Mavzu: Al-Hakim at-Termiziy majmuasi


Muhammad ibn Ja'far ibn Muhammad  ibn al-Haysam ibn Umron ibn Burayda



Download 145 Kb.
bet7/11
Sana31.12.2021
Hajmi145 Kb.
#223044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Al-Hakim at-Termiziy majmuasi

6. Muhammad ibn Ja'far ibn Muhammad  ibn al-Haysam ibn Umron ibn Burayda

Uning haqida ba'zi ma'lumotlarni keltirgan al-Xatib al-Bag‘dodiy uni asli anbarlik deb zikr qilgan[9]. U Ahmad ibn al-Xalil al-Barjuloniy, Muhammad ibn Abu al-Avom ar-Riyohiy, Ja'far ibn Muhammad as-Soig‘, Abu Ismoil at-Termiziydan hadislar eshitgan, shuningdek, Ibrohimibn Ishoq al-Harbiydan hadislar rivoyat qilgan. O'z navbatida undan Abul Husayn ibn al-Fazl al-Qatton, Abul Faraj ibn Sumayka, Ali ibn Ahmad ar-Razoz kabilar hadislar rivoyat qilganlar. Muhammad ibn Ja'far hijriy 360 (milodiy 971) yil muharram oyining o‘ninchi (ashura) kunida vafot etgan.

Bu o‘rinda doktor Usmon Yahya to‘g‘ri ta'kidlaganidek[10], alloma al-Hakim at-Termiziyning shogirdlari va izdoshlaridan atigi bir qismining ismi-shariflari keltirilgan. Albatta, bu hol al-Hakim at-Termiziy ilm bobida erishgan yuksak maqomiga, ayniqsa uning tasavvuf olamidagi mislsiz obro‘-e'tiboriga ham mutlaqo mos emas. Bu fikrimizga qo‘shimcha yana aytish mumkinki, al-Hakim at-Termiziyning nafaqat shogirdlari va izdoshlari haqida ma'lumotlar kam, balki allomaning hayoti va ilmiy ijodiy faoliyati haqida ham tarixiy asarlar va bio-bibliografik qomuslarda afsuslanarli darajada g‘oyatda oz ma'lumotlar keltirilgan. Shu boisdan bo‘lsa kerak, XV asrda yashab o‘tgan mashhur arab tarixchisi, yuzlab qimmatli asarlarning muallifi Ibn Hajar al-Asqaloniy ham chuqur o‘kinch bilan «Bu alloma (al-Hakim at-Termiziy)ning to‘liq tarjimai holidan voqif bo‘lish menga nasib etmadi-da, yana ham Olloh o‘zi madadkor»[11] deb yozgan.

Binobarin, al-Hakim at-Termiziyning o‘z hayot yo‘llari haqida yozib qoldirgan ma'lumotlari favqulodda ahamiyat kasb etadi. Har holda allomaning asarlarida unchalik mukammal, to‘liq bo‘lmasa-da, uning hayoti va ilmiy-ma'naviy merosining tadrijiy kamoloti haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lamiz. O'zining hayotiy bosqichlari haqida, masalan, sanalari aniq ko‘rsatilgan holda ma'lumot bermagan, ilm yo‘lida xorijga qilgan safarlari, o‘zi yaratgan asarlar, o‘zi asos solgan mazhab yoki maktab haqida ham aniq ko‘rsatilmagan. Lekin boshqa ba'zi manbalardan uning Nishopurga rihlat qilganligi va unda hadisdan saboq berganligi, Nishopur olimlaridan Yahya ibn Mansur al-Qoziy undan hadislar rivoyat qilganligi, Termizdan chiqarib yuborilganligi va Balxda bir necha yil yashaganligi haqida ham xabarlar bor. Manbalarga tayanib yana aytish mumkinki, al-Hakim at-Termiziy faoliyatining keyingi ikki bosqichi ilmiy-ijodiy nuqtai nazardan g‘oyatda samarali va barakali bo‘lgan. Chunonchi, aynan shu davrda uning faoliyatida keng omma bilan muloqot, uning atrofida ko‘p sonli shogirdlar va izdoshlarning to‘planishi va eng muhimi uzoq yillar davomida shakllangan qarashlari, fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari asosida o‘zining o‘lmas asarlarini yaratdiki, bu asarlar buyuk bir ma'naviy meros sifatida islom madaniyati, ayniqsa tasavvuf ilmi taraqkiyotida salmoqli o‘rin egalladi.

 


Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish