Forobiy o’z zamonasining ensiklopedik olimi bo’lib, jami 160 dan ortiq asar yozgan. Uning asarlarini mazmuniga qarab 7 guruhga bo’lish mumkin: 1) falsafaning umumiy masalalariga doir; 2) inson bilish faoliyatining falsafiy asoslari; 3) falsafa va tabiiy fanlar mazmuni; 4) moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlar, ya’ni matematika fanlari, arifmetika, geometriya, astronomiya va muzikaga doir asarlar; 5) modda xossalari, tabiiy fanlar — fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya; 6) tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, xattotlik; 7) ijtimoiy - siyosiy hayot, davlat tuzumi va uni boshqarish, axloq, odob, tarbiya, huquqshunoslik, etika, pedagogikaga doir. - Forobiy o’z zamonasining ensiklopedik olimi bo’lib, jami 160 dan ortiq asar yozgan. Uning asarlarini mazmuniga qarab 7 guruhga bo’lish mumkin: 1) falsafaning umumiy masalalariga doir; 2) inson bilish faoliyatining falsafiy asoslari; 3) falsafa va tabiiy fanlar mazmuni; 4) moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlar, ya’ni matematika fanlari, arifmetika, geometriya, astronomiya va muzikaga doir asarlar; 5) modda xossalari, tabiiy fanlar — fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya; 6) tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, xattotlik; 7) ijtimoiy - siyosiy hayot, davlat tuzumi va uni boshqarish, axloq, odob, tarbiya, huquqshunoslik, etika, pedagogikaga doir.
Forobiy insonning amaliy faoliyati uchun tabiiy fanlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi. U Yunon tabiatshunoslari Evklid, Ptolemey va Galen kitoblariga sharhlar yozadi, matematikaga doir ilmiy izlanishlar olib borgan. Forobiyning fizikaga doir asarlari — «Hajm va miqdor haqida so’z» (Kalom fi-l xiyz va-l miqdor), «Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob» (Kitob al-madhal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan), «Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola» (Maqola fi-l jihat allayati yassehu alayho al qavl bi ahkom an-nujum), «Fizika usullari haqida kitob» (Kitob fi usul ilm at-tabiat). Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri, nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan Yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining Quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishiga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishini Yerning Quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishi deb tushuntiradi. - Forobiy insonning amaliy faoliyati uchun tabiiy fanlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi. U Yunon tabiatshunoslari Evklid, Ptolemey va Galen kitoblariga sharhlar yozadi, matematikaga doir ilmiy izlanishlar olib borgan. Forobiyning fizikaga doir asarlari — «Hajm va miqdor haqida so’z» (Kalom fi-l xiyz va-l miqdor), «Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob» (Kitob al-madhal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan), «Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola» (Maqola fi-l jihat allayati yassehu alayho al qavl bi ahkom an-nujum), «Fizika usullari haqida kitob» (Kitob fi usul ilm at-tabiat). Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri, nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan Yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining Quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishiga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishini Yerning Quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishi deb tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |