 – directory of assets
assets papkadagi fayllardan foydalanish uchun ularni pubspec.yaml da e’lon qilish kerak:
Rasm 2.2.3 – pubspec.yaml
Keyingi qadamda dasturda ko’p foydalaniladigan o’zgarmaslarni constants.dart fayliga yozib olamiz.
Keyingi qadamda dastur o’lchamlari har bir gadjet uchun qulay bo’lishi uchun SizeConfig.dart classini yaratamiz.
Keyingi qadamda bevosita dastur yaratish jarayoniga o’tamiz. Birinchi navbatda dasturning boshlang’ich splash oynasini yaratamiz splash_screen:
Rasm 2.2.4 – Splash Oyna
Keyingi qadamda dasturning bosh oynasini yaratamiz home_screen:
Rasm 2.2.5 – Bosh oyna
Keyingi qadamda Tafsilotlar oynasini yaratamiz:
Rasm 2.2.6 – Tafsilotlar oynasi
II.3. “World Countries” dastur interfeysi
F oydalanuvchi ushbu dasturni o’rnatgandan keyin telefonning Menu qismidan ushbu
dastur logotipini tanlaydi va quyidagi splash oyna ochiladi :
Rasm 2.3.1 – Splash Oyna
Dastur nomi ko’rsatilgan ushbu oyna ochiladi va foydalanuvchi “Olg’a” tugmasini bosish orqali quyidagi bosh oynaga o’tishi mumkin :
Rasm 2.3.2 – Bosh oyna
Bu yerda foydalanuvchi qidirayotgan davlat nomining bir necha bosh harflarini qidiruv maydoniga yozib ushbu davlatni real vaqtda osonlik bilan topishi mumkin:
Rasm 2.3.3 – Dasturda qidiruv
Keyingi davlat haqidagi ma’lumotlar oynasiga o’tish uchun davlat nomining ustiga bosiladi va tafsilotlar oynasi ochiladi :
Rasm 2.3.4 – Tafsilotlar oynasi
Telefon ekranini pastdan tepaga tortish orqali qolgan ma’lumotlarni ko’rish mumkin :
Rasm 2.3.5 – Tafsilotlar oynasi
III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
III.1 AKT korxonalarida “xavf-sabablar-ko’ngilsiz oqibatlar”
Xavf – hayot faoliyat xavfsizligining (HFX) markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va ob’ektlarning inson sog’ligiga to’ridan-to’g’ri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyatini tushuniladi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarni olib keladi.
Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida joylashtirgan xamma sistemalarni, hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o’zida saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |