Mavzu: amir темurning siyosiy kurash maydonga


AMIR TEMURNING SIYOSIY KURASH MAYDONIGA KIRIB KELISHI



Download 1,35 Mb.
bet2/5
Sana23.06.2022
Hajmi1,35 Mb.
#694245
1   2   3   4   5
Bog'liq
AMIR TEMUR SALTANATI

AMIR TEMURNING SIYOSIY KURASH MAYDONIGA KIRIB KELISHI


Tayanch tushunchalar: Siyosiy tarqoqlik; Siyosiy kurash maydoni; Mamlakat mustaqilligi uchun kurash; Sarbadorlar
Siyosiy tarqoqlik
XIV asraing 50-60-yillarida Movaroun-nahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga
bo'linib ketgan. Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Hoji Barlos, Xo'jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda O'ljaytu Sulduz, Hisori Shodmon chegarasida Amir Husayn va Amir Yasovuriylar o'zlarini hokimi mutlaq deb e'lon qiladilar.
Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo'g'uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar. Mo'g'uliston xonlarining vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakatlari boshlanadi.
Mana shunday o'zaro ichki urushlar qizigan, mo'g'ullar zul­miga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi.
Amir Temurning yoshlik davri
Amir Temur Kesh viloyatidgi Xoja Ilg'or qishlog'i (Yakkabog' tumani)da 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan.
Uning to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir
Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro'li beka (bek og'o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag'ay barlos urug'ining oqsoqollaridan bo'lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o'z mulklariga ega bo'lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Yetti yoshga to'lgach, otasi uni o'qishga beradi. Shayx Shamsiddin Kulol Temurbekning piri bo'l­gan. U yoshlik chog'laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo'lib, kamondan nishonga o'q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni
saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak baho-dir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofiga bolalikdagi do'stlari va maktabdoshlari to'planishib, birgalikda mashq qilar, mu-sobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo'lishib, har­biy guruhga birlashib borishardi. Bu guruh orasida Abbos Ba-hodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymomhohbek, Sayfud-dinbek va boshqalar bo'lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo'shinida lashkarboshilik darajasi-gacha ko'tarilganlar.
O'zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo'l ostidagi nav-karlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshla-gan. Ularning o'zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko'rsatgan va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong'i butun Qashqadaryo vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku Barlosning qizi Turmush Og'oga uy-lantiradi. 1355-yilda Amir Temur Qazog'onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og'oni o'z nikohiga oladi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o'rtasida ittifoq yuzaga keladi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish