Mavzu: Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan kurashi Reja: Kirish



Download 111,96 Kb.
bet3/6
Sana23.07.2022
Hajmi111,96 Kb.
#845280
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3

Davlatlararo yozishmalar

Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan o`zaro diplomatik yozishmalar olib borish bilan bir qatorda, bo`lajak to`qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga sovg`a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi.
O`zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil, 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo`llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan yordam berish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham o`z kundalik daftarida qayd qilib o`tadi. Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390-1407) lar bilan diplomatik aloqalar o`rnatib, yozishmalar olib boradi. Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa G`alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o`z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o`rnatishga urinar edi. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo`llab- quvvatlaydi. Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo`shini ustidan qozonilgan buyuk g`alabadan so`ng Amir Temurning G`arbiy Yevropa davlatlari bilan bo`lgan aloqalarining mazmuni tubdan o`zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlash va o`zaro savdo-sotiq aloqalarini yo`lga qo`yish kabi masalalarga ahamiyat beradi.



1.2 Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi
Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo`llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo`lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo`llagan maktubida bu haqda quyidagilarni al,ohida ta'kidlaydi: "Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o`lkangizga o`tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko`p xursand bo`lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi. Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunida Amir Temurga yo`llagan javob maktubidan ma'lum bo`lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g`arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G`arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e'tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G`arbda Mironshoh tez or&da katolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozondi. Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidlarning kuch-qudrati, boyligi va qo`shinining sonini bilish hamda ular qo`l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma'lumotlar to`plash topshiriladi. Sharq va G`arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in'omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo`shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o`z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 21-mayda Ispaniyadan jo`nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga katta e'tibor va zo`r hurmat ko`rsatadilar.
Doshqozon (1399-yil). Ahmad Yassaviy maqbarasi (Turkiston shahri).

Kl avixo boshliq Ispaniya elchilari 1404- yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo`ladilar. Amir Temurning Xitoyga tomon yurishi munosabati bilan boshqa ko`pgina davlatlarning elchilari bilan bir qatorda Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 21-noyabrida Samarqanddan jo`natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-yilning mart oyida qaytib keladi. Klavixoning safar taassurotlari "Buyuk Temur tarixi" va "Temur qarorgohi", "Samarqandga sayohat kundaligi" nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi.4



  • Diplomatiya - davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyat.

  • Katolik missionerlari - Katolik dinini boshqa xalqlar orasida yoyish maqsadida targ`ibot ishlari bilan shug`ullanuvchilar.



Download 111,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish