1-Boshlovchi
Salomlarim avval aziz elimga,
Muqaddas tuprog’im,yurtim elimga
Ona zaminimga,ona yurtimga
2-Boshlovchi
Assalomu aleykum,salom-assalom.
Sog’-omon bormisiz qadrdonlarim,
Opalar-singillar,ustozjonlarim!
Xushbo’ylar tarovchi,gul rayhonlarim
Assalomu aleykum,salom assalom.
I-boshlovchi___Assalomu alaykum aziz mehmonlar,qadrli ustozlar,hurmatli o’quvchilar.Bugungi buyuk sarkarda,qudratli saltanat asoschisi,jahongir bobomiz Amir Temur tavalludiga 683 yil to’lishi munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz.
II-boshlovchi Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo’jailg’or qishlog’ida tug’ilganlar va 35 yillik hukmronliklari davrida 27 mamlakatni birlashtirib buyuk imperiya barpo etganlar.
Bugun biz buyuk sarkarda va davlat arbobi,millatimiz faxri,iftixori,sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludi kunida uning xotirasini yod etib,ushbu tadbirga yig’ildik.
II-Boshlovchi Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas,balki jahon tarixining eng ulug’,eng yorqin siymolaridan biridir.Yetti iqlimga mashhur ulug’ jahongir tengi yo’q sarkarda sifatida tan olingan,uning nomi tarix sahifalarida manguga bitilgan.
Temur tuzuklari.
Adovat emas,adolat yengadi.
Kuch adolatdadir.
Bilagi zo’r birni yiqar,bilimi zo’r mingni.
Sher yigitni nomus o’ldirar.
Mergan ovda bilinar,botir yovda.
Til qilichdan o’tkir.
Toy mingan ot ham minar.
Yaxshi odam yurt tuzar,yomon odam yurt buzar.
Qilich o’tkir bo’lsada o’z sopini kesmagay.
Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo’ladi.
Ishbilarmon,mardlik va shijoat sohibi,azmi qat’iyat,tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz,loqayd,kishilardan yaxshiroqdir.
I-Qatnashchi
Farzand o’z burchingni bilmog’ing kerak,
Tiriklik hissini tuymog’I kerak,
O’qib qonunlarning mohiyatini
Vatanga zo’r qalqon bo’lmog’ing kerak.
Amir Temur buyuk bobom,
Suyuklardan suyuk bobom
Dunyo ichra nomi ketgan
Sohibqiron ulug’ bobom
II-qatnashchi
Yurtga qildi katta xizmat,
So’ngra topdi katta hurmat
Biz ularni qadrlaymiz
Har bir so’zi erur hikmat.
Dovyurak tog’dek mag’rur
Irodali,mard,jasur.
Yurtin muqaddas bilur,
Alp bobom,Temur bobom.
III-qatnashchi
Adolat-la ishlagan.
Erk sari yo’l boshlagan
Yovni yanchib tashlagan
Alp bobom,Temur bobom
Yurt bo’lsin deb farovon
Elim bo’lsin,deb omon
Yonib yashagan har on
Alp bobom,Temur bobom.
IV-Qatnashchi
Quvib boshdan asriy kulfatni,
Yaratdingiz buyuk davlatni.
Yuksaltirib fan-ma’rifatni,
His etdingiz nozik san’atni
Qalb sultoni-Buyuk Turonim
Temur bobom-sohibqironim.
Asrlarki, shoningiz o’chmas
5 Tamal toshi siz qo’ygan ko’chmas
Birlashmagan el-elat kuchmas
Daholarsiz yurt zafar quchmas
Alp hoqoni Buyuk Turonim
Temur bobom, sohibqironim
Adabiyot olovin yoqqan
Haqqoniyat yalovin toqqan
Quyosh bo’lib boshlarda balqqan
Misli tufon ko’pirib oqqan
Sharafu – shon buyuk Turomin
6 Temur bobom, sohibqironim.
Tish qayratib o’ch adovatda
Yog’iy bosar,beklar g’aflatda
El-yurt to’zgan siz xijolatda
A’molingiz-“Kuch adolatda’
Zo’r qalqoni buyuk Turonim
Temur bobom,sohibqironim.
Do'stlaringiz bilan baham: |