- Reja:
- 1. Kommunikatsion jarayoni.
- 2. Telekommunikatsion aloqa vositalari.
- 3. Axborot-kutubxonalarda aloqa vositalari.
Kommunikatsion jarayon - Kommunikatsion jarayoni – bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayonining asosiy vazifasi – almashish predmet i bo‘lgan axborotni tushunishni ta’minlash. Biroq axborot almashishning o‘zigina axborot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga kafolat beravermaydi.
Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari. - Yana shu narsani ta’kidlash joizki, kommunikatsiya sinxron yoki asinxron bo‘lishi mumkin. Sinxron kommunikatsiyada qabul qiluvchi xabarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, yuborilgan paytning o‘zida qabul qilib oladi.
- Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommunikatsiyaga misol bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyadaesa, qabul qiluvchi xabarlarni ular jo‘natilganidan bir qancha vaqt o‘tgach – biror soat yoki biror kundan keyin qabul qilib oladi.
- Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish asinxron kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchilar faollik bilan sinxron va asinxron kommunikatsiyalarning samaradorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy jihatlari ustida izlanishlar olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham elektron yoki oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutubxona ishida muhim rol o‘ynaydi.
- Plata – bu axborotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi maxsus qurilma. Odatda, bunday plata tarmoq interfeys platasi kompyuter shinasining kengaytirilgan bo‘sh o‘rniga o‘rnatiladi, ma’lumotlarni uzatuvchi kabel esa shu plataga o‘rnatiladi. Bugungi kunda tarmoqda qo‘llaniladigan bir necha tipdagi kabellar mavjud. Bularga signalni modullashtirmaydigan koaksil kabel, signallarni modullashtiruvchi koaksil kabel va optik tolali kabel kiradi. Bu kabellar ma’lumotlarni uzatish tezligi, uzatish uzoqligi va ulanish usullari bilan farqlanadi.
Modem - Modem – bu qurilmaning nomi ikki so‘z birikmasi (modulator va demodulator)dan tashkil topgan.
- Modem uzatilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni modullashtirish va demodullashtirish vazifalarini bajaradi.
- Boshqa murakkabroq modemlar o‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lib, bir qator qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga qodir:
- – telefon raqamlarini avtomatik terish;
- – ma’lumotlar uzatish tezligini avtomatik boshqarish va boshqalar.
Axborot-kutubxonalarda aloqa vositalari - Telefon aloqasi eng keng tarqalgan tezkor ma’muriy-boshqaruv aloqa turidir. Telefon aloqa tarmog‘ining abonentlari ham jismoniy shaxs, ham tashkilotlar va boshqalar. Telefon aloqa axborot-kutubxonalarda, tashkilotlarda va shunga o‘xshash joylarda muhim rol o‘ynaydi. Demak, ko‘pchilik axborot-kutubxonalar uchun telefon o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblanadi, chunki axborot almashishda birinchi muloqot telefon orqali amalga oshiriladi.
- Telefon aloqasining quyidagi turlarini ko‘rishimiz mumkin:
- – umumiy foydalaniladigan telefon aloqa (shahar, viloyat, xalqaro va boshqalar.);
- – muassasa ichidagi telefon aloqa.
- Telefon aloqada telefonlardan foydalanilib, o‘zaro aloqa amalga oshiriladi. Telefonlarning ikki turi mavjud:
- 1. Statsionar telefonlar.
- 2. Uyali aloqa telefonlari.
Statsionar Uyali telefon apparati. telefon apparati.
Abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari, ATS yoki kompyuterlar misol bo‘la oladi), odatda, tarmoqqa ikki juft mis sim – abonent liniyasi bilan ulanadi. Abonent liniyasi tarmoqda o‘zining yagona raqamiga (abonent raqamiga) ega, u orqali ma’lumotlarni uzatish ko‘pincha analog shaklda olib boriladi. - Abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari, ATS yoki kompyuterlar misol bo‘la oladi), odatda, tarmoqqa ikki juft mis sim – abonent liniyasi bilan ulanadi. Abonent liniyasi tarmoqda o‘zining yagona raqamiga (abonent raqamiga) ega, u orqali ma’lumotlarni uzatish ko‘pincha analog shaklda olib boriladi.
- ATSlar bir-biri bilan ulovchi liniya deb ataladigan liniya orqali ulanadi – hozir deyarli barcha umumiy foydalanish tarmoqlarida 4 ta simli raqamli liniyalar qo‘llaniladi (bir juft sim signallarni har bir yo‘nalishda – bir ATSdan boshqasiga va teskarisiga – uzatish uchun qo‘llaniladi).
- Muassasa ATS bu axborot-kutubxonaning hamma bo‘limlari ichki aloqasini tashqi shahar telefon tarmog‘iga murojaat qilmasdan ta’minlaydi.
- Direktorlik telefon aloqasi, bu rahbarlarni o‘zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo‘yicha aloqasini ta’minlaydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |