Mavzu: Aleksandr Pushkin. Kim u?
1) Shoirning hayoti haqida
2)Adabiy merosi
3)Xulosa
1)Aleksandr Sergeyevich Pushkin — ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi. A.Pushkin 1976 - yil 6 - iyunda Moskva shahrida dvoryan oilasida tugʻildi.Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asl ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Pushkinda nafis soʻzga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qo'shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning taʼsiri ayniqsa kattadir. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi.Pushkin litseyni tugatib Peterburgga ko'chib borgan va tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.
2) A.Pushkin litseyda oʻqib yurgan vaqtlarida 120 ga yaqin sheʼr va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bagʻishlangan sheʼri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavinnnt yuksak bahosiga sazovor bulib, u Pushkinning buyuk shoir boʻlib yetishishini bashorat qiladi. Pushkinga qadar rus sheʼriyatida qasida, marsiya, xat singari har bir sheʼriy janr klassitsizm tomonidan belgilangan qatʼiy qonun-qoidalar asosida yozilgan. Pushkinning litsey lirikasidan farqli oʻlaroq, Peterburg davri ijodida sheʼriy janrlar o'rtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus sheʼriyati taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan ("Ruslan va Lyudmila", 1820).
Shoirning "Erkinlik", "Chaadayevga", "Qishloq" "Boris Godunov" tragediyasi, "Graf Nulin" dostoni, "Qurʼonga ta-tabbu", "Andrey Shenʼye", "19-oktabr", "Haykal" kabi she'rlari, "Ruslan va Lyudmila", "Tavriliada", "Aka-uka qaroqchilar", "Qushlar", "Graf Nulin", "Poltava", «Kolomnadagi uy", "Anjella", "Mis chavandoz" kabi poemalari, "Xasis ritsar", "Oʻlat chogʻidagi bazm", "Tosh mehmon", "Motsart va Salyeri" kabi kichik tragediyalar mashhur hisoblanadi.
Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Boris Godunov", "Dubrovskiy", "Kavkaz asiri" Choʻlpon tomonidan (1936-37), "Yevgeniy Onegin" Oybek tomonidan (1937), "Boqchasaroy fontani" Usmon Nosir tomonidan (1937), "Kapitan qizi" Abdulla Qahhor tomonidan (1939), "Ruslan va Lyudmila" Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan).
3) Pushkin o'z davrining eng buyuk shoirlaridan bo'lib, yangi rus adabiyotining asoschisi hisoblanadi. O'z hayoti davomida juda ko'plab sherlar, poemalar yozib, nafaqat rus adabiyoti balki dunyo adabiyotining rivojiga katta xissa qo'shgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |