Toshkent viloyati. Respublikamizning sharqiy qismini tashkil etib, CHotqol-Qurama tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy maydonlarini tashkil etadi. Toshkent viloyati maydoni 15,6 ming kv. km. ni tashkil etib, respublika hududining 2,8% ga to‘g‘ri keladi. Axolisi 4,3 mln. dan ortiq. Viloyat maydonlarida mutlaq balandlik 500 m. dan (viloyatning g‘arbiy qismi), 4299 m (Beshtor cho‘qqisi) gacha o‘zgaradi. Ko‘chki jarayoni 1000-1500 m. balandlikda keng tarqalgan. Asosan Oxangaron, CHirchiq Pskom, Ugom vodiylaridagi tog‘ oldi zonalarida ko‘proq uchraydi. Har bir vodiyning yuqori qismida qoyali jinslar ko‘p bo‘lgani va relef murakkab tuzilishga ega bo‘lgani uchun ko‘chki uchramaydi. Toshkent viloyatida uchraydigan ko‘chkilar tabiiy (tog‘ jinsi qalinligi, er yuzasi shakli, er osti suvi sathi, o‘simlik dunyosi) va texnogen (suv inshootlari, yo‘l qurilishlari, elektr tarmoqlari, tog‘-kon sanoati va boshq.) xususiyatga ega.
Topografik xaritada suv ombori atrofida yangi yo‘l qurilishi va tog‘ oldi zonalarini sug‘orma erlarga aylantirish natijasida rivojlanib borayotgan ko‘chkilarni ko‘ramiz. Ayniqsa ular Qaynarsoy, Sijjaksoy, SHarqiramasoy, CHimyonsoy va Orkutsoy, Mozorsoy, Gulkamsoy, Po‘stinliksoylar atrofida ko‘p tarqalgan. Ularni tahlil qilish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, har bir soyning o‘ng qirg‘og‘i bo‘yicha ko‘chkilar aksariyat miqdorni tashkil etadi. Bunda har bir suv tarmog‘i o‘ng qirg‘oqni (Markaziy Osiyoda) doimo emiradi degan aksiomaning tasdig‘ini ko‘ramiz.
Ko‘chkilarning mazkur suv ombori atrofida rivojlanish faoliyati XX asrning 60-yillari oxiridan boshlangan. Bu joydagi eng katta ko‘chki Alvasti, Sijjak va Mozorli soylar atrofida uchraydi. Ularning faoliyata hozirgi vaqtacha to‘xtamagan, ya’ni yuqori qismdagi maydonlarni qamrab olishi har yilgi mavsumiy vaqtga to‘g‘ri keladi. Bunga asosiy sabab shu yonbag‘irga daraxt ekish niyatida gorizontal holatda texnik ishlov berilishidir. Jumladan, CHimyon va Orkutsoylarning yuqori qismidagi ko‘chkilar ham inson xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga kelmoqda. Kuzatish ishlarini viloyatning sharqiy hududlari Parkent, Kumushkon, YAngibozor maydonlari bo‘iicha davom etgirsak, xuddi shunday vaziyatning guvohi bo‘lamiz. Albatta, bu joylarda yonbag‘irdagi tog‘ jinslaridagi namdorlik ortishi va gravitatsiya kuchlari ta’sirida paydo bo‘layotgan tabiiy ko‘chkilarni ham uchratsak-da, lekin ular aholi yashaydigan joylardan uzoqda, tog‘ yonbag‘rining yuqori kismlarida joylashganligini ko‘ramiz. Suv omborlari atrofidagi ko‘chkilar esa havzadagi suv sathining doimiy o‘zgarib turishi natijasida sodir bo‘lmoqda.
Ko‘chkilarni maxsus o‘rganadigan bo‘lim 1958 yilda Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan. Buning asosiy sababi Toshkent viloyatining tog‘ oldi zonalarida ko‘chki jarayoni ommaviy tus olganligidadir.
Toshkent viloyati bo‘yicha eng katga ko‘chki halokati 1991 yil 4 mayda Jigariston qishlog‘i atrofida bo‘lib, 56 kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati xodimlari Toshkent viloyatida ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ularni o‘rganish, qayd qilish va oldindan aytish muammolari bo‘yicha doimiy kuzatuv ishlari olib borishmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |