Yoki: - Yoki:
- Sudi yo‘q, ey shah, ajal chopg‘uni etkan zamon,
- Bo‘lsa qilich zulfiqor ot dog‘i duldul sanga (52-bet).
- Yoki:
- Soqiyo, bir jom tutg‘um deb eding vaqti bila,
- Xotirim tuli amal birla to‘la g‘am bo‘ldi tut (71-bet).
- Yoki:
- Kel, ey chobuksuvorimkim, base zoru nazoringman,
- Boshimni ko‘kka etkurkim, yo‘ling uzra g‘uboringman (239-bet).
Ogahiy she’riyatida yorga murojaat, nido juda ko‘p o‘rinlarda qo‘llaniladi. SHoir ma’shuqaga nisbatan yor, husn shohi, gul, mahvash, sho‘x, jono, nigoro, dilbar kabi sifatlashlarni qo‘llaydi. Ogahiy qo‘llagan bu nido usuli shoir g‘oyaviy niyatini ifodalashda qo‘l kelgan. Ollohga murojaatida uning cheksiz-chegarasiz qudrati qalamga olinadi. Gohida esa Tangriga shukronalik, o‘tinch, tavallo etish ohanglari ustuvorlik qiladi. Ba’zan vahdati vujudga oshiqlik tarannum etiladi. SHoir yorga nido qilar ekan, albatta, turli sifatlar orqali majoziy va haqiqiy ishq ifodasi ko‘zga tashlanadi. Ogahiyning ,,Husn shohi”ga murojaatini esa boshqa ijodkorlarda uchramaydigan topilma, ifoda deyish mumkin. Umuman, shoir nido usuli orqali qo‘llagan so‘zda bir va bir necha ma’nolar mujassamlashgan o‘rinlarni uchratamiz. Ogahiy tajohuli orifona san’atidan juda ko‘p o‘rinlarda foydalangan. “Tajohulu-l-orif andin iboratturkim, so‘zlaguvchi bir nimani bilur, ammo bir nukta bila o‘zni bilmagandek ko‘rsatur”. Darhaqiqat, bilib bilmaslikka olish ma’nosini anglatuvchi bu san’at qadimdan she’riyatimizda qo‘llanilib kelingan. Ogahiy bu san’atning go‘zal namunalarini yaratgan. Shunday g‘azallar borki, to‘lig‘icha shu san’at asosida yozilgan. Darhaqiqat, “Ekan oyo” radifli o‘nga yaqin g‘azalni ana shunday she’rlar deyish mumkin. - Ogahiy she’riyatida yorga murojaat, nido juda ko‘p o‘rinlarda qo‘llaniladi. SHoir ma’shuqaga nisbatan yor, husn shohi, gul, mahvash, sho‘x, jono, nigoro, dilbar kabi sifatlashlarni qo‘llaydi. Ogahiy qo‘llagan bu nido usuli shoir g‘oyaviy niyatini ifodalashda qo‘l kelgan. Ollohga murojaatida uning cheksiz-chegarasiz qudrati qalamga olinadi. Gohida esa Tangriga shukronalik, o‘tinch, tavallo etish ohanglari ustuvorlik qiladi. Ba’zan vahdati vujudga oshiqlik tarannum etiladi. SHoir yorga nido qilar ekan, albatta, turli sifatlar orqali majoziy va haqiqiy ishq ifodasi ko‘zga tashlanadi. Ogahiyning ,,Husn shohi”ga murojaatini esa boshqa ijodkorlarda uchramaydigan topilma, ifoda deyish mumkin. Umuman, shoir nido usuli orqali qo‘llagan so‘zda bir va bir necha ma’nolar mujassamlashgan o‘rinlarni uchratamiz. Ogahiy tajohuli orifona san’atidan juda ko‘p o‘rinlarda foydalangan. “Tajohulu-l-orif andin iboratturkim, so‘zlaguvchi bir nimani bilur, ammo bir nukta bila o‘zni bilmagandek ko‘rsatur”. Darhaqiqat, bilib bilmaslikka olish ma’nosini anglatuvchi bu san’at qadimdan she’riyatimizda qo‘llanilib kelingan. Ogahiy bu san’atning go‘zal namunalarini yaratgan. Shunday g‘azallar borki, to‘lig‘icha shu san’at asosida yozilgan. Darhaqiqat, “Ekan oyo” radifli o‘nga yaqin g‘azalni ana shunday she’rlar deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |