Aholining jinsiy tarkibi nikohga kirish va aholining oilaviy tarkibining shakllanishida asosiy demografik zamindir. Demografiyada jinslar munosabatini aniqlashda ikki xil ko`rsatkich qo`llaniladi. 1. Jami aholi tarkibida jinslar salmog`ifoiz hisobida. Masalan, 2000 yil O`zbekistonda jami aholi 24582,8 ming kishini tashkil etadi. Ulardan erkaklar 12232,7 va ayollar 12350,1. Ushbu ko`rsatkichlar asosida jami aholi tarkibida erkaklar 49,8 foizni, ayollar esa 50,2 foizni tashkil etishini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |