2-Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Analog-diskret kanallar. Analog va raqamli filtrlar
Laboratoriya mashg’ulotini bajarishdan maqsad: Analog-diskret kanallar, analog-raqam o’zgartiruvchi qurilmalar, analog-raqamli filtrlar ishash prinsipi haqida ma’lumotga ega bo’lish. Tezkor spektral o’zgartishir metodini o’rganish.
Masalaning qo’yilishi:
Berilgan spektral signal ampilitudasini kordinatalar sistemasida ifodalang:
x(t) = 5*sin(2*pi*2t)+6*cos(2*pi*8t)+4*sin(2*pi*10t)
Asosiy nazariq qism: Analog termini biror bir fizik xodisa yoki voqeani borishidagi parametrni ifodalovchi qiymatlar to’plami bo’lib, u fizik parametr borishiga mos bo’lishidan kelib chiqgan. Ya’niy qiymat parametr ortsa ortib, kamaysa kamayib boradi.Odatda analog signallar uziliksiz bo’lib, grafikda uziliksiz chiziq sifatida ifodalanadi. Real vaqt tizimlarida kordinata o’qini abssisasida vaqt, ordinatasida esa qiymat joylashadi.
Rasm 1. Analog signalni ifodalanishi.
Fizikoviy o’lchashlarda barcha fizik parametrlar maxsus o’lchash tizimlari yordamida asosan elektr signallariga aylantiriladi. Bu signallarni analog elektr signallari deb ataladi. Signalni olinishi xam real vaqt tizimlarida bo’ladi. Elektr signali kattaligi odatda elektr toki yoki kuchlanishi ko’rinishida bo’ladi. Bazi xollarda, nefti ximiya sohasida fizik parametrni o’lchashda pnevmatik signal ko’rinishida olinadi. Bu yerda analog signal xavo bosimini mos o’zgarishi bilan ifodalanadi.
Ba’zi fizik jarayonlarni parametrlari diskret, uzulikli o’zgaradi. Masalan elektr toki bor yoki yo’q, rele kontakti uzuk yoki ulaniq, klapan ochiq yoki yopiq, Bu parametrlarni elektr signallariga aylantirilsa diskret signal xosil bo’ladi. Ularni ko’rinishi quydagicha bo’ladi:
Rasm 2. Diskret signallarni ifodalanishi.
Grafikni abssisa o’qi vakt borishini ifodalaydi. Ko’rinib turibdiki fizik parametr o’zgarishi uzuluklidir. Uzulukli formaga ega bo’lgan iignalni diskret signal deb ataladi.
Ba’zi xollarda analog parametrni diskret signal sifatida xam ifodalanishi mumkin. U xolatni analog signalni diskretizasiya qilish deb xam ataladi.
Rasm 3. Analog signalni dikretizasiyalash.
Ko’rinib turibdiki, diskretlash qadami qanchalik kichik bo’lsa diskret signal qiymati analog signal qiymatiga shunchalik yaqin bo’ladi. Diskret signallarni olish, analog signalalrni diskret signallarga aylantirish xam real vaqt tizimlarida amalga oshiriladi. Aks xolda fizik jarayonni ifodalash va boshqarish imkoniyati bo’lmaydi.
Hozirda kompyuter texnologiyalarini barcha soxalariga kirib borishi obyektlar bilan aloqa o’rnatishda raqamli signallardan foydalanishga olib keldi. Buning uchun aloqa kanallari zanjiriga analog va diskret signallarni raqamli signallarga aylantirish tizimlari qo’shildi. Boshqarish qurilmasidan boshqarish buyriqlarini bajarish mexanizimlariga uzatish kanallari tizimiga rakamli signallarni analog yoki diskret signallarga aylantirish qurilmalaari o’rnatildi. Signallarni ko’rinishi quydagicha:
Rasm 4. Analog signalni raqamli signal bilan ifodalanishi.
Ko’rinib turibdiki, analog signalni raqamli signalga aylantirilganda uni formasi to’g’riburchakli bo’lib qoladi. U ikki xolatda potensial ―”bor” yoki ―”yo’q” bo’ladi, birinchi xolat ―”1” ikkinchi xolat ―”0” deb olinadi. Raqmli signallar 1 yoki 0 qiymatlarni ifodalashga mo’ljallangan. Buning sababi ikkilik informasiyani ifodalash texnik jixaddan qulay. Yuqorida ko’rib o’tilgandek, elektron sxemalarda ikki xolatni ifodalashga misol qilib kondensatorni zaryadli zaryadsiz, kalit ochiq yoki yopiq, tok zanjirda ikki yo’nalishda bo’lishini ko’rsatish mumkin.
Analog signallarda bir necha asosiy parametrlar mavjud:
Ular quydagilar:
- Signalni elektr kattaligi nuqtai nazaridan turi;
- Signalni quyi va yuqori chegarasi;
- Signalni o’zgarish chastotasi;
Masalaning yechilishi:
x(t) = 5*sin(2*pi*2t)+6*cos(2*pi*8t)+4*sin(2*pi*10t)
Xulosa………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Richard Layons, Sifrovaya obrabotka signalov – Moskva Izdatelstvo BINOM. 2011g.
2.Solonina A.I., Ulaxovich D.A., YAkovlev L.A. Algoritmы i protsessori obrabotki signalov – SPB, «BXV-SPB», 2001 g., 464 s.
3.Kupriyanov M.S., Matyushkin B.D. Texnicheskoe obespechenie sifrovoy obrabotki signalov. Spravochnik – SPB. BXV – Peterburg. 2000 g.
4.Juanov A.A. Operatsionnыe sistemы realnogo vremeni – Moskva, jurnal «PC Week», №8, 1999g.
5. A.M.Suleymanova. Sistemы realnogo vremeni-Uchebnoe posobie. Ufa 2004.
6. Warmer J., A. Kleppe. The Object Constraint Language: Precise Modeling with Uml. R”eading, Mass.: Addison-Wesley, 1999.
7. Timmerman M.“Windows NT Real-Time Extensions: Better of Worse?” Real-Time Magasine (Third Quarter 1998b): 11-19.
Foydalanilgan internet manzillar.
1. http//www//book.inf.uz
2. http//www.pdffactory.com
3. http//www.ocrai.narod.ru
4. http//www.e-smirnov.narod.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |