Matn muharrirlari.
Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga
ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo'shimcha
vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish,
chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga
tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi
uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda ko'rsatib o'tirmaymiz.
Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan
boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o'zaro aloqaning birinchi amaliy ko'nikmalarini
hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |