Sanoq sistemalari haqida ma’lumot.
Hisoblash mashinalarining tuzilishi va ularda dasturlashtirish sanoq sistemalari bilan chambarchas bog’liq. Mavjud sanoq sistemalarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: o’rinli (pozitsion) va o’rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari. O’rinli sanoq sistemasida raqam o’zining sondagi turgan o’rniga qarab turli qiymatni akslantirsa, o’rinsiz sanoq sistemasida esa raqamning qiymati uning sondagi tutgan o’rniga bog’liq emas.
O’rinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi misol bo'la oladi. Bu sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, ya‘ni I harfi har doim birni , V harfi beshni, X-o’nni, L-ellikni, C-yo’zni, D-besh yo’zni, M-mingni va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII ko’rinishda ifodalanadi. Bu sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi. Shuning uchun ham katta sonlarni yozishda yangi - yangi harflarni kiritishga to’g’ri keladi. Kancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi.
Rim sanoq sistemasida harflarni iqtisod qilish maqsadida yangi qoida kiritiladi. Bu qoidaga ko’ra kichik son katta sondan oldin kelsa kattasidan kichigi ayriladi va aksincha kichik son katta sondan keyin kelsa qo’shiladi. Xuddi shuningdek, bir xil qiymatli sonlar yonma-yon kelsa ular qo’shiladi. Masalan, IX–to’qqizni ifodalasa, XI-o’n birni, XX-yigirmani ifodalaydi.
Sanoq sistemalarining turlari.
O ’rinli sanoq sistemasida raqamlar soni ma‘lum miqdorda bo’lib, ular sondagi o’rinlariga qarab turli qiymatni aks ettiradi. Masalan, bizga ma‘lum bo’lgan
10 lik sanoq sistemasida 10 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;
8 lik sanoq sistemasida 8 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7;
2 lik sanoq sistemasida 2 ta raqam; 0, 1;
16 lik sanoq sistemasida 16 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F mavjud. Odatda, 16 lik sanoq sistemasida yetishmaydigan raqamlar o’rniga lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E, F lar qo’llaniladi.
Umuman ixtiyoriy P sanoq sistemasida raqamlar soni R ta bo’lib, ular 0 bilan R-1 orasida bo’ladi va R-shu sanoq sistemasining asosi deyiladi. 0 dan R-1 gacha bo’lgan raqamlar esa, shu sanoq sistemaning bazasi deb ataladi. Barcha o’rinli sanoq sistemalarida 0 va 1 raqami mavjud bo’lganligi uchun, bu sistemalarning asosi sifatida 10 soni olingan.
O’nlik sanoq sistemasi Hindistonda kashf etilgan bo’lib, keyinchalik u arablar orqali Yevropaga tarqalgan. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, o’nlik sistemada har bir raqam o’zining sondagi tutgan o’rniga qarab ma‘lum qiymatni aniqlaydi. Masalan, 4444 sonida 4 to’rt marta uchraydi va o’ngdan birinchisi 4 ta birlikni, ikkinchisi 4 ta o’nlikni, uchinchisi 4 ta yo’zlikni va to’rtinchi 4 esa 4 ta minglikni ifodalaydi.
Xulosa
Men ‘’Algoritm turlari, xossalari va berilish usullari’’ mavzusini yoritib borish davomida o’zimga kerakli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldim. O’zimga notanish bo’lgan ma’lumotlarni kerakli adabiyotlardan izladim va topdim. Axborot texnologiyalari jadal tarzda ta’lim sohasiga kirib kelmoqda. Ayniqsa bizning sohamizda. Masalan, bizning sohamizga kerakli tomoni shundan iboratki, o’quvchilarni darsga qiziqtirish, har xil multimediyalar orqali bolalarga mavzuni yetarlicha tushuntirish, ta’lim sifatini oshirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kulakov A.G., Lando S.K., Semyonov A.L., Shen A.X.. Algoritmika. V-VII sinflar. Moskva: Drofa, 1997.
2. Boltayev B . Abduqodirov A., Taylaqov N., Mahkamov M., Azamalov A., Xafizov S. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. 9-sinf. T.: Cho`lpon, 2006.
3. http://www.informatika.ru
4. http://www.pedagog.uz
5. http://www.intuit.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |