Mavzu: andijon viloyati marhamat tumanidagi qadimgi mingtepa arxeologik yodgorligi va rekonstruksiyasi



Download 1,27 Mb.
bet2/3
Sana08.02.2022
Hajmi1,27 Mb.
#437370
1   2   3
Bog'liq
Mingtepa taqdimot

Mingtepa o’zi nima?
Shunday savol bilan murojaat qiladilar ko’pchilik. Yuqorida biz so’z yuritgan Mingtepa moziydan sado beruvchi arxeologik yodgorlik edi, xolos. Aslida Minggtepa hozirgi Marhamat tumanining to’liq, atrofdagi qo’shni tumanlarning bir qismini qamrab olgan hudud hisoblangan. (Bir misol, Asaka tumanining Xonaqa mahallasi yaqiniga joylashgan tepalik ham Dovon yodgorligi hisoblanadi). Bu joy tarixda Dovon davlati davridan qolgan minglab tarixiy yodgorliklarga – tepaliklarga ega bo’lganligi uchun ham bir yarim ming yildan ortiq vaqtda Mingtepa deb nomlangan. Bundan tashqari bu yerda XIII asrlarda islom dinini targ’ib qilish uchun kelgan ulug’ zotlar – Otalardan yettitasi abadiy qo’nim topgan. Ularning qabrlari shifobaxsh buloqlar bo’yida, ajoyib tabiiy landshaftga ega joylarda bo’lib xalqimiz uchun mo’tabar ziyoratgohlarga aylangan. Qisqacha qilib aytganda, Andijon viloyatidagi 300 ta atrofidagi ro’yxatga olingan madaniy me’ros ob’ektlaridan uchdan biri Mingtepaga (hozirgi Marhamat tumaniga) joylashgan.
Agar uning o’tmishiga bir nazar solsak, u hunarmandchiligi va qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan, samoviy otlari bilan dong taratgan, ming yildan ortiq (oxirgi ma’lumotlarga qaraganda miloddan avval VI – V va milodning IV — V asrlari) vaqt xukum surgan vodiy tarixidagi boy va kuchli davlatning bosh shahri sifatida bir necha bor tashqi xujumlarga va tabiat injiqliklariga dosh bera olgan, lekin baribir uzoq vaqtning salbiy ta’siri natijasida vayronaga aylangan tarixiy obida hisoblanadi.
U eng achinarlisi, katta buzilishlarni aynan o’tgan asrning o’rtalarida yurtimizdagi ko’plab tarixiy madaniy me’ros ob’ektlari kabi boshidan kechirdi. Mustabid tuzum bizga tariximizdan, o’tmishimizdan so’zlovchi, g’urur va iftixor tuyg’usini berib qalblarimizni quvonchga to’ldiruvchi Mingtepadek muqaddas tarixiy me’moriy yodgorlikni ayovsizlarcha buzib, qishloq xo’jaligi ekinlari ekish maydonlariga aylantirdi. Tariximizning buyukligidan – ma’naviyatimiz ildizi baquvvat ekanligidan darak beruvchi moddiy va nomoddiy yodgorliklarimizni yo’q qilishga tushdilar. SHunisi alamliki, oq oltinni “oltin qo’llar” yaratadi deyishib, manashu “oltin qo’llar” bilan ularni yo’q qilishga urindilar. Chunki tarixidan maxrum qilingan xalq qullikka maxkumdir. Ona zaminidagi aziz qadamjolarni o’z qo’li bilan yo’q qiluvchi manqurtga aylantirishga urindilar. Eng daxshatlisi, bir asrdan ziyod milliy ruximizni sindirishga, qaramlik ruxiyatini singdirishga qaratilgan siyosat olib borildi. Natijada, butun insoniyat tamaddudining beshiklaridan biri hisoblanayotgan Mingtepadek ulkan qadamjoyni buzib uning jahon sayyohlari aziz hisoblab, ko’zga surtadigan tuprog’idan g’isht ishlab chiqish uchun zavod qurmoqchi bo’lindi, cho’chqalar boqildi, paxta ekildi, yakka tartibda uylar solishga joy berildi. Bunday tepaliklar ichki qal’aning o’zida arxeolog olim A.N.Bernshtam o’rgangan 1946 yilda 16 ta bo’lgan. O’tgan asrning elliginchi yillari ulardan 15 tasi mustabit tuzimda paxta ekish maqsadida yo’q qilingan. Bu ham yetmaganidek, hozirda saqlanib qolgan birgina xukumdor arkiga xarom o’lgan hayvonlarning o’liklari tashlangan…
Kishilik jamiyatining daholaridan biri Arnold Toynbi vodiyga «Qadimgi Farg’ona – jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biridir» deb ta’rif berishi bejiz emas. Qadimgi Farg’ona Baqtriya, So’g’d, Xorazm kabi Turonzaminning yirik tarixiy-madaniy o’choklaridan biri hisoblanib, umumbashariyat madaniyatiga qo’shgan munosib hissasi tufayli «Farg’ona sivilizatsiyasi» degan nom ostida jahon tarixiga kirgan.
Vodiy xududida ayniqsa uning sharqiy qismida yani Qoradaryoning yuqori va o’rta oqimlarida ilk dehqonchilik va dastlabki shaharsozlik makonlari ko’plab qayd etilgan va arxeologlar tomonidan yaxshi o’rganilgan.
Yozma manbalarda xususan antik davr mualliflarida Farg’ona vodiysi to’g’risida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina ba’zi ma’lumotlar Xitoy yilnomalarida qayd etilib, ularda Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi aytilib Ershi, Yuchen. Guyshuan (Guyshan) shahri nomlari keltiriladi.
Xitoy yilnomalarida Ershiga ko’p to’xtaladilar. Arxeologlar Andijon viloyatidagi Mingtepani tarixiy Ershi bilan qiyoslaydilar. Bu yodgorlik tarkibiy jihatdan ichki (o’rta shahar) va tashqi shaharlardan iborat bo’lib, ark qoldiqlari ichki shaharda joylashgan va uni markaziy qismi saqlangan xolos. Xitoy manbalari xabar bergan Ershi – «o’rta shahri» qoldiqlari faqat Mingtepada saqlangan (maydoni 40 gektardan ziyod). «O’rta shahar» ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o’ralgan, ular arxeologik jihatdan qayd etilgan. Ichki shaharning mudofaa inshootlari to’la saqlangan: 1952-yildagi ma’lumotga asosan g’arbiy va sharqiy devorda 20 tadan, janubda 6 ta, shimolda 12 ta kuzatuv minoralari (burjlari) saqlanib bizgacha yetib kelgan.
2011-yili samodan olingan suratlar taxlil etilganda Mingtepa ichki shahrini rejasi to’g’ri to’rtburchakli emas, balki parallellogramma ko’rinishdagi ekanligi ayon bo’ldi. Bu narsa nafaqat Mingtepa rejasiga emas, balki uni o’rganish bilan bog’liq muammolarga ham o’zgartirish kiritishi shubxasiz. Chunki u ko’plab belgilariga ko’ra ilk temir davrining eng yirik yodgorligi Eylaton qadimgi shahri rejasi bilan o’xshashlik tomonlari ko’zga tashlanadi. Bu narsa Mingtepani davriy jihatdan bir oz qadimgi davrga qadimiylashishi mumkinligi uchun yangi dalil bo’ladi. Chunki har ikki shahar bir davrda bunyod etilgan bo’lishi mumkin. 2015-2016 yillari ikkinchi tashqi devor o’rami to’rt tomonida 500 gektar maydon Xitoy maxsus asbobi Tan chan (sanchqich) yordamida o’rganib chiqildi. Natijada Mingtepani tashqi mudofaa devorlari qoldiqlari qayd etildi. Ko’hna shaharning ikkinchi tashqi mudofaa devori himoyalagan xududni 300 gektardan ziyod ekanligi aniqlandi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish