Mavzu: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi



Download 1,61 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#282595
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

MUSTAQIL ISH


Mavzu:Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Bajardi:


104-guruh talabasi: Subbotina Mariya

Qabul qildi:Qahharova Sabohat Abdug'afurovna

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy- ma'rifiy muassasa bo'lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy- metodik va axborot faoliyatini olib boradi, Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob to'plamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi butun insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, O'zbekistonga va uning milliy manfaat- lariga taalluqli hujjatlarning universal fondini yig'ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir.

Noyob va nodir nashrlar fondi kutubxona kitob kollektsiyasining faxridir. U 250 mingdan ortiq nashrdan iborat. Ularning 15 mingdan ortig'i nodir kitoblar hamda qo'lyozmalardir, Kutubxonaning o'ta noyob to'plamida O'rta Osiyoning 1917- yilgacha bo'lgan tarixi, ctnografiyasi, madaniyati va geografiyasiga oid o'ziga xos entsiklopediya bo'lgan 594 tomlik noyob «Turkiston to'plami» hamda A.P.Kun tuzgan 4 qismdan iborat 10 tomlik 1200 noyob fotosuratlarni o'z ichiga olgan Turkiston o'lkasi aholisining turmush tarzi, urf-odatlari to'g'risidagi «Turkiston albomi» alohida o'rin egallaydi.

Respublika tarixi bo'yicha XIX asrning oxiri XX asrning birinchi choragidagi o'lkashunoslik mavzusidagi adabiyotlar, birinchi Turkiston vaqtli nashrlari, qo'lyozma kitoblar kollektsiyasi, muqaddas kitob - Qur'onning turli nashrlari tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Buyuk ajdodlarimiz Al-Buxoriy, Al- Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug"bek, Bobur asarlari kutubxona fondida ko'z qorachig'idek saqlanmoqda. Cho'lpon, Fitrat, U. Nosir, Hamza, G'. G'ulom, A. Qahhor va boshqa ijodkorlaming hayotligida chop etilgan asarlarning ilk nashrlari xam shular jumlasidandir.

Kutubxonada qadimiy rus kitoblaridan XVI asr matbaa san'ati yodgorligi, Ivan Fedorov tomonidan 1581-yilda Ostrog shahrida bosilgan «Ostrojskaya bibliya" kitobi, 1647-vilda Moskvada cherkov-slavyan shrifti bilan bosilgan dunyoviy mazmundagi «Uchenie i xitrost ratnogo stroeniya lyudey" birinchi rus kitobi, Petr davri kitoblari Leontiy Magnitskiyning «Arifmetikansi (1703), Buyuk Petr davri «Xmochnovskaya rukopis» va boshqalar mavjud, Rus adiblaridanA.S. Pushkin,L.N. Tolstoy, A.P. Chexov, A.N.Tolstoy larning asarlari ham kutubxonaning bebaho boyligidir.

G'arbiy Evropa kitoblarining nodir kollektsiyasida 1489 yilda Nyurnbergda bosilgan «Devyataya Nemetskaya bibliya» inkunabuli, B.Erbeloning 1697 yilda Parijda nashr qilingan «Vostochnaya biblioteka»si mavjud. Xorijiy tillardagi adabiyotlar fondi 75dan ziyod tillardagi ijtimoiy-siyosiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy va texnika masalalariga oid nashrlar bo'lib, bugungi kunda ularning soni 350 mingdan ortiq nusxani tashkil etadi.

Kutubxonaning San'at bo'limi o'ziga xos notali-musiqaviy asarlar to'plamini, o'zbek klassik va jahon musiqasi gramplastinka yozuvlarini, 150 mingdan ortiq tasviriy va amaliy san'at nashrlarini uzida jamlagan.

Texnikaga doir adabiyotlar (2 mln. dan ortiq nusxada) ham mazmuniga ko'ra o'ziga xos bo'lib, me'moriy-texnik hujjatlar, sanoat kataloglari (qog'ozda) to'plami 33700 nusxadan ortiqdir.

Avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari bo'limi yagona avtomatlashgan kutubxona tizimini qo'llaydı va rivojlantiradi, elektron katalog hamda elektron ma'lumotlar bazasini yaratishda metodik yordam beradi. 1988 yildan kutubxonachilik jarayonini avtomatlashtirishga, 1999-yildan Rossiya Davlat Ilmiy texnika kutubxonasining IRBIS avtomatlashtirilgan axborot dasturidan foydalangan holda vatanimiz va chet el yangi nashrlarining elektron katalogini yaratishga kirishildi. Kutubxonaning elektron katalogi bugungi kunda 25 mingdan ortiq yangi adabiyotlarning bibliografik yozuvlari va davriy nashrlarning analitik yozuvlarini saqlaydi. Kutubxona o'z ma'lumotlar bazasini yaratmoqda va "Curret Content", "MicroMedex", "Medine". EBSCO va ma'lumot bazalari bilan ishlash imkoniyatidan unumli foydalanmoqda.



Kutubxona o'z nashriyot va bosmaxonasiga ega bo'lib, noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan shug'ullanadi. Kutubxona 1923-yildan boshlab bosma asarlardan majburiy nusxa ola boshlagan. 1948-yilda kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan. Kutubxona 1956-yildan buyon xalqaro kitob almashuvini amalga oshirib, uning sheriklari

E`tiboringiz uchun raxmat!


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish