Reja 1. Tasnif 2.Kasallik sabablar 3.Belgilari 4. Diagnostika 5. Davolash 6. Parhez 8. Profilaktika Allergik rinit — yuqori nafas yo’llarining kasalligi bo’lib, organizmda allergik reaksiyaning paydo bo’lishi tufayli yuzaga keladi. Bu kasallik ko’pincha mavsumiydir (gul changiga allergiya bo’lsa). Rinit o’tkir va surunkali bo`lishi mumkin. - Allergik rinit — yuqori nafas yo’llarining kasalligi bo’lib, organizmda allergik reaksiyaning paydo bo’lishi tufayli yuzaga keladi. Bu kasallik ko’pincha mavsumiydir (gul changiga allergiya bo’lsa). Rinit o’tkir va surunkali bo`lishi mumkin.
Kasallik sabablari Kasallik sabablari Burun shilliq qavatining shishishi tufayli rinit paydo bo’ladi. Kasallikni qozgatuvchi asosiy sabablar – allergiya uygotuvchilar bolib, ulardan eng tarqalganlari — osimlik changchilari, chang, uy hayvonlari tuklari, kimyoviy moddalar, dori vositalari va zamburuglar hisoblanadi. - Bu kasallik nasldan naslga o`tadi. Bolalarda bu kasallik immunitetning zaiflashishi tufayli yuzaga keladi.
Allergik rinitning belgilari:
Allergik rinit quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
-tumov;
-burun bitishi;
-tez-tez aksirish;
-tomoqdagi qitiqlash hissi;
-davomli yo’tal xurujlari;
-ko’z qichishishi, koz yoshi ajralishining kuchayishi;
-kozlarning yorug’likka sezgirligi ortishi;
-hid bilish qobiliyatining yo`qolishi
Diagnostika Davolash uslubini aniqlash uchun allergolog-shifokor umumiy tekshiruvdan ot`kzagandan va bemor shikoyatini tinglagandan so’ng, quyidagi tekshiruvlar va tahlillarni tayinlaydi: -qonning umumiy tahlili; -immunogramma; - burundan ajratilgan shilliq moddaning laboratoriya tekshiruvi; - rinoskopiya; -allergiya sababini aniqlash uchun provokatsion teri testlari.
Allergik rinitni davolash:
Allergik rinitni davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-immunoterapiya;
-antigistamin dorilar;
-qon tomirlarini toraytiruvchi dorilar;
-hujayra membranasi stabilizatorlari;
-glyukokortikosteroidlar;
-davolovchi mashqlar;
-ingalyatsiya.
Burun tosigining qiyshiqligi tufayli kelib chiqqan surunkali rinitda jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi buyuriladi
Parhez Parhez - Kasallikni davolash paytida shifokor bemorga ma’lum bir parhezni belgilaydi, bu parhez quyidagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni istisno qiladi:
- tovuq goshti,
- tovuq tuxumi;
- mevalar (ayniqsa, sitrus mevalar);
- asal va u bilan bogliq mahsulotlar;
- bo’yoqlar va oziq-ovqat qo’shimchalari bo’lgan yeguliklar va suyuqliklar.
Asoratlar Asoratlar - Agar allergik rinit o’z vaqtida davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo’lishi mumkin:
- -sinusit;
- -otit;
- -eshak yemi;
- -bronxial astma;
- -Kvinke shishi;
- -atopik dermatit.
Havf guruh Xavf guruhi Xavf guruhidagi bemorlar: -naslida allergik kasalliklar borlar; - -tez-tez yuqumli kasalliklarga chalinadigan bolalar
Profilaktika -allergiya qo'zg'atuvchilar bilan aloqada bolmaslik; -yozda ochiq havoda harakat qilishni cheklash (agar osimlik changiga allergiya bo’lsa); -haftasiga kamida bir marta uyda nam tozalashni amalga oshirish; -shampunlar, chomilish uchun gellar, kremlar va boshqa kosmetika vositalarini ishlatishdan oldin, allergik reaksiyani tekshirish uchun ularni tirsakning bukiladigan joyiga surtib korish; to’g’ri ovqatlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |