Mavzu: aminokislotalar va oqsillar oqsillarga sifat reaksiyalar. Darsning maqsadi


Pektin moddalarini borligini aniqlash (Erlix reaksiyasi)



Download 204,53 Kb.
bet16/17
Sana29.05.2022
Hajmi204,53 Kb.
#616606
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
oqsillarga doir laboratoriyalar

Pektin moddalarini borligini aniqlash (Erlix reaksiyasi).
3 gr o‘simlik materiali sovutgich o‘rnatilgan kolbada 30 minut davomida moy hammomida 145 oC haroratda 10-20 hajm 1 % li sulfat kislotasi eritmasida qizdiring. Hosil bo‘lgan gidrolizatga mo‘l miqdordagi bariy karbonat qo‘shib qaynab turgan suv hammomida 15 minut davomida qizdiring. Bariy karbonat va bariy sulfat cho‘kmalarini filtrlab, filtratni bug‘lating. Eritmani hayvonot ko‘miridan o‘tkazib filtrlang va uch hajm etil spirti bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan iviq cho‘kmani filtrlab suvda eriting va mo‘l miqdordagi qo‘og‘oshin atsetat bilan aralashtiring. Aralashmani suv hammomida qizdiring. Galakturon kislotasi mavjud bo‘lsa qizg‘ish tusli cho‘kma hosil bo‘ladi.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar.

  1. Qanday moddalar pektin moddalar deyiladi?

  2. Kalsiy pektat hosil bo‘lishi reaksiya tenglamasini yozing.

  3. Erlix reaksiyasi tenglamasini yozing.



AYRIM PREPARATLARNI TAYYORLASH USULLARI.

  1. Aktivlangan ko‘mir. Aktivlangan ko‘mir 2 n. li xlorid kislota eritmasida qaytarma sovutgich ulangan kolbada 2-3 soat davomida qaynatiladi. Keyin aralashma sovutiladi va ko‘mir Byuxner voronkasida filtrlanadi. Ko‘mir kolbaga o‘tkaziladi va unga yana kislota eritmasi quyiladi. Ushbu jarayon uch marta takrorlanadi. Ko‘mir neytral reaksiyagach adistillangan suv bilan, keyin ammiakning spirtdagi 1% li eritmasi bilan yuviladi. Oxirida yana distillangan suv bilan vilib 105 oC li termostatda quritiladi. Tayyorlangan ko‘mir kavsharlangan probkali sklyankada saqlanadi.

  2. Gipobromit eritmasi. 1 gr brom muz bilan sovutib turgan holda o‘yuvchi natriyning 5 % li 50 ml eritmasida eritiladi. Eritma sovutgichda saqlanganda 2 hafta mobaynida ishlatilishi mumkin.

  3. Diazoreaktiv. Ikkita eritma tayyorlanadi: A-0.9 gr sulfanil kislotasi 9 ml konsentrlangan xlorid kislotasida eritiladi va u 100 ml ga yetkaziladi; B-natriy nitritning 5 % li eritmasi tayyorlanadi. Ishni bajarishdan oldin avvaldan muzda sovutilgan 1,5 ml A eritma va 1,5 ml B eritma bilan aralashtiriladi. 5 minutdan keyin chayqatib turib yana 6 ml B eritma va 1 minut o‘tgandan keyin 500 ml gacha suv qo‘shiladi. Muzda saqlanganda eritma bir sutka davomida yaroqli hisoblanadi.

  4. 2,4-dinitrofenilgidrazin (0,01 % li eritma). 100 mg 2,4-dinitrofenilgidrazin imkoni boricha to‘la erib ketguncha asta sekin 100 ml 1:4 nisbatda suyultirilgan xlorid kislotada eritiladi. Eritma filtrlanadi va sovutgichda saqlanadi.

  5. Difenilamin eritmasi. 70 % li spirtdan yoki petroley efiridan ikki marta qayta kristallab olingan 1 gr difenilamin 2.75 ml kons. sulfat kislotasi va 100 ml muz sirka kislotasi aralashmasida eritiladi.

  6. Kraxmal-indikator. 1 gr eruvchan kraxmal 10 ml sovuq suv bilan aralashtirladi va 90 ml natriy xloridning qaynab turgan to‘yingan eritmasiga quyiladi, qaynaguncha qizdiriladi va sovutiladi.

  7. Lyugol eritmasi. 1 gr iod 2.5 gr kaliy iodidning 20 ml suvdagi eritmasida eritiladi, eritmaning hajmi suv bilan 100 ml ga yetkaziladi.

  8. Ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi eritmasi. Ammoniy molibdatning 15 % li eritmasi konsentrlangan nitrat kislotasi bilan 110:90 nisbatda aralashtiriladi.

  9. Barfed reaktivi. 13.3 gr mis atsetat 200 ml qaynoq suvda eritiladi, eritma filtrlanadi va filtratga 1.9 ml muz sirka kislotasi qo‘shiladi.

  10. Millon reaktivi. Bir qism simob ikki qism konsentrlangan nitrat kislotada avval xona temperaturasida, keyin suv hammomida qizdirib eritiladi. Hosil bo‘lgan eritma ikki hajm suv bilan suyultiriladi.

  11. Nad reaktivi. -naftolning spirtdagi 1 % li eritmasi, dimetil-p-fenildiaminning 1 % li eritmasi va natriy karbonatning 1.5 % li eritmasi teng hajmda aralashtiriladi. Reaktiv tez o‘zgarganligi uchun yangi tayyolab ishlatiladi.

  12. Magnezial aralashma. Suvda 100 gr magniy xlorid, 200 gr ammoniy xlorid va 20 ml konsentrlangan ammoniy gidroksid eritiladi, eritmaning hajmi 1 l ga yetkaziladi.

  13. 0.2 M fosfat bufer (pH 7.2). 7.62 gr kaliy digidrofosfat va 20.45 gr suvsiz kaliy gidrofosfat 1 l hajmli o‘lchov kolbasida eritiladi, eritmaning hajmi o‘lchov chizig‘iga yetkaziladi.




Download 204,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish