Mavzu: Amir Temur siymosi va yevropa xalqlarining munosabati. Reja


«Amir Temur siymosi – jahon tarixi ko‘zgusida»



Download 415,09 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2022
Hajmi415,09 Kb.
#532315
1   2   3   4   5
Bog'liq
A.Temur

«Amir Temur siymosi – jahon tarixi ko‘zgusida»  nomli keyingi bobda Amir Temur mavzusining dunyo miqyosida, xususan, Yevropada tadqiq va tahlil etilishiga umumiy tavsif berilgan. G‘arbning yettita yirik davlatidagi 10 ta mashhur muzeyda, xususan, Buyuk Britaniyadagi «Viktoriya va Albert» hamda Britaniya muzeylari (London), Daniyadagi Milliy muzey (Kopengagen), Fransiyadagi Luvr muzeyi (Parij), AQShdagi Metropoliten san’at muzeyi (Nyu-York) va Osiyo san’ati muzeyi (San-Fransisko), Turkiyadagi To‘pqopi saroyi hamda Turk va islom asarlari muzeylari (Istanbul), Rossiyadagi Davlat Ermitaji muzeyi (Sankt-Peterburg), Germaniyadagi Amaliy san’at muzeyida (Berlin) saqlanayotgan Amir Temur va temuriylarga oid bir necha o‘nlab noyob osori atiqa haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etilgan.
Ma’lumki, 1996-yil aprel oyida Amir Temur tavalludining 660 yilligi nafaqat O‘zbekistonda, balki YUNESKO shafeligida butun dunyoda keng nishonlandi. Kitobda 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi va
1994-yili Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlangani O‘zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikning yangi asosdagi rivojini boshlab bergani haqida atroflicha fikr yuritilgan.
«Amir Temur diplomatiyasi va Yevropa» nomli bobda Amir Temur va temuriylar davridagi diplomatik munosabatlar, shuningdek, Sohibqiron diplomatik xatlarining xususiyatlari haqida so‘z boradi.
O‘z navbatida, «Amir Temur va Yevropa madaniyati» nomli bob –
adabiyotshunoslik, teatrshunoslik, tasviriy san’at, haykaltaroshlik va me’morchilik sohalarida Sohibqiron siymosining yevropalik mualliflar tomonidan o‘ziga xos tasvirlanishiga bag‘ishlangan. Binobarin, taniqli Sharq mualliflari asarlarining tarjimalariga tayanib, G‘arbda, xususan, Yevropada XVI asrdan boshlab Amir Temurga doir salmoqli asarlar paydo bo‘ldi. Bu asarlarning barchasi XVI–XIX asrlarda Yevropa, so‘ng Amerika badiiy madaniyatiga Amir Temur hayoti, faoliyati, falsafiy va siyosiy yo‘rig‘ining keng tarqalishida, Sohibqiron Amir Temur siymosini ijodiy idrok etishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
Fransuz temurshunoslik maktabi Sohibqiron sulolasi davri tarixi, ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atini o‘rganish borasida jahon sharqshunosligida yetakchi o‘rin egallaydi. 1987-yil 22-martda Parijda «Temuriylar davri tarixi va san’atini o‘rganish hamda fransuz-o‘zbek madaniy hamkorligi uyushmasi» tuzilgan va 1989-yilda «Temuriylar» («La Timuride» ) byulleteni ta’sis etilgan.

Download 415,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish