Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlarni tashkil etidh va uni ustav kapitalini shakillantirish. Ma’suliyati cheklangan jamiyat faoliyatini tashkil qilish talablari va uning ustav kapitalini shakillantirish.
Reja:
1. Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari.
2. Ustav kapitalining shakllanishi va uning xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda aks ettirish tartibi.
3. Mas'uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtrish tashkil etadi. Uning maqsadi - bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi uchun zarur bo’lgan asosiy sharoitlarni yaratish (xususiy mulk institutini shakillantirish, iqtisodiy va huquqiy bazani hamda ularsiz iqtisodiyotnig xususiy sektori faoliyat ko’rsata olmaydigan institutsional tuzilmalarni barpo etish)dan iborat. Aksiyadorlik jamiyatlari bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining ko’plab sohalarida etakchi mavqeni egallagani holda, keng tarqalgan, boshqaruv, kuzatuv va ijro organlari orqali korporativ munosabatlarga faol kirishadigan yuridik shaxslar hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari dastlab XVII asrda Evropada dengiz orqali savdo-sotiq sohasida faoliyat yuritgan mulkdorlar o’rtasida tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir huquqiy normalar ilk bor 1808 yilda Frantsiya savdo kodeksida belgilangan.
Mazkur faoliyatning qonuniy negiziga ko’ra mamlakatimizda bunday jamiyat yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta’sis etish yo’li bilan tashkil etish muassislarning qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta tashkil etish (qo„shib yuborish, bo„lish, ajratib chiqarish, o„zgartirish) yo„li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi qaror ta’sis yig„ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to’g’risida o’zaro ta’sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi lozim bo’lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to’lanadigan haqning miqdori va uni to’lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak. Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to’g’risidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to’lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog’ozlarning, o’zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo’lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o’zgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to’g’risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi. Jamiyatni tashkil etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e’tirof etiladi.
Agar qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo’lishi mumkin emas.
Jamiyat muassislari jamiyatning tashkil etilishi bilan bog’liq majburiyatlar yuzasidan jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilguniga qadar javobgar bo’ladi. Jamiyat muassislarning jamiyatni tashkil etish bilan bog’liq majburiyatlari yuzasidan muassislarning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo’ladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o’zgartirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi bo’ladi. Jamiyat muassislari o’rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta’sis yig’ilishi: jamiyatni ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi; ta’sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi; muassislar tomonidan aksiyalar haqini to’lash tartibini belgilaydi; chiqariladigan aksiyalarning turlarini va sonini belgilaydi; jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi;
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
Ta’sis yig’ilishida ovoz berish muassislar kiritadigan ulushlarga muvofiq o’tkaziladi. Ta’sis yig’ilishi qarorlarni oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qiladi, bundan ta’sis shartnomasini o’zgartirish to’g’risidagi qarorlar qabul qilinadigan hollar mustasno bo’lib, buning uchun barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Ta’sis yig’ilishining qarorlari jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib o„zgartirish davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ta’sis yig’ilishini o’tkazmasdan amalga oshiriladi.
Bir muassisdan iborat bo’lgan jamiyatda ta’sis yig’ilishi o’tkazilmaydi. Ustav jamiyatning ta’sis hujjati bo’lib, unda quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak: jamiyatning to’liq (agar bo’lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
faoliyatining sohasi (asosiy yo’nalishlari) va maqsadi; ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli); jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Korxonaning ustav kapitalining tarkibi uning ta’sis hujjatlari va tashkiliy huquqiy shakliga bog’liqdir. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ta’sis hujjatlari asosida tartibga solinadi.
Ustav kapitali ro’yxatdan o’tkazilgan miqdorda aks ettiriladi va undan oshib ketishi mumkin emas. Korxonaning ustav kapitalini ko’payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori asosida ta’sis hujjatlariga o’zgarishlar kiritilgandan so’ng amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro’yxatga olingan summada ko’rsatiladi. Korxonaning aksiyadorlik kapitali hisobda ro’yxatdan o’tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasini alohida hisobga olish zarur.
Aksiyadorlik jamiyatlari o’z ustav kapitalini muomalaga qo’shimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo’li bilan oshirish mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki ularning sonini kamaytirish, shuningdek, jamiyat tomonidan keyinchalik qoplash uchun aksiyalarning bir qismini sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.
Aksiyalarning likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir ko’rsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini ko’paytirish sababli ushbu operatsiyalarga buxgalteriya yozuvlari qilinmaydi.
Aksiyadorlarga korxona ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari sifatida ko’rsatiladi va ushbu summa shu nomdagi kontrpassiv schyotda hisobga olinadi.
Korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi.
Ustav kapitalining shakllanishidagi o’ziga xos xususiyatlar ularning hisobini yuritishga ham bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot» ko’rsatkichlarining ustav kapitaliga tegishli ustunlari ushbu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda tuzilgan.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda ustav kapitalining yil boshiga qoldig’i (010-satr). Ushbu ko’rsatkich buxgalteriya hisobining 8300 «Ustav kapitali (fondi)ning hisobvaraqlari»ning joriy yilning 1-yanvariga bo’lgan kredit qoldig’i ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Navbatdagi ko’rsatkich xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari (100-satr)da korxona ustav kapitali qiymatining o’zgarishi natijasida boshqa manbalardan qo’yilgan mablag’lar summasini ko’rsatadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ustav kapitalining yil oxiridagi qoldig’i (110-satr), yil boshidagi qoldiq summasiga (010-satr) xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari (100-satr)ni qo’shish orqali aniqlanadi.
Хususiy kapitalning ko’payishi (+), yoki kamayishi (-) (120-satr)ning ustav kapitalining ta’siridagi o’zgarishini ko’rsatadi. Bunda ustav kapitali summasining ko’payishi yoki kamayishi hisobiga xususiy kapital qanchaga o’sgan yoki kamayganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning ustav kapitaliga oid ustunlarini to’ldirishdan oldin ularning o’zgarishining buxgalteriya hisobi schyotlaridagi aks ettirilishi tekshirilshi lozim. Buning uchun tekshirish schyotlarning o’zaro bog’lanishi asosida amalga oshiriladi. Bunda dastlab ustav kapitalining o’zgargan summasiga ustav kapitalini hisobga oluvchi 8300-«Ustav kapitali (fondi)ning hisobvaraqlari» bilan 4610-«Тa’sischilarning ustav kapitali (fondi)ga badallar bo’yicha qarzlari» hisobvarag’ining bog’lanishi tekshirilishi lozim. Shundan so’ng ta’sischilarning ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlarini to’lashini tekshiriladi. Ma’lumotlarning to’g’riligini ishonch hosil qilingandan so’ng ularni xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning ustav kapitaliga tegishli ustunlaridagi ko’rsatkichlarini to’ldirish uchun foydalaniladi.
Ammo qonunchilikka muvofiq korxonalarda ustav kapitali har doim ham o’zgartirilavermaydi.
Mas'uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish: Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar bitta korxona bilan kichik biznesga yaxshi mos keladi. Egalari aktsiyadorlarga o'xshash bo'lsa-da, ular a'zolar deyiladi. MChJ bir a'zosi - yagona mulk egasi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, MChJ hamkorligida bo'lgani kabi ikki yoki undan ko'p a'zoga ega bo'lishi mumkin. Ushbu a'zolar faqat o'zlariga investitsiya kiritgan kapital miqdorini yo'qotishi mumkin. Bu mas'uliyatli mas'uliyatning go'zalligi.
A'zolik foizlari aktsiyalarga o'xshash. A'zolar MChJga egalik qilish huquqiga ega bo'lgan aktsiyalar yoki aktsiyalarning bir qismiga to'g'ridan to'g'ri nazorat qilishadi. MChJ rahbariyati davlat qonunlari bilan tartibga solinadi va davlatdan davlatga qarab farq qilishi mumkin.
MChJni tashkil etish - bir korxona tashkil etishdan ko'ra, yagona mulkka ega bo'lishdan ko'ra biroz qiyinroq. Tashkilot maqolalarini Siz tanlagan davlat kotibi bilan yuborishingiz kerak. Bundan tashqari, Sizning Operatsion kelishuvingiz ham bo'lishi shart emas, lekin talab qilinmaydi va talab qilinmaydi.
Faoliyat kelishuvi MChJ a'zolari va boshqaruv tuzilmalari huquqlarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |