Kurs ishining maqsadi Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat byudjetining o ‘rni bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
1.Aholini turmush darajasi tushunchasi
Har qanday jamiyatning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini oshirishga
qaratilgan bo‘ladi. Jamiyatning ijtimoiy barqarorligi, iqtisodiy rivojlanishi,
tinchligi hamda ta’minoti inson sog‘lom va farovon hayot kechirishi uchun davlat
kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi zarur.
Aholining turmush farovonligini ko‘tarish, ayniqsa jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi sharoitida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu borada respublika birinchi Prezidenti quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan: “Global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi”. Shuni hisobga olib, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri –
aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash masalalari bo‘lib, ularni quyidagilarga ajratish
mumkin.
Aholi turmush darajasi – ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilarning moddiy va madaniy-maishiy ehtiyojining qondirilishi hamda ijtimoiy turmush sharoitining yaxshilanib borishi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Aholining moddiy ehtiyojlariga oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i
va uy-ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan talablari kiradi. Aholining madaniy-maishiy
ehtiyojlariga insonlarning bilimi, malakasini oshirish, maishiy va kommunal
xizmat ko‘rsatishni yaxshilash kabilarga bo‘lgan ehtiyojlari kiradi.
Aholining ijtimoiy turmush sharoiti – jamiyatning barcha a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har tomonlama jismoniy va madaniy rivojlanishni ta’minlash hamda mehnat sharoitini yaxshi tashkil etish, kishilar salomatligi va mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash, vaqtincha, ishga qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy ta’minot, nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan kam daromadli oilalarni ijtimoiy himoyalashni ifodalaydi.
Ko‘plab iqtisodiy adabiyotlarda “Aholi turmush darajasi” tushunchasiga
xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil ta’riflar ishlab chiqilgan.
Masalan, iqtisodchi olim V.I.Gurev turmush daraja tushunchasiga “Turmush
daraja – bu murakkab kompleksli ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, aholining
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirilish darajasini ifodalaydi”3, deb
ta’riflaydi. Iqtisodchi olim M.G.Nazarov esa “Aholi turmush darajasi – bu insonlar
hayot faoliyatining eng avvalo iste’mol sohasidagi real ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlar yig‘indisini ifodalovchi murakkab va ko‘p qirrali kategoriya bo‘lib,
ijtimoiy taraqqiyotning muhim tavsifi hisoblanadi”, deb ta’rif beradi.
V.N.Salin, E.P. SHpakovskaya “Aholi turmush darajasi – aholini shaxsiy
iste’moli qondirilishining moddiy imkoniyatlarini xarakterlaydi. U o‘z ichiga
ijtimoiy hayotning turli ijtimoiy jihatlarini: mehnat sharoiti, aholi daromadlari va
xarajatlari darajasi va tuzilmasi, bo‘sh vaqtdan foydalanish, sog‘liqni saqlash,
madaniyat, san’at va boshqalarning rivojlanish darajasini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy
hayotning bu tomonlarini miqdoriy tavsiflash ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar
yordamida amalga oshiriladi hamda aholi turmush darajasi va ijtimoiy
rivojlanishini statistik o‘rganish predmeti hisoblanadi”5 deb ta’riflaydi. Iqtisodchi
olimlar A.V.Sidenko va V.M.Matveevalar turmush daraja tushunchasiga
quyidagicha ta’rif beradi: “Turmush darajasi murakkab iqtisodiy kategoriya bo‘lib,
yoxud biror ko‘rsatkichni uning yordamisiz xarakterlash mumkin emas”6.
I.I.Eliseeva esa “Turmush darajasi muhim kategoriyalardan biri hisoblanadi.
Turmush darajasining zamirida aholining zaruriy moddiy ne’matlar va xizmatlarga
bo‘lgan iste’molining yuqori darajada ta’minlanishi hamda turli iste’molining
qondirilishi tushuniladi”, deb ta’riflaydi.
O‘zbekistonda ham aholining turmush darajasini qator iqtisodchi olimlar
o‘rgangan. Masalan, yirik iqtisodchi olim Q.X.Abdurahmonov aholining turmush
darajasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy
moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularni
iste’mol qilish darajasi tushuniladi”8. Yo.Abdullaev tomonidan 1998 yilda chop
etilgan “Makroiqtisodiy statistika” kitobida “Aholi turmush darajasi — ijtimoiyiqtisodiy tushuncha bo‘lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy- ma’rifiy
ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini
tavsiflaydi”9, deb ta’rif bergan.
Yuqorida xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan “aholi turmush darajasi” ga
berilgan ta’riflar yuksak qadr-qimmatga ega bo‘lib, ularda olimlar 3 ta jihatga
alohida e’tibor qaratishgan:
– jamiyat a’zolarining yaratilgan moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan
ta’minlanganlik darajasi;
– aholi iste’molining maksimal darajada qondirilishi;
– aholi ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining
yaxshilanish darajasi.
Nazarimizda,bu ta’riflarning barchasida bir umumiylik mavjud. Shuning uchun “Aholi turmush darajasi”ni tor va keng mazmunda ta’riflash zarur. Fikrimizcha, aholi turmush darajasi tor ma’noda – bu iste’mol darajasi, talabni kondirilish darajasini tariflashni ifodalaydi. Keng ma’noda esa aholi turmush darajasi – inson rivojlanish darajasini ta’riflash hayotiylik sharoitini baholashni ifodalaydi.
Aholining turmush darajasi insonlar hayoti va faoliyatining mavjud ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari majmui bilan tavsiflanuvchi murakkab va ko‘p qirrali
tushunchadir. Aholi turmush darajasini tadqiq etish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlar uchun, xususan,
mamlakatlararo taqqoslash uchun dolzarbdir.
Aholining turmush darajasini o‘rganishning eng muhim jihatlari quyidagilar
hisoblanadi:
– iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi hisoblangan insonning asosiy sifatiy
xususiyatlari bahosi (yuksak darajada davom etishiga erishish uchun sog‘lom
turmush tarzini olib borishga qobiliyat; ta’lim olish imkoniyatlari, munosib
turmush uchun etarli mablag‘larga ega bo‘lish va yuksak kasbiy sifatlarni
egallash);
– nominal va real daromadlarni baholash;
– aholining uy-joy, uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan iste’mol
ne’matlari bilan ta’minlanish xususiyati;
– dunyoning turli mamlakatlaridagi turmush darajasi va sifatini baholash;
Aholining turmush darajasi – bu aholi farovonligi, ne’matlar va xizmatlar
iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish
me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir. Boshqacha qilib
aytganda, turmush darajasi jamiyatda yashovchi inson ehtiyojlarining rivojlanishi
va qondirilishi darajasidan iborat bo‘lib, u turli ne’matlarning iste’mol qilinishi
yoki iste’mol uchun olinganganlarining foydalilik darajasi bilan belgilanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda turmush darajasi aholi tomonidan
olinadigan daromadlar, ovqatlanish darajasi, turar-joy sharoitlari holatiga
asoslanadi, qashshoqlik esa faqat jismoniy ehtiyojlarni qondirish uchun etarli
bo‘lgan oziq-ovqat xarajatlari ulushi bilan baholanadi.
BMT statistika komissiyasi turli mamlakatlar aholisi turmush darajasini
“aholi hayoti va faoliyati sharoitlari, iste’mol darajasi, inson bandligi va
erkinligining ta’minlanishi” prizmasi orqali baholashni taklif qiladi. BMT Bosh
Assambleyasining 40/179 qarorida (“Iste’mol modellari: ishlab chiqishning
miqdoriy jihatlari”) turmush darajasi oshishining aniq bahosi aholi turmush
darajasi va bandligining va ular bilan bog‘liq boshqa omillarning hamda oziqovqat mahsulotlari, kiyim, uy-joy sharoitlari, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash va
asosiy ijtimoiy tarkiblar iste’molining ko‘plab ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan
tegishli o‘lchov birligini talab qiladi.
“Turmush darajasi” murakkab, qirrali tushuncha sifatida qashshoqlik, aholi
farovonligi, turmush sifati, xodimlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining
qondirilish darajasi, aholining iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli kabi bir nechta bir-biriga
yaqin kategoriyalarga ega.
Aholi turmush darajasi holatining o‘zgarish yo‘nalishlari va qonuniyatlarini
aniqlash uchun quyidagilarni o‘rganish talab qilinadi:
– daromadlar, xarajatlar hamda moddiy, madaniy va maishiy boyliklarni
iste’mol qilish ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tarkibi, dinamikasi va sur’atlarini;
– aholining daromadlar va iste’mol darajasi bo‘yicha tabaqalanishi hamda
unga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’sirini.
Determinantlar ko‘p sonli va turli jihatlidir. Ular iste’molchi – inson hayoti
va faoliyatining barcha sohalarida uning faolligini belgilab, bevosita insonning
o‘ziga tegishli bo‘ladi. Eng avvalo, ijtimoiy ishlab chiqarishda bandlarning jins,
yosh hamda oilaviy xususiyati, ijtimoiy mansubligi va mehnatining o‘ziga xos
xususiyati, ma’lumot darajasi va h.k. nazarda tutiladi. Boshqa determinantlar
iste’mol sohasining xilma-xil parametrlarini aniqlab, insonlar turmushining tabiiyiqlim va milliy-etnik xossalarini ko‘rsatib, iste’molchi hayoti va turmushining tashqi sharoitlarini bayon qiladi.
Aholi ehtiyojlarining xilma-xilligi, ularning cheksizligi, solishtirishning
o‘ziga xos qiyinchiliklari turmush darajasini tavsiflashda tizimli yondoshuvdan
foydalanishga majbur qiladi. Nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turuvchi, bir
tomondan, insonlar turmushi moddiy sharoitlarining tarkibiy qismlarini, boshqa
tomondan esa, ularning xulqini o‘z ichiga oluvchi bu kategoriyani uch darajali
tizim ko‘rinishida ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Turmush darajasining tizimli ifodasidagi uch jihat izchil bir-biriga
bog‘liqdir: turmushning tashqi sharoitlari (determinantlar) aholi ehtiyojlarini
yuzaga keltiradi, bu ehtiyojlar (dominantlar) esa, o‘z navbatida, insonlarning
iste’mol sohasidagi xulqini belgilaydi.
Determinantlar aholi turmush darajasining bosh jihati sifatida ijtimoiy
ehtiyojlar hajmi, xususiyati va tarkibining shakllanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ehtiyojlar odamlar turmushining zaruriy sharoitlari
sifatida ajralib ko‘rinadiki, iste’mol sohasidagi faoliyati ularga erishishga
qaratilgan.
Bugungi kunda aholining turmush darajasiga doir iqtisodiy tadqiqotlarda
axborotga ishlov berish va uni tahlil qilishning matematik usullarini keng qo‘llash
masalasi amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda. Avvalo, gap daromadlar darajasi
va boshqa belgilar bo‘yicha aholi taqsimotini tuzish va tahlil qilish, shuningdek,
oila daromadlarining hosil bo‘lishini va iste’molni modellashtirish yo‘li bilan, turli
omillarning aholining turmush darajasining shakllanishiga ta’sirini o‘rganish
haqida ketyapti.
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar asosida aholi turmush darajasi shakllanishining
iqtisodiy-matematik modellarini tuzishga o‘tish mumkin bo‘lib ko‘rinadi. Ularga
aholining alohida ijtimoiy guruhlari o‘rtasida daromadlarni taqsimlash, oila
daromadlarini, moddiy boyliklar va xizmatlarga xaridorning qurbi etadigan talabni
va ularning iste’molini shakllantirish modellari kiradi. Hisob-kitoblardagi aniq
ma’lumotlar asosida oila byudjetini tanlab tekshirish hamda aholini maxsus
dasturlar bo‘yicha tekshirish ma’lumotlari asosida tuzilgan, modellashtiriluvchi 14
ko‘rsatkichlar (omillar) o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda bo‘lgan bunday model
undan foydalanishda, bu haqiqatda jarayonlar kechishining sharoitlari va
omillarining tegishli o‘zgarishida qanday yuz bergan bo‘lsa, xuddi shunday yoki
taxminiy xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Aholining turmush darajasini tadqiq qilish usullarini takomillashtirish va bu
tadqiqot natijalaridan foydalanish hisobga olish va hisob-kitobni, ularning to‘laligi
va ishonchliligini barcha choralar bilan yaxshilashni, hisob-kitoblarning xalqaro
standartlariga o‘tishni, milliy hisoblar tizimini qo‘llash amaliyotini rivojlantirishni,
shuningdek, iqtisodiy-statistik axborot to‘plashning yangi usullarini ishlab
chiqishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda oilalar tarkibi, aholi bandligi, daromadlari va
bu daromadlarning shakllanish manbalari, aholiga madaniy-maishiy xizmat
ko‘rsatish, bo‘sh vaqtni tashkil qilish, iste’molchilar talablari, qator ijtimoiy
masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikri haqidagi axborotlarni to‘plash uchun tanlov
usulini qo‘llash anchagina kengaygan.
Shuni qayd qilish maqsadga muvofiqki, aholi turmush darajasi nafaqat
alohida oilalar, jamoalarning mehnati va iqtisodiy faolligi bilan, balki iqtisodiyotni
rivojlantirish samaradorligi va umuman milliy boylik darajasi, jamiyatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ahvoli va rivoji, ijtimoiy maqsadga qaratilgan
qonuniy asosning borligi yoki yo‘qligi bilan belgilanadi.
2. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat idoralarining ahamiyati
Aholini ijtimoiy himoyalash deganda biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim.
Ijtimoiy himoya qilish bir tomondan, funktsional tizim, ya’ni yo‘nalishlar tizimi bo‘lib, u ana shu yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy himoya qilishni ta’minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo‘lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub’ektlarining roli va vazifalarini o‘zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan byudjet mablag‘lari salmog‘ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko‘proq og‘irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug‘dirib, ularning ijtimoiy himoya bo‘yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog‘lab qo‘yadi.
Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish, shu hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha dotatsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko‘rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi yo‘nalish esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sog‘lomlashtirish, shuningdek, turar joyga ega bo‘lish huquqini ta’minlash bilan bog‘liq.
Davlat ijtimoiy ta’minoti – bu, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini keksayganda, kasallik ro‘y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish davlat tizimidir.
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi: davlat ijtimoiy sug‘urtasi, respublika byudjeti mablag‘lari, mahalliy byudjetlar mablag‘lari. Iqtisodiyotni isloh qilish davrida ijtimoiy ta’minotning jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar faoliyati bilan bog‘liq shakllari rivoj topadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashni bir vaqtning o‘zida amal qiladigan va bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi to‘rtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy ta’minoti, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, jamoa ijtimoiy sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urta.
Davlat ijtimoiy ta’minoti aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko‘rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini kafolatlaydi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy bo‘lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi.
Jamoa sug‘urtasi etarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va yollanganning sug‘urta badallari to‘lov manbalari bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy sug‘urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug‘urta badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili - birdamlik, uchinchisiniki subsidiyalash, turtinchi, ya’ni shaxsiy sug‘urtaniki esa mutanosiblik tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to‘lagan soliqlar va sug‘urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to‘lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatiladi. Mutanosiblik tamoyili to‘langan sug‘urta badallariga proportsional miqdorda yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy himoyaning yana bir necha tamoyillari qo‘llanadi:
umumiylik;
ochiqlik;
ko‘ptomonlamalik;
ta’minot turlarining turfa xilligi;
muvofiqlik (ya’ni ijtimoiy yordam miqdorini iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mosligi).
Birinchi ikki tizim o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Davlat ijtimoiy ta’minoti va sug‘urtasining quyidagi turlari mavjud:
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar;
davlat pensiya ta’minoti;
uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko‘rsatish;
nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash;
bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va tarbiyalash;
nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash;
uylarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
To‘la ma’noda olganda, ijtimoiy himoya qilish quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
jamiyat a’zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam miqdorini ta’minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish, turmush darajasini pasaytirish omillardan himoya qilish;
fuqarolarning o‘zlari uchun qonunga zid kelmaydigan har qanday yo‘llar bilan tirikchilik vositalarini hech bir to‘siqsiz ishlab topishlari uchun imkon beradigan shart-sharoitlar yaratish;
fuqarolarning ta’lim, tibbiy yordam va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, bunda jamiyat imkoniyatlari va o‘ziga xos milliy-tarixiy xususiyatlarni hisobga olish;
yollanib ishlayotganlarga qulay sharoitlarni ta’minlash, ularni sanoat ishlab chiqarishining salbiy ta’sir ko‘rsatishidan himoya qilish;
jamiyat a’zolarining ekologik xavsizligini ta’minlash;
fuqarolarni jinoiy hamlalardan himoya qilish;
huquqiy, demokratik davlat tamoyillariga mos keluvchi fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda erkinliklarni himoya qilish;
qurolli ijtimoiy va millatlararo nizolarga barham beruvchi shart-sharoitlar yaratish;
siyosiy ta’qib va ma’muriy zo‘ravonlikdan himoya qilish;
ma’naviy hayot erkinligini ta’minlash, mafkuraviy taziyqlardan himoya qilish;
umuman jamiyatda, ayrim yacheykalar va tarkibiy bo‘linmalarda qulay psihologik iqlim yaratish, psihologik tazyiq o‘tkazishdan himoya qilish.
XX asrda an’anaviy kapitalistik jamiyat haqiqatda o‘zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligiga aylandi, ham umuman jamiyatni, ham xo‘jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarini qamrab oladigan qudratli ijtimoiy himoya tizimlari qaror topmoqda, ular korxonalar va fikrlar, aktsionerlar jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir. Hozirgi vaqtda /arbda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning amerikacha, evropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo‘lib, ular doirasida yana o‘ziga xos ko‘rinishlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu andozalarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda o‘ziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir.
O‘zbekistonda mustaqillikni dastlabki yilaridan boshlab iqtisodiy islohotlarning o‘ziga mos yo‘li tanlandi. O‘tish davri jarayonlari Prezident I.A. Karimov olg‘a surgan beshta asosiy tamoyillaridaan biri: «halq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi".
Ijtimoiy himoyaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati jamiyat va aholi o‘rtasidagi muxtojlik hollarida yordam, qariyalarga ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vositalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlardan iborat.
Ijtimoiy himoyaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo‘yilgan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy himoyasiga sarflanadi. Ijtimoiy himoya fondining aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to‘planish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg‘armalardir.
Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman fuqarolarni samarali ijtimoiy himoyalashni, xususan, korxonalar xodimlarini himoya qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o‘zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ko‘proq kuch-g‘ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, pulning qadrsizlanishidan, fuqarolarning birmuncha qismi moddiy tomondan ta’min etilmaganidan va shu kabilardan himoya qilishni talab etadi.
3. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat byudjetining o‘rni
Respublikadagi hokimiyat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, keng jamoatchilik va siyosiy partiyalar ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish jarayonida o‘zlarining amaliy takliflari, fikr-mulohazalari va tashabbuslari bilan faol qatnashishlari talab etiladi. Aholini ijtimoiy himoyalash nafaqat davlat va nodavlat tashkilotlar, balki har bir kishining insoniylik burchi va vazifasidir. O‘zbekistonda yangi jamiyat qurish, demokratik huquqiy davlat tuzish, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish maqsadida o‘zimizga xos va mos yo‘l tanlangani bejizga emas. Bunda barcha harakatlarning dasturilamali bo‘lmish besh tamoyildan biri – aholining ijtimoiy himoyasini ta’min etgan holda bozor munosabatlariga bosqichmabosqich o‘tish alohida ta’kidlangan. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanganidek, «O‘z-o‘zidan ravshanki, ijtimoiy himoya masalasi – bu faqat davlat va hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot va xayriya muassasalarining ishi bo‘lib qolmasligi lozim. «Ijtimoiy» degan so‘zning ko‘pchilikka, jamoatchilikka mansub degan ma’noni ifoda etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu o‘ta muhim masala jamiyatimizning, barchamizning burchimizga aylanishi darkor» .
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimida maxsus himoya va ijtimoiy kafolatlardan ayniqsa mehnat layoqati cheklanganlar foydalanishlari lozim. Ijtimoiy sohadagi qonunchilik nafaqaxo‘rlarni, kasalmandlarni, ishsizlarni, yoshlarni va bolali ayollarni manfaatlarini kuchli himoya qiladi. Ijtimoiy sohalarni mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi tufayli aholining turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldi olindi, shuningdek, respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi. Bugungi kunda aholining tarkibi respublikamizdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatmoqda va bu sohadagi muammolarni o‘tkirlashtirmoqda. Bu esa ijtimoiy masalalarni, jumladan, ijtimoiy yordam, pensiya ta’minoti, maorif va sog‘liqni saqlash jarayonlarini isloh etishning ustivor yo‘nalishlar ekanligini belgilab bermoqda. O‘zbekiston Respublikasidagi bozor islohotlarining o‘ziga xos jihati ularning inson taraqqiyotiga qaratilganligidir. Hozirgi sharoitdagi ta’lim majmuini, kadrlar tayyorlash ko‘p darajali tizimini rivojlantirish, bu borada yangi kontseptsiyani ro‘yobga chiqarish, iqtisodiyotda zarur siljishlarni amalga oshirishga, jumladan, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - insonni taraqqiy qildirish, uning iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlarga doimiy moslashuvini ta’minlashni amalga oshirishga imkon beradi. Mazkur kontseptsiyada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo‘llari taklif etilgan, ta’limda o‘tkazilayotgan islohotlarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish muammolarini hal qilish ham nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda xarajatlarni byudjet korxonalari va tashkilotlari , talabalar va ularning homiylari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va ularni qaytarish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga va iste’dodli yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori 11 asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi. Mazkur dasturni amalga oshirishning zaminida ijtimoiy himoyani kafolatlash masalasini yechish, oliy ta’limni butun choralar bilan takomillashtirish, mazkur tizimni yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talablar asosida qayta qurollantirish vazifasi ko‘ndalang qo‘yilmoqda. Bularning barchasi ta’lim tizimida keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni kuchli bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning muhimlaridan biri - ta’lim sohasini rivojlantirishdirki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qo‘ygan istiqbolli rejalar ta’lim xarajatlari o‘sishini xususiyatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda, lekin ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi mumkin” .
O‘tish davri dastlabki bosqichining moliyaviy oqibatlari ta’lim tizimini rivojlantirishga hali ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Yangi moliyaviy manbalar izlash, mavjud mablag‘lardan unumli foydalanish zaruriyati doimo dolzarb masala bo‘lib qoladi.
Byudjetdan tashqari fondlar umumiy davlat moliyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamizda ayni paytda ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi, nafaqa fondi kabi byudjetdan tashqari maxsus ijtimoiy jamgarmalar mavjud. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasida 20 tadan ortiq ishlab chiqarish bilan bog‘liq byudjetdan tashqari fondlar va jamg‘armalar mavjud. Byudjetdan tashqari fondlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, ijtimoiy muhofaza tadbirlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga muhim omil bo‘ladi. Byudjetdan tashqari fondlar - bu operativ mustaqillik asosida davlat tomonidan ayrim turdagi ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirish va moliyaviy resurslardan foydalanish formasidir. Bajaradigan vazifalariga muvofiq byudjetdan tashqari fondlar iqtisodiy va ijtimoiy boshqarish darajasiga qarab davlat hamda mintaqaviy fondlarga bo‘linadi. Byudjetdan tashqari fondlar yordamida, korxonalar ishlab chiqarish jarayoniga moliyalashtirish, subsediyalash, kreditlash orqali ta’sir etish maxsus yo‘naltirilgan manbalar va jarimalar orqali tabiatni muhofaza etish tadbirlarini belgilash va moliyalashtirish kabi chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari fondlarning faoliyatini tashkil etish-davlat hokimiyat organlari - respublika va mahalliy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi. Byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish ularning bajarilayotgan vazifalariga va faoliyat xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Manbalar va ularning miqdorlari muayyan davrdagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari fondlarni markaziy davlat hokimiyat organlari, shuningdek mahalliy organlar ham tashkil etishlari mumkin. Markazlashgan tartibdagi byudjetdan tashqari fondlar hududlaridagi byudjetdan tashqari fondlarga ma’lum miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirish orqali tashkil etiladi. 13 Mana shu asosda Nafaqa fondi, Bandlik fondi, Ijtimoiy sug‘urta fondi, Yo‘l fondlari tashkil etilgan. Hududlar miqyosida esa o‘zining mahalliy manbalari hisobiga byudjetdan tashqari fondlari tashkil etilishi mumkin. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini qisqacha qilib quyidagi chizmada ko‘rsatib o‘tamiz.
Maqsadli byudjetdan tashqari fondlar tartibga ko‘ra davlat hokimiyat organlari tasarrufida bo‘ladi. Ammo ularning operativ boshqarilishi turli maxsus tuzilgan ma’muriy bo‘g‘inlar tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvchi tizimlar qonunda ko‘rsatilgan muayyan bu fondlardan foydalanish bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Ayni paytda byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag‘larini xarajat qilishi lozim, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ham ta’minlashi zarurdir. Chunki, O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholi turmush farovonligini yaxshilashdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bizning hamma ishlarimizda – bu iqtisodiy siyosatimizni shakllantirish masalasi yoki iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etish bo‘ladimi, ijtimoiy soha tizimida ertangi va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘ladimi – bularning barchasida biz uchun faqat bitta masala eng ustun va hal qiluvchi o‘rinda turadi. U ham bo‘lsa, inson manfaatlarining ustuvorligidir. Xalqimizning turmush darajasi va hayot sifatini izchil va bosqichma-bosqich yuksaltirib borish bo‘yicha bizning asosiy maqsadimiz ham ana shundan iborat» 11 . Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasiga tayangan holda Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari quyidagi shartli ikki yo‘l orqali tashkil etiladi:
1.Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan muhim umumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolarni hal etish uchun ma’lum bir xarajatlarni tashkil etish; 2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasini shaxsiy, maxsus ajratma va badal mablag‘lari hisobidan shakllantirish. Moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari kabi Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy daromad hisoblanadi. Bunday jamg‘armalarning aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi. Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadini shakllantirishning asosiy metodlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar; 2. Davlat byudjeti mablag‘lari va zayomlar. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlarini tashkil etishning asosiy metodi maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar hisoblanadi. Ushbu manbalar hisobidan jamg‘armalar daromadlarining 80-90 foiz va xatto 100 foiz ham shakllanishi mumkin. Davlat byudjeti hisobidan shakllanayotgan mablag‘lar amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotattsiya va subvensiya ko‘rinishida beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga har xil muddat va qiymatda (foizli, foizsiz) bo‘lgan zayomlar ham berilishi mumkin. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bir qator vazifalarni bajaradi. Ularning ko‘lami keng, ammo asosiylari quyidagilardan iborat: Iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash (ekologiya fondlari, ilmiy Bitiruv malakaviy ish va tajribakonstruktorlik ishlari va boshqalar); Har xil maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish.
4. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat byudjetidan ajratilayotgan xarajatlar hisobi
Davlatning ijtimoiy siyosati deganda aholining hayot kechirish darajasini shakllantirish, inson kapitalini qayta yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etish, ularning bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash sohasida davlat tomonidan olib borilayotgan ichki siyosat yo‘nalishi nazarda tutiladi. Fuqarolarning asosiy insoniy huquqlari davlat ijtimoiy siyosati orqali ro‘yobga chiqariladi. Bunda davlat turli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish, moliyalashtirish normalarini belgilash, ijtimoiy-iqtisodiy andozalar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilish kabi vositalardan keng foydalanadi. Respublikamizda ijtimoiy muammolarni hal etish uchun davlat tomonidan kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi taqozo etiladi. Ijtimoiy siyosatning ahamiyati shundaki, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki ba’zi sabablarga ko‘ra ishlab, daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lmagan qatlamlari ijtimoiy himoya qilish tizimi orqali qamrab olinadi. Masalan, mamlakatda kuchli va samarali pensiya tizimining shakllantirilishi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bartaraf qilish imkonini beradi.
Mamlakatimizda mustaqillik qaror topganidan keyingi yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muayyan ishlarning huquqiy poydevori barpo etiladi. “ Har kim qariganda, mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolganida, shuningdek, boquvchisidan judo bo‘lganida hamda qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda 18 ijtimoiy ta’minot olishga haqli” 13 , degan qoidaga muvofiq qonunlarimizda fuqarolarimizni hilma-hil shakldagi ijtimoiy himoyalash kafolatlab qo‘yildi.
“Hozirgi kunda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga byudjetdan tashqari manbalardan mablag‘larning jalb etilishi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati tufayli kelib chiqmagan, balki u umumjahon tajribalariga asoslanadi. Shu munosabat bilan davlat bozor talablari asosida, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish jarayonida mazkur sohaga resurslar qo‘yish mas’uliyatini o‘z zimmasida saqlagan holda, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda sheriklikka intiladi” 14 . Moliyaviy siyosatning asosiy yo‘nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya tizimi sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash va bosh yo‘nalishga ega bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iborat.
Respublikamizda aholining har qanday qatlamini turli shakldagi ijtimoiy himoya bilan ta’minlashda, davlatning ijtimoiy siyosat olib borishida hamda ijtimoiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda doimo muayyan miqdordagi pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish taqozo etiladi. Aholini ijtimoiy himoyalashning samarali tizimi himoyaga bevosita muhtoj fuqarolar toifasigagina emas, balki iqtisodiyotni eng yuqori darajada rivojlantirish, jamiyatning mehnatga yaroqli har bir a’zosining mehnatini rag‘batlantirish , u ishlab pul topishni istaydigan va topa oladigan sharoit yaratishga ham mo‘ljallangan. Ya’ni, barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi-insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Bu vazifalarning ijobiy hal etilishi aynan davlat maqsadli jamg‘armalari rivojiga va taraqqiyotiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatiga ko‘ra aholining mehnatga qobiliyatsiz tabaqalarini, aniq sabablarga ko‘ra mehnat faoliyati yurita olmaydigan, belgilangan miqdordan kam daromad oladigan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning yaxlit tizimi yaratildi, bu esa eng muhim ehtiyojlarni ta’minlashda ijtimoiy yordam yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjeti tarkibidagi maqsadli ijtimoiy jamg‘armalarga O‘zbekiston Respublikasining Pensiya jamg‘armasi va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi kiradi. Ma’lumki, aholining kam ta’minlangan qatlamlaridan biri pensionerlardir. Pensiya ta’minotining ijtimoiy nuqtai nazardan muhimligi uning xozirgi kunda respublikamiz fuqarolarining iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlarni moliyalashtirish va ziddiyatlarni hal qilishda hamda iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda Pensiya jamg‘armasi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko‘zlaydi. Butun islohotlar jarayonida respublikamizda aholining ijtimoiy muhofazasi va uni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarining qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish masalalariga juda katta ahamiyat berildi. Davlat pensiya ta’minotining moliyaviy muammolari esa ko‘p jihatdan Respublikamizning Pensiya fondi taraqqiyotiga bog‘liq. Pensiya tizimi kasallik, keksalik, baxtsiz hodisa tufayli mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy himoyadir.
O‘zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan demokratik jamiyat qurish kabi maqsadli vazifa qo‘yilar ekan, bunda davlatning maqsadli jamg‘armalaridan Pensiya fondining hozirgi faoliyati holatini hamda istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishimiz talab etiladi. Pensiya tizimining asosiy vazifasi inson ehtiyojini hamda uning keksalik chog‘ida himoyalanishga bo‘lgan talabini qondirishdir degan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ish haqi jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun 20 asosiy tirikchilik manbaiga aylanishi bilan ijtimoiy himoyasizlikning alohida turi, ya’ni ish haqidan mahrum bo‘lish tufayli moddiy ta’minlanmaganlik xavfi vujudga keladi. Bu ijtimoiy xavf-xatar ommaviy bo‘ladi, asosan ijtimoiy shartsharoitlar bilan belgilanadigan va alohida kishiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy xarakter kasb etadi. Pensiya ta’minoti tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi: fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash;
mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘-lanadigan ish
haqiga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miq-dordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash; kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmush darajasini yaxshilashdan iborat.
Respublikamizda pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘plashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 444-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq, 2001 yil 1yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi. Byudjetdan tashqari pensiya fondining daromadlari va xarajatlari har yili jamlangan byudjetning tarkibiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Coliq qo‘mitasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasiga yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1-maydagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunida aholining ish bilan ta’minlash sohasidagi 21 davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi” davlat jamg‘armasi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi aholining bandlik davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun tashkil qilingan. Bu jamg‘armani tashkil etish zaruriyati, mamlakatimizda ishsizlarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlikni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda shahar (tuman) Bandlikka ko‘maklashish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatishida mablag‘ bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan. O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatida ham, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ham ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosatini davlat byudjetidan moliyalashtirish dunyodagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangan. Ammo bu tajribalarni ko‘pchiligi O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatining chora-tadbirlariga mos holda takomillashtirilmoqda. Ish bilan bandlikning to‘rt jihatini hisobga olish kerak bo‘ladi: ish bilan bandlik insonning konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi – mehnat huquqi bilan mustahkam bog‘liqligidir; ish bilan bandlik hozirgi kunda mehnat faolligini oshirish, mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ularning oilalarini turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir; har kimning va jamiyat farovonligining negizi bo‘lgan yuqori unumli mehnatni shakllantirilishidir; Mehnat faoliyati insonni o‘zgartirishi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib berishi va ko‘paytirishi hamda shaxsning rivojlanishini rag‘batlantirilishidir. 22 O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojining hamma jabhalarini, shu jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida odimlamokda. Chunki, chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi navbatda, kadrlar potentsialiga, ularning kasb tayyorgarligiga bog‘lik. Bu esa butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.
Mazkur kontseptsiyada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo‘llari taklif etilgan, ta’limda o‘tkazilayotgan islohotlarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish muammolarini hal qilish ham nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda xarajatlarni byudjet korxonalari va tashkilotlari , talabalar va ularning homiylari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va ularni qaytarish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga va iste’dodli yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi. Mazkur dasturni amalga oshirishning zaminida ijtimoiy himoyani kafolatlash masalasini yechish, oliy ta’limni butun choralar bilan takomillashtirish, mazkur tizimni yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talablar asosida qayta qurollantirish vazifasi ko‘ndalang qo‘yilmoqda. Bularning barchasi ta’lim tizimida keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni kuchli bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. O‘zbekistonda yuqori malakali boshqaruv xodimlari, texnika sohasidagi mutaxassislar, ommaviy ishchi kasblarga tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli investitsiya dasturlari moliyalashtirilmoqda. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning muhimlaridan biri - ta’lim sohasini rivojlantirishdirki, O‘zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qo‘ygan istiqbolli rejalar ta’lim xarajatlari o‘sishini xususiyatlaydi. 24 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda, lekin ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi mumkin” 16 . O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojining hamma jabhalarini, shu jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida odimlamokda. Chunki, chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi navbatda, kadrlar salohiyatiga, ularning kasb tayyorgarligiga bog‘lik. Bu esa butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.
Ma’lumki, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tushunchalari birbiridan farq qiladi. Ijtimoiy himoya fuqarolarning nafaqat ijtimoiy ta’minotini, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va bandlik masalalari, sog‘liqni saqlash va atrof-muhim salomatligini ta’minlash, ish haqi to‘lashining minimal kafolatlari va inson hayot va faoliyatini ta’minlaydigan boshqa huquqiy kafolatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ijtimoiy himoya va uning ilmiy talqini mazkur tushunchaga nisbatan yondoshuv va o‘ziga xos ta’limotlarni yuzaga keltirdi. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilishning o‘ziga xos shakl va vositalari tizimlari tarkib topgan bo‘lib, ular o‘zaro qo‘shilgani holda ayrim mamlakatlardagi ijtimoiy himoyalashga oid bo‘lgan o‘ziga xos modellarni tashkil qiladi. Bunday ijtimoiy himoya modellarining o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar doirasini belgilanishidagi, ijtimoiy himoya turlari va shakllaridagi, yordam ko‘rsatishning moliyaviy manbalaridagi va boshqa jihatlaridagi o‘ziga xoslikda ifodalanadi. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida “Beveridje” modeli deb nomlanuvchi ijtimoiy himoyalash tizimi, Titmuss tomonidan “yutuqlar” modeli deb nomlanuvchi ijtimoiy himoya modeli mavjud. Xorijiy sotsiolog olimlarining talqini bo‘yicha ijtimoiy himoya ta’limotlari orasida dunyoda eng keng tarqalgani Esping-Andersen ta’limoti bo‘lib, u ijtimoiy himoyaning 3 ta asosiy modelini taklif etgan: liberal, korporativ va sotsial-demokratik model. AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan liberal model xususiy mulk va nodavlat sektorining ta’siri va bozor munosabatlarining rivojlanishi jarayonlari bilan hamohangdir. Davlatning bozor munosabatlariga ma’muriy-huquqiy ta’sir mexanizmlarining kamaytirilishi, asosan makroiqtisodiyot sektorini boshqarishi va mamlakat yalpi ichki 26 mahsulotini ishlab chiqarishdagi ulushining kamligi bilan xarakterlanadigan mazkur modelda fuqarolarning ijtimoiy himoyasi takomillashgan sug‘urta tizimlari hamda davlatning minimal ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashi orqali amalga oshiriladi. Qoida tariqasida, ijtimoiy sug‘urta hisobidan beriladigan to‘lovlar miqdori unchalik katta bo‘lmaydi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisobiga shakllantirilib, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan transfert to‘lovlar, ya’ni aholining muayyan kam ta’minlangan va ehtiyojmand toifasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nafaqalar va subsidiyalar miqdorlari ham kam bo‘ladi. Moddiy yordam faqatgina manzilli va aniq yo‘naltirilgan tarzda amalga oshiriladi. Korporativ (konservativ) model ijtimoy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun xarakterli. Kontinental Yevropa davlatlari - Avstriya, Germaniya, Italiya, Frantsiyada mazkur model rivojanlangan bo‘lib, bunda: davlatning ijtimoiy sohaga aloqasi va ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablag‘lar miqdori xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy sug‘urta badallari hajmiga teng bo‘ladi, mablag‘larni taqsimlashning asosiy yo‘nalishlari davlat nazorati ostida bo‘ladi. Shu bilan birga davlat fuqarolarga moddiy yordamni ko‘rsatishda nodavlat sug‘urta tizimlariga topshirishga harakat qiladi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar miqdori xodimlarning ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladigan badallari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Sotsial-demokratik modelda aholi ijtimoiy himoyasida davlat yetakchi o‘rinni egallaydi. Bunda davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib aholi daromadlarini mo‘tadillashtirish va umumiy bandlik darajasini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur model asosan Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya va Shveytsariya kabi mamlakatlarda keng rivojlangan. Ijtimoiy sohani moliyalashtirish manbai asosan soliqlar hisobiga qo‘llab-quvvatlanadigan iqtisodiyotning davlat sektori hisoblanadi. Dunyoda ijtimoiy himoyaning rivojlangan va namunali modeli sifatida Shvetsiya tajribasi tan olingan.
XULOSA
Viloyat aholisining turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan
izlanishlar natijasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:
– aholining turmush darajasi zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar va
xizmatlar bilan ta’minlanganlik, ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi;
– aholining turmush darajasini belgilovchi omil aholi daromadlari hisoblanadi.
Mamlakat aholisi daromadlari nominal, real va real foydalaniladigan pirovard
daromadlari shakllanishining sxemalari ishlab chiqilgan;
– jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, natural shakldagi daromadlar rejali iqtisodiy
tizimga xos bo‘lsa, pul shaklidagi daromadlar bozor tizimini tavsiflaydi. Natural
daromadlarning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanmaganligini
ko‘rsatadi;
– daromadlarning turkumlanish xususiyatlarini aniqlashda milliy iqtisodiyot
tarmoqlari bo‘yicha ish haqining turlicha darajada ekanligiga e’tibor berish kerak.
Olib borilgan tahlillar iqtisodiy islohotlar jarayoni va sur’ati turli tarmoqlarda har xil kechganligi tufayli ish haqi miqdorining farqlanishiga olib keldi;
– ishda olib borilgan tahlillar viloyatda aholining pullik daromadlarining ulushi
ortayotganligi, aksincha natural ko‘rinishdagi daromadlar ulushining
kamayotganligini ko‘rsatdi;
– tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra bir-biridan
farqlangani tufayli aholi daromadlari darajasi ham unga mos ravishda turlicha
bo‘lgan;
– O‘zbekistonda aholi daromadlarining farqlanishiga ikkita omil ta’sir
ko‘rsatishi, birinchidan, milliy iqtisodiyotda agrar sohaning muhim rol o‘ynashi,
ikkinchidan, aholi tarkibida ko‘p bolali oilalarning mavjudligi aniqlandi.
Kurs ishda yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalar berildi:
- viloyatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; mehnat qilish sohalarini
kengaytirish; tadbirkorlikni, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini va o‘zini-o‘zi band
etish shakllarini kengaytirish,; jamoa shaklidagi ishlarni tashkil etish, o‘rtacha
daromadlarning doimiy ko‘payishi, kambag‘allikni kamaytirish;
- aholini barcha tabaqalari uchun munosib turmush darajasiga erishishi uchun
barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarpini ta’minlash, shunigdek, aholining turli
qatlamlarini ish bilan ta’minlash, er, kreditlar va boshqa ishlab chiqarish
resuslaridan foydalanish orqali barqaror o‘sish sur’ati imkoniyatlaridan
foydalanishini kafolatlash;
- viloyatda aholi turmush darajasini oshirish borasida inson salohiyatini
rivojlanitirish indeksini yanada oshirish siyosati olib borish;
– amaldagi qonun hujjatlariga tumanlar bo‘yicha ish bilan band bo‘lmagan va
ishga joylashtirishga muhtoj aholi toifalarini aniq belgilaydigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish;
- ijtimoiy farovonlikning integral indeksini hisoblash jarayonida har bir hududning
spetsifikasi, demografik holati, ijtimoiy infratuzilmasinining rivojlanishi va
ularning aholi turmush darajasiga ta’sirini baholash ko‘rsatkichlaridan foydalanish;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldiriladigan
mablag‘lardan unumli foydalanish, aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish
orqali xarid qobiliyati tez o‘sishi ta’minlanishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |