Ko’rinish
I-boshlovchi Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur adolatparvar va oliyjanob kishi bo’lganlar,hozir ularni qanday inson bo’lganliklarini yaqqol anglashimiz mumkin.
Amir Temur:Amr etdimki raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushurib qo’yishdan saqlanish kerak.
Vazir:Ammo ulardan soliq olmasak amaldorlar norozi bo’lishadi.
Amir Temur:Amrimga qarshi chiqganlarni muqarrar o’lim kutmoqda.
II Boshlovchi:Amir Temur o’z buyruqlariga itoat etmaganlarni ana shunday yo’l bilan jazolaganlar.Yana shunisi e’tiborliki u kishi tashlandiq va bo’sh yerlarni o’zlashtirganlarni rag’batlantirganlar.
Dehqon:Amirim men tashlandiq yerni o’zlashtirib unga ekin ekdim,ammo yaxshi hosil ololmadim,shunga qaramay amaldorlar soliq talab qilishyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |