Darsning ta’limiy maqsadi: Tasviriy san’at turlari haqida ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda ijodiy mahorat nafosat va badiiy didni o’stirish, fikr doirasini kengaytirish, vatanparvarlikni tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni atrof muhitni kuzatishga ranglarni farqlashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetetsiyalar: TK1– tasviriy san’at faniga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish. TK6– oilasida nechta odam borligi, kim katta, kim kichikligini bilish. FK1-sodda tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi;TK3– tasviriy san’at faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakat motorikasini rivojlantirish.
Darsning uslubi: Savol-javob, hikoya Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar. Darsning borishi: I Tashkiliy qism: Salomlashib, davomat aniqlanadi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash O’quvchilarning mustaqil yasagan haykalchasini tomosha qilish va bolaning ta’rifini tinglash. O’quvchilar ishini tahlil etish va rajbatlantirish.
III Yangi mavzu bayoni Akvarumdagi baliq rasmini chizish. Topishmoqlar aytish bilan o’quvchining diqqatini bugungi mavzuga jalb etish.
O’quvchidan baliqlar haqida nimalar bilishini bilib olish so’ngra uning fikrlarini to’ldirish. 1. Baliqlar qayerda yashaydi? 2. Baliqlarning turllarini bilasizmi? 3. Ularni nomlarini sanab o’ting? 4. Akvarium nima bu?
Akvatium kishilar tomonidan baliqlarni saqlash uchun yoki boqib, parvarishlash uchun yasalgan shisha hovuzcha. Kishilar baliqlarni bu akvariumda saqlaydilar, ularni chiroyidan bahramand bo’lish maqsadida ularni oziqlantiradilar. Ularga kerakli barcha sharoitlarni shu kichik shisha idishda yaraib beradilar.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Rasm yordamida akvatium haqidagi tasavvurini boyitish va uni chizishga tayyorlash. Baliqlarning ham tuzilishi ham
rangi ham turli xil bo’lishini tushuntirish.
Baliqlar haqidagi biror bir multfilmdan parcha namoyish etilsa bolaning tasavvuri yanada kengayadi.
V Baholash O’quvchilarning darsdagi ishtiroki topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
Uyga vazifa: Takrorlash.
Sana: 29-noyabr 2019-yil
Mavzu: Baliq rasmini ishlash.
Darsning ta’limiy maqsadi: Baliqlar haqida boshlang’ich bilim berish
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda tasviriy san’atga muhabbat uyg’otish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni atrof muhitni kuzatishga ranglarni farqlashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetetsiyalar: TK1– tasviriy san’at faniga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish. TK6– oilasida nechta odam borligi, kim katta, kim kichikligini bilish. FK1-sodda tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi;TK3– tasviriy san’at faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakat motorikasini rivojlantirish.
Darsning uslubi: Savol-javob, hikoya Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar. Darsning borishi: I Tashkiliy qism: Salomlashib, davomat aniqlanadi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash O’quvchilarni tasviriy san’at haqidagi fikrlarini bilish maqsadida savol-javob o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni Baliq rasmini chizish O’quvchiga “Chol va oltin baliqcha” ertagini so’zlab berish. Baliqcha haqidagi bolaning fikr – mulohazasini tinglash . Baliqchaning so’nggi iltimosga javobi to’;g’ri yoki noto’g’ri bo’ldimi degan savolga bolaning fikrini tinglash va uning javobini mustahkamlash.
Ertak qahramoni bo’lgan oltin baliqcha rasmini ishlashga tayyorlash va o’qituvchi bilan birga ishlashga undash.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash O’quvchilar ishini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchiga yordam berish. Rang berishda nimalarga e’tibor berish kerakligini eslatish. Topishmoqlar aytish.
O’quvchilarni chizgan rasmini akvaruimga joylashni o’rgatish.
V Baholash O’quvchilarning darsdagi ishtiroki topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.Uyga vazifa: Baliq tasvirini chizish.