Mavzu: Amir Temur Reja: Kirish Asosiy qism



Download 122 Kb.
bet1/5
Sana30.12.2021
Hajmi122 Kb.
#190995
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amir Temur Kurs Ishi2


Aim.uz

Mavzu: Amir Temur

Reja:

Kirish

Asosiy qism.

O`zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni.

Amir Temur boshqargan davlatda ilm-fan rivoji markaziy osiyo miqyosida.

Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi, qonunchilik masalalari.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

”SHaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko’p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan so’zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon”.

I. A. Karimov
O`zbekiston prezidenti I. A. Karimov ma’naviyatning shaxs va jamiyat uchun ahamiyati haqida gapirib: “Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir.”1 – deb ta’kidlagan edi. Shu ilmiy mezonga asoslansak, Sohibqiron Amir Temur bin Muhammad Tarag`iy Bahodirxon o`g`li ulug`ligining asosida, uning dunyoviy va islomiy qadriyatlardan yug`rilgan ma’naviy salohiyati turadi. U zoti komilning bu sifatlari O`zbekiston Prezidenti I. Karimovning asarlari, maqola va nutqlarida, Davlatimizning Amir Temurga bag`ishlangan rasmiy hujjatlarida, ilmiy adabiyotlarda har tomonlama asoslab berilgan. U manbalarda birinchi marta “Jahom tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan ulug` davlat arbobi va sarkarda fan va madaniyat homiysi”2 Amir Temur sahxsi va faoliyati yuqori davlat darajasida hurmatlandi.

Biroq, totalitor sovet davlatchiligi yillarida butun madaniy ma’naviy hayotda bo`lganidek, milliy qadriyatlarimiz tarixi ham sohtalashtirildi. Jumladan, Turkiston xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hayotida muhim o`rin utgan vatandoshimiz, yirik davlat arbobi sarkarda, ulug` intellekt sohibi Amir Temur avlodlarga o`z javobini aytib qo`yganlar. Shunday ekan, miliy qadriyatlarimiz tarixini puxta bilish ajdodlarimiz ruhipoklarini xotirlash ularning qoldirgan madaniy, manaviy meroslari to`g`risida haqiqatni aytish biz avlodlar, millat farzandlari uchun farzdir. Tarixiy xotiraga ega inson – irodali insondir. Chunki, tarix xalq ma’naviyatining asosidir.

Ulug` ma’naiyatli insondir har doim shaxsiy ehtiyojlarini cheklab o`tib, umumxaql manfaatlarini ko`zlab yirik davlat jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlarni amalgam oshirishga qodir bo`ladilar. Sohibqiron Amir Temur ana shunday sharqona, islomiy aql-zakovatli, ulug` manaviyatli inson bo`lgan.

Amir Temur manaviyatining ummoniyligi, tiniqligiyu dunyoviy, islomiy qadriyatlar qorishmasida mujassamlashganligidir. Amir Temurning manaviy komolotiga yoshlik va o`smirlik yillaridayoq asos qo`yilgan edi. Ul zotning ma’naviyati toboro qudratli ijtimoiy omilga aylanib borlanganligining asoslaridan biri hokimiyatga kelgunga qadar o`n yilgdan ko`proq vaqt davomida hech ikkilanmasdan Turkistonni xorijiy istilochilaridan, gayridinlardan tozalash va barcha murakkab mayday mulklarni yagona markazga birlashtirishdek ulug` maqsad sari dadil borganligidir. Amir Temur bu yillarda bir qancha murakkab harbiy, siyoiy vaziyatga duch keldi, istirob chekdi. Biroq hech qachon chekinmadi, maqsaddan qaytmadi.

Amir Temur ijtimoiy faoliyatiga, shaxsiga, xatto ruxiga, xokiga nisbatan ham hurmatsizlik qilindi. U ulug` zot savotsizlikda, johillikda, bosqinchilikda ayblandi. Hatto qalbi pok insoniyat Sohibquron tavalludining 672-yilligini nishonlayotgan hozirgi vaqtda ham o`sha eski markazning axborot vositalaridan birida Amir Temurga qarshi g`arazli fikrlar aytilmoqda. Ammo, zamonlardan-zamonlarga o`tib kelayotgan bir haqiqat bor. Bo`xton, tuxmatning umri kasot bo`ladi. Zamon har doim voqealarni, g`oyalarni tarixiy shaxslar faoliyatini ijtimoiy “elak”dan o`tkazib turadi. Shunda ularning zamon sinovlariga bardosh berganlariogina omon qoladilar. Bobolarimiz Amir Temur bin Muhammad Tarag`ay Bahodirxon o`g`ri ham foniyda, ham boqiyda katta-katta sinovlardan, hatto totalitar qizil mafkura qatag`onlaridan omon-eson o`tib, istiqlolga keldilar. O`zbeksiton mustaqilligi sharoitidan nafaqat avlodlar, balki Amir Temur singari ulug` vatandoshlarimiz ham bahramand bo`lmoqdalar. Binobarin, istiqlol manaviyati nafaqat kelajak yo`limiz yoritgan, balki o`tmishimizni ham turli xil g`arazli g`oyalar, mafkuralar asoratidan tozalagan. Agar xolis mantiq, qonuniyatiga asoslanib aytsak, sohibquron Amir Temur har qanday maqtovlarga hikoyalarga muhtoj ham emasdir. Bo`xtonu, tosh otishmalaridan hazar ham qilmaydilar. U ulug` zotni “qo`rqitib” ham “o`ldirib” ham bo`lmaydi. Chunki u kishi hayotliklaridayoq hech qachon “o`lmaslik” chorasini ko`rib barcha sodiq va g`arazli, uzoq va yaqin. Bunday hollarda uning mushohadasida manfiy qutblar emas, donoligi, tafakkuri, quvvai hofizasi, islomg bo`lgan samimiy e’tiqodi g`alaba qildi. Amir Temurga podsholik meros qolgan emas. Uni kuchlar teng bo`lmagan va uzoq davom etgan kurashda tantilik bilan, zukko tafakkuri, dono mushohodasiga tayanib g`alaba qilib oldi.

Amir Temur manaviy salohiyati mustaqil Turkistonni odora qilib, uning ichki va tashqi siyosatini belgilash Movaraunnahrning qadimiy, iqtisodiy, madaniy shuhratini qayta tiklash ishlarida yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to`laligicha namoyon bo`ldi. Ana shuning uchun mamlakat ijtimoy hayotining barcha tomonlari: davlat idora tizimi, iqtisodiy, moliyaviy, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan memorchilik, harbiy, xalqaro aloqalar, islom dini, shariat arqonlari maqsadga muvofiq, mutonosib rivojlandi.

Amir Temur davlatni boshqarishda uning ichki va tashqi siyosatini faollashtirish xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olimu fuzalolar, islom rahnamolariga, ologa iymonga, tafakkurga, kitobga va eng sungi choralarda qilichga asoslanib ish yuritdilar, hukm chiqardilar.

Mustaqil, qudratli Turkiston davlatining asoschisi va rahbari Amir Temur manaviy salohiyatining kuchi-uning iqtisodiy, moliyaviy, xo`jalik, siyosiy, xarbiy huquqiy davlatlararo munosabatlar faoliyatida, fanga, madaniyatga, adabiyotga, san’atga, memorchilikka munosabatida rang-barang mazmun va ko`rinishda yaqqol namayon bo`ladi.

Amir Temur ulug` ma’naviy salohiyat sohibi bo`lganligi uning nihoyatda kamtar hazil-mutoyibali bo`lganligiga ashiyochiligida kamsuxan va o`tkir so`zligida muslimalar, malikalarga nisbatan o`ta iffatli kata-kichik muxoliflariga kechirimliligida bilib bilmay yo`l qo`ygan hatolarini ko`pchilik oldida oshkora e’tirof etganligida har bir toifa, mansabdagi insonlarga alohida hurmat ehtirom bildirganligida hatto shohona qahr-g`azabi ham adolatga haqiqatga asoslanganligida harbiy mahorati kabi o`nlab xislatlarida amalda namoyon bo`lgan.

Sohibqiron o`z hayotlari davomida ko`plab shaharlar, masjidu madrasalar, maqbaralar, xonaqolar, qal’a-qasrlar, bog`-rog`lar, sug`orish inshootlari, ravon yo`llar, ko`priklar barpo ettirgan. Ularning ba’zilarini o`g`il-nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan ham atashga da’vat etgan. Biroq, barpo etgan etgan inshoatlarning birontasining ham Amir Temur nomi berilmadi. Bunga sohibqironning o`zlari xohish bildirmadilar.

Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to sharqiy Rum va Misr erlarigacha bo`lgan hududlarni islom bayrog`i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Ammo, bu viloyatlarning birontaisga ham o`zimniki, begona joy qabilida munosabatda bo`lmadi.

Sohibqironning da’vati bilan mamlakatning barcha uzoq-yaqin hududlarida qururishlari, obodonlashtirish tadbirlari mehnat shijoati avj oldi. Ularga tegishli mablag` ajratildi, mutasaddi kishilar tayinlandi.

O`zbekiston Prezidenti I.A. islom dinining ilmiy ma’rifiy ahamiyati haqida gapirib: “Biz Sharq davlati, musulmon mamlakatimiz. Ba’zilarning fikricha, musulmon mamlakati bo`lish g`oyoki qaloqlik, oqsoqlik belgisi emish. Bu fikrga also qo`shilib bo`lmaydi. Biz musulmon mamlakati ekanligimizdan sira hijoat chekmasligimiz, aksincha, doimo faxrlanishimiz lozim. Chunki sharqning ming yillik falsafayu islom qadriyatlari taraqqiyot uchun bebaho hazinadir”3, - degan adolatlifikrni bildirgan edi. Agar ana shu haqiqat mezoniga asoslanib mushohada qilsak, Amir Temur ma’naviyatining islom qadriyatlari turadi. Amir Temur ma’naviyatining islomiy asoslari Qur’oni karim, Hadisi Sharif, shuningdek mabhid, tafsir, fiqh, tasavvuf ilmlari mazmunida Ollohga, Rasullohga, ma’joziy va hayotiy pirlariga ixlosi, etiqodi negizida shakillandi, qaror topdi. U Naqshbandiya ta’limoti talablari asosida yanada mustahkamlandi. Hayotiy mazmun oldi. Shuning uchun ham Amir Temur o`zining butun ongli hayoti davomida islom diniga sidqidildan e’tiqod qildi, ularning barcha farz, sunnat talablarini taqvodorlik bilan bajardi. Islom rahnamolariga sayyidlar, shayxlar, xo`jalarga samimiyat bilan munosabatda bo`ldi. Amir Temur butun hayoti davomida islom dinini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik aqidaparastlik kabi illatlardan himoya qildi.

Amir Temur Movaraunnahr va Xurosonda yashab ijod qilgan tasavvuf ilmining yirik peshqadamlari xo`ja Abduxoliq G`ijduvioniy, Ahmad Yassaviy, Ali Hakim at-Termiziylarning o`zining majoziy pirlari hisoblab, ular ruhiga hurmat bajo keltirdi. Shahrisabz, Termiz, Yassa shaharlarida xo`ja Ali Hakim at-Termiziy, Sayyid Amir Kulol, xo`ja Ahmad Yassaviy qabrlari ustida maqbaralar qurdiri. Amir Temurning islom ma’naviyatiga etiqodini, sodiqligini va undan qudratli kuch olganligini bildiruvchi bunday misollarni yana ko`plab keltirish mumkin. Agar xo`ja Bohouddin NAqshband islom talimotini har qanday xurobiy illatlardan tozalab, isloh qilgan bo`lsa Amir Temur uni himoya va targ`ib qildi, daniy mashablarga bo`linib hududiy parchalanishlarga, o`zaro to`qnashuvlarga chek qo`ydi. Masalan, mashhur tarixchi faylasuf, fiqhshunos olim Sayyid Sharif Jurjoniyning yozib qoldirishicha, XIV asrning 80 yillarida Eron, Iroq, Shom, mayday mulklarga parchalanib, o`zaro qarama-qarshiliklar avj olgan edi. Ana shunday vaziyatda Amir Temur manaviy pirlarining o`gitlariga amal qilib, islom dinining birligi uchun kurashdi. Bu vazifaning Tangri Taolloning amri-farmoni deb qabul qildi. Amir Temurning bu tadbirlarini ma’naviy pirlari Zahiriddin Abu Bakr Taybonxiy, Sayyid Bakara, Sharif Jurjoniylar Olohning xoxish-irodasi deb bilib uni qo`llab-quvvatladilar. Shunday qilib, XIX asrning 80-90 yillarida Amir Temur Sharqqa islom dinini muhofaza qiluvchi, yozuvchi sifatida namayon bo`ldi.

Amir Temurda diniy bag`rikenglik sifatlari komillashgan edi. U G`ayridin insonlarga ham tavoze, iltifot ko`rsatdi. U kishi Fransiya, Ispaniya, Angliya, Italiya, Xitoy kabi davlatlar boshliqlari bilan yozishmalar olib borganligi, mamlakatning elchilari-katolik, budda, shaman dinlari vakillari o`z huzurida qabul qilib shohona iltifotlar ko`rsatganligi fikrimizning tasdig`idir.

Amir Temur ma’naviyati va siyosatida islomiy ilmlarni dunyoviy fanlardan chegaralash, ularning birini-ikkinchisidan baland-past quyish hollari zinhor bo`lmagan. Chunki Sohibqironning o`zlari taqvador xudojoy bo`lish bilan birga tafsir tavhid, hadis, fiqh, tarix, falsafa, falakiyot, tabobat kabi ilohiy va dunyoviy ilmlarni yaxshi bilganlar. Bu xususda XX asrning mashhur olimlari Abdurazzoq, Samarqandiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Alisher Navoiylar aniq malumotlar yozib qoldirganlar. Shuning uchun ham Amir Temur Movaraunnahrda fan, madaniyat, adabiyot, san’at, memorchilikning rivojlanishiga alohida homiylik va rahnamolik qildi. Barcha olimu fuzalolarga unumli ijod qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berdi. Ular bilan majlislar, munozaralar uyushtirib turdilar.

O`zbekiston mustaqilligining 18 yilligi, Amir Temur tavalludining 674 yilligi arafasida shuni milliy g`urur bilan takidlamoqchimizki, har zamonda yerda ma’naviyat moddiy nematlar asosida yuksaladi. Ammo keyinchalik manaviyat bir xalq, bir hudud mulki doirasidan chiqib umuminsoniy qadriyatga, jahon sivilizatsiyasiga aylanadi. Binobarin Amir Temur manaviy salohiyatli bir halqqa xizmat qilish chegarasidan chiqib umumbashariy ijtimoiy omilga aylandi. U har doim barhayot va umrboqiy manaviyatdir. “Bizning tariximizda Amir Temur Temurday ulug` siymo bor ekan uning qoldirgan merosi, pandu o`gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo`l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o`rganmasdan, tariflamasdan, targ`ibor qilmasdan haqqimiz yo`q… Amir Temur bizning fahrimiz, iftixorimiz g`ururimiz”. Endi ikki og`iz so`z Amir Temur va temuriylar davri fan va madaniyati haqida. Yuqorida biz Sohibqironning nechog`lik istedod egasi bo`lgani haqida takidlagandik. “Zar qadrini zargar biladi” degan hikmat bor. Bir qator ilmlarda (tarix, sheriyat, tibbiiyot matematika, astronomiya, memorchilik) salohiyati katta bo`lgan shaxs buning ustiga yana podshoh, ulkan saltanatning oliy hukmdori bo`lsa tabiiy ravishda ilm va madaniyatga, olim va ijodkorga katta hurmat bilan qaraydi bu yo`lda barcha imkoniyatlar ishga soladi. Bundan tashqari har qanday jamiyat va davlat taraqqiyoti va kelajagi fan va madaniyat ravnaqisiz tasavvur qilib bo`lmasligini Amir Temur yaxshi tushungan. Shuningdek istedod egalari maxsus doimiy etiborga muxtoj va loyiq bo`lishlari, noyob qobiliyat egalarini muhofaza qilish ijodlari uchun sharoit yaratish turmushlarini ta’minlash zarurligini ham u to`gri anglagan. U olimu fozillar o`z maslaklari va dunyoqarashlari yuzasidan jamiyat va davlat taraqqiyoti zamonaviy ahvoli xususida boshqa ijtimoiy tabaqalarga nisbatan ko`proq bosh qotirmalari va bu orqali tegishli tajriba va bo`limlarga ega bo`lib borishlarini yodda tutgan. Shu sabab ham dunyoning qaysi bir mamlakati va shahariga bormasin olimu fozillarni bir yerga yig`ib, ular bilan uzoq suhbatlashish ularning fikrini tinglash, baxslashish ishini kanda qilmagan.


Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish