1.1.Axborot manbai va aborot iste’molchisi
Biron bir voqea, hodisa va obyekt holati haqidagi ma’lumot axborot deb ataladi.
Axborot manbadan axborot oluvchiga yozma, og‘zaki nutq shaklida, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tasvir shaklida va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin.
Axborotni yetkazib berish shakli xabar deb ataladi.
Xabarni turli usullarda uzatish, taqsimlash, xotirada saqlash, shaklini o‘zgartirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot oluvchiga yetkazibberish mumkin.
Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi obyekt xabar yoki axborot manbai deb, uni qabul qiluvchisi esa axborot iste’molchisi deb ataladi.
1.1 rasm. Axborotni uzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |