Mavzu: aka-uka grimmlar ertaklari



Download 1,76 Mb.
bet21/39
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#75161
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
tugarak dek-yanvar

II. Yangi mavzu bayoni:

Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805- yilda Odens shahrida dunyoga keldi.

Bolaning otasi kavushdo‘z, onasi esa kir yuvuvchi bo‘lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag‘allar maktabiga o‘qishga kiradi. Oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko‘chadi. Bolaning yashash sharoiti va o‘qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo‘ladi. Andersenning ijodi 20- yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik she’rlar, roman, drama, yo‘l ocherklari, biografik etudlar yaratadi.

„Daniyalik Xolger“, „Qor malikasi“, vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan „Daniya — mening vatanim“, ozodlik g‘oyasi mujassamlangan „Soqchi“, „Shil’on asiri“ va boshqa she’rlari poeziya janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi„Ertaklar“ (1835 — 1855), „Yangi ertaklar“ (1843 — 1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini tanitdi.Uning „Qo‘ng‘iroqli girdob“, „Kumush tanga“, „Kolbasa sixidan sho‘rva“, „Go‘ng qo‘ng‘iz“ va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Ertakchining „Qo‘ng‘iroqli girdob“ asarini olib ko‘raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og‘ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o‘z xo‘jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi. „Bolalar gurungi“ asarida hech kim taqdirini, kichkintoy o‘sib-ulg‘aygach kim bo‘lib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu ko‘proq o‘sha bolaning o‘ziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bog‘liq ekanligini o‘qiymiz.

Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqidagi ertaklarni sevib o‘qiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda ko‘pchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir.

„Dyumchaxon“, „Irkit o‘rdakcha“, „Botqoqlik shohining qizi“, „Baqa“, „Burga bilan professor“ singari ertaklari o‘zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan.

Xullas, Daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bag‘ishlab kelmoqda.


  1. Mustahkamlash

1. „Bolalar gurungi“dagi bolalarning o‘zaro suhbatidan qanday xulosa chiqardingiz? Kambag‘al bolaning mashhur rassom bo‘lib yetishishiga asosiy sabab nima deb o‘ylaysiz?

2. „No‘xat ustidagi malika“ ertagida qanday g‘oya ilgari surilgan?

3 . Andersen ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati qanday?


Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish