2-ilova
Maymun bilan Najjor (Nasriy bayoni)
Kashmir o‘lkasida go‘zal, dov-daraxti ko‘p, sermeva, xushbo‘y gullari, rohatijon suvlari serob bir tog‘ bo‘lardi.SHu yerda Maymun iste‘qomat qilardi.Kunlarning birida o‘z hunarini yaxshi bilgan, mohir duradgor shahar azoblaridan qutulib, yog‘och izlab shu toqqa keladi. Bir yog‘ochni kesib,pona qoqib, unutib qoldirgan teshasini olib kelishga jo‘naydi.Buni kuzatib o‘tirgan Maymun duradgorga g‘avasi kelib tezda u kesgan yog‘ochning ustiga chiqib olib, uning ishini davom ettirmoqi bo‘ladi. Dumi yog‘och yorig‘iga kirib qolib dumidan ajraladi.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand. U «shaharning zindonidan ozod o‘lib” toqqa chiqadi. Tog‘ni sevib qoladi. »Tog‘ning Shiriniga Farhod ” bo‘lib qoladi. Gulxaniy uning mehnati va mehnatdagi mahoratini ulug‘laydi. Shu yo‘l bilan asarda hunarni va hunar ahlini kuylash va ulug‘lash, kishilarni hunar o‘rganishga chaqirish kabi muhim g‘oyani ilgari suradi. Maymun nihoyatda kaltafahm, u aql-farosatini ilatmagani tufayli dumi yog‘och orasiga qisilib qolib, dumidan ayriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |