Bog'liq Ajratilgan bo’linmalar, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar, olingan joriy bo’naklarni hisobga olish
Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish. Muddati kechiktirilgan majburiyatlar haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to’lanadigan (bajariladigan) bo’lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a)qisqa (joriy) muddatlilari: 6210 «Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar»
6220 "Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"
6240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar"
6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar»
6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar "
b)uzoq muddatlilari: 7210 «Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar»
7220 "Mukofot (ustamalar)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"
7230 - "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"
7240 "Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli muddatli kechiktirilgan majburiyatlar"
7250 "Vaqtinchalik farkdar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar"
7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 6210 va 7210-schyotlarda diskont (chegirmalar) ko’rini-shidagi muddati kechiktirilgan daromadlar hisobga olinadi hamda investorlargina (obligatsiyalar xaridorigina) undan foydalanadi.
Misol. 1500 ming so’mlik nominal qiymatga ega 3 yillik obligatsiyalar 1560 ming so’mga mukofot (ustama) bilan sotilgan, deb faraz qilaylik. Sotilgan qimmatli qog’oz qiymati va uning nominal qiymati o’rtasidagi farq 60 (1560-1500) mukofot (ustama) deb ataladi hamda sotib oluvchi taraf (investor) uchun qimmatli qog’ozni sotib olishda uni so’ndirishdagiga nisbatan ko’proq pul to’langanligi sababli xarajat hisoblanadi; sotuvchi (qarz beruvchi) taraf uchun esa daromad hisoblanadi.
Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin, agar ushbu qimmatli kogozlar bo’yicha belgilangan foiz stavkasi xuddi shunday kreditga qobillikni yoki xatarni baholashga oid majburiyatlar bo’yicha bozor foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, mazkur qimmatli qog’ozlar mukofot (ustama) bilan birga sotiladi.
Chegirmalar singari mukofotlar ham joriy davr daromadlari sifatida aks ettirilmaydi, balki obligatsiyaning butun muomala davriga teng ravishda taqsimlanadi.
Mukofot bilan obligatsiyalarning sotilishi muomalalari quyidagi aks ettiriladi:
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 1560 m.s.
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 1500 m.s.
Kt 6220 "Mukofot (ustama) ko’rinishidagi kechiktirilgan
daromadlar» 20 m.s.
Kt 7220 "Mukofot (ustama) ko’rinishidagi uzoq muddatli
kechiktirilgan daromadlar» 40 m.s.
Bundan keyingi muomalalar xuddi hisob chegirmalarini hisobga olishga o’xshab yuritiladi.
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" hamda 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotlarida hisobot davrida olingan (hisoblab yozilgan), lekin kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo’lgan daromadlar aks ettiriladi.
"Kechiktirilgan daromadlar" atamasi (xalqaro amaliyotda "oldindan to’langan daromadlar", "ishlamay topilgan daromadlar" va boshqa atamalar ko’p qo’llaniladi) ko’proq sub’ekt etkazib bermagan tovari yoki ko’rsatmagan xizmati uchun pul mablag’lari oladigan holatlarga xosdir. Bunday holatlarga ko’proq xos xususiyatlar oliy o’quv yurtida o’qish uchun haq, ijara haqi, temir yo’l, aviatsiya va boshqa transport vositalariga chiptalarni sotish, jurnalga obuna uchun haq to’lash va boshqalar hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq, bo’nak tarzida olingan pul mablag’lari toki daromad keltiradigan xizmatlar ko’rsatilib yoki tegishli tovar etkazib berilgunga qadar daromad sifatida tan olinmaydi. 2-son BHMSga ko’ra, bunday to’lovlarning kelib tushishi majburiyatlarni yuzaga keltiradi va tovarlar etkazib berilgandan (xizmatlar ko’rsatilgandan) keyingina muddati kechiktirilgan daromadlar schyoti yopiladi, unda aks ettirilgan summalar sotishdan daromadlarni hisobga olish schyotlari kreditiga hisobdan chiqariladi.
Masalan, kelgusida bajariladigan ishlar uchun pul kelib tushganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
Dt 5110 «Hisob kitob schyoti» 1200 m.s.
Kt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 1200 m.s.
Ishlarning bajarilishiga qarab, muddati kechiktirilgan daromad sotishdan olingan daromadlarga kiritiladi:
Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 1200 m.s.
Kt 9030 "Ishlarni bajarishdan va xizmatlar ko’rsatishdan
daromadlar" 1200 m.s.
6230-schyotda sotilmagan (realizatsiya qilinmagan) daromadlar deb ataluvchi - masalan, kursdagi musbat farqlar ko’rinishidagi daromadlar ham aks ettiriladi.
«Buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda chet el valyutasidagi muomalalarni aks ettirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga (yangi tahrirdagi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 sentyabrda 1411-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq ko’mitasi, Markaziy bank, Davlat statistika ko’mitasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan tasdikdangan) ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha yuzaga kelgan kursdagi musbat farqni "Kelgusi davrlar daromadlari" schyotiga kiritish bilan har oyda balansning valyutaga doir moddalarini qayta baholashni o’tkazadi.
Har oyda balansning valyutaga oid moddalarini qayta baholash natijasida to’plangan kursdagi musbat farq kuyidagi tartibda sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi:
xorijiy valyutadagi debitorlik qarzi bo’yicha - uning
so’ndirilishiga (hisobdan chiqarilishiga) qarab;
qolgan holatlarda - balansning tegishli valyutaga oid
moddalariga binoan xo’jalik muomalalarini bajarish bo’yicha.