Mavzu: Ahamoniylar sulolasi davrida



Download 0,99 Mb.
bet1/4
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#667579
  1   2   3   4
Bog'liq
Azimov Izzatillo Ahamoniylar davrida O\'rta Osiyoda boshqaruv tizimi


Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy universiteti
Tarix fakulteti Arxivshunoslik yo’nalishi

Mavzu: Ahamoniylar sulolasi davrida


O’rta Osiyoda boshqaruv tizimi
O’zbekistonning davlat muassasalari tarixi
fanidan

Mustaqil ish

Bajardi: Azimov Izzatillo


Tekshirdi:Dustchanov Rasuljon

Toshkent-2021


Reja

Kirish………………………………………….……3

1 Ahamoniylar davlatining tashkil topishi va harbiy yurishlari………………………………………..….4

2 Ahamoniylar sulosasining davlat boshqaruvi ti-zimi……………....…..………………………….....7

3 Ahamoniylar davlatining ijtimoiy va iqtsodiy hayoti. Bu davrda O’rta Osiyodagi holat.....…….....9
Xulosa……………………………………….……13

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………...….14

Ilova

Kirish



Mavzuning dolzarbligi: Davlatchiligimiz tarixida muhim iz qoldirga, dunyo-dagi dastlabki yirik imperiyalaran biri hisoblangan Ahamoniylar davlatining bosh-qaruv tizimini o’rganish;
Mavzuning o’rganilish darajasi: Ahamoniylar sulolasini Eronshunos olimlari M.S.Andreyev, V.I.Mesamed, V.S.Rastorguayev, M.N.Bogolyov Ahamoniylar su-lolasi tarixini o’rganishgan.

Mavzuning maqsad va vazifalari: Maqsad ahamoniylar sulolasining davlat boshqaruvini o’rgangan holda zamonaviy davlatchilik tizimini yanada rivojlanti-rishda o’z ifodasini topadi.


1.Ahamoniylar davlatining tashkil topishi va harbiy yurishlari.

Ahamoniylar davlati tashkil topishi hozirgi Eron hududiga to’g’ri keladi. Bu hu-dud janubdan Fors qo’ltig’i, shimoldan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh bo’lgan. Asosiy qismi tog’lik hududlar bo’lgan. Bu hududlarda qadim zamonlardan kassiy-lar va elamiylar yashab kelishgan. Vaqt o’tishi bilan midiyaliklar va forslar ko’chib kelishgan.1


Ahamoniylar davlati- Qadimgi dunyoning eng yirik davlatlaridan biri, tarixdagi ilk imperiya hisoblanadi. (mil.avv 558-330-yillar)
Ahamoniylar sulolasi asoschisi Ahmon deb qaraladi, lekin rasman Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II ( ba’zi manbalarda Kayxusrav ) nhisoblanadi. Mil.avv. VI asrda hozirgi Eron janubida Ahamoniy sulolasiga mansub shohlar <
> (Fors) viloyatida qadimgi fors podsholigiga asos soladilar. Mil.avv. 558-yilda podsho Kir II ( forscha Kurush - <
> deb tarjima qilinadi ) Midiya podshosi Astiagga qarshi urush boshlaydi. Bu kurashda Astiag yengilgan.
Ahamoniylar mil.avv 550-yilda Midiyani, mil.avv 545-539-yillarda Kichik Osi-yoning katta qismini, mil.avv 558-yilda Bobilni, mil.avv 525-yilda Misrni, mil.avv 519-512-yil Frakiya va Makedoniyani hamda Hindistonning shimoliy qismini bo-sib olib , qadimgi sharqning buyuk davlatiga aylanadi. Lekin bazi manbalarda:
Kir II Qadimgi Sharqning barcha mamlakatlari ustidan hokimyatini o’rnatishni rejalashtirgan. Tarixan qisqa muddat ichida , mil.avv 547-546-yillar davomida , Kir II Kichik Osiyo davlatlarini istilo qildi. Geradotning xabarlariga ko’ra, Kir II harbiy yurishlariga <>.
Kichik va Old Osiyoda o’z hokimyatini o’rnatish uchun iqtsodiy boyliklar va harbiy kuchlar zarur bo’lgan, Qurol kuchi bilan yangi mamlakatlarni va turli xalqlarni bo’ysundirish Kirning asosiy maqsadi edi.
Kir II ning O’rta Osiyoni qanday qilib bosib olgani haqida aniq ma’lumot saqlan-magan. Ayrim qisqa ma’lumotlar Ktesiyning <
> asarida mavjud. Qadimgi yunon tarixchisining aytishicha : << Kir va Bqatriyaliklar urushida hech kim g’alaba qozonmadi>>. Biroq baqtriyaliklar Ahamoniylar davlatining harbiy qudrati Sharqda ustunlik qilganidan habardor bo’lib, Kir II ga ihtiyoriy bo’ysundilar. Kir II va Baqtriyaliklar urushi haqida Ksenofont ham o’zining <> asarida qisqa ma’lumot bergan.
Geradot, Kir II ning istilochilik rejalarini tilga olganida, podshoning Baqtriyani istilo qilish maqsadi Bobildan keyin ikkinchi o’rinda turgani haqida xabar beradi. Kir II bobilni mil.avv 539-yilda bosib oladi. Demak 539-yildan keyin Baqtriyaga yurish qilishi kerak edi. Biroq Kir II O’rta Osiyoning iqtsodiy va harbiy qudratig aniq baho berib, O’rta Osiyoning janubiy qismiga o’z e’tiborini mil.avv 545-540- yillarda qaratganini aytgan edi. Demak yuqoridagi fikr not’g’ri edi.
Bobil podsholigi va Misr o’sha zamonlarning eng qudratli davlatlaridan bo’lib, Ularni istilo qilish uchun maxsus tayyorgarlik talab etilgan. Shu sababdan Kir II Misrga yurishdan voz kechgan va bu ishni uning o’g’li Kambiz istilo qildi.
Mil.avv 530-yilda Hind daryosidan O’rtayer dengizigacha bo’lgan hududlarni egallan bo’lsalarda ko’chmanchi qabilalar mustaqil bo’lib yashaganlar.2
Ahamoniylarning eng mashhur hukmdorlari; Kir II (mil.avv. 558-530), Kambiz II (mil.avv. 530-522), Doro I (mil.avv. 522-486) , Kserks I (mil.avv. 486-465) lar bo’lishgan. Faqat shular davridagina bosqinchilik yurishlari amalga oshirilgan.
Miloddan avvalgi 530-yilning avgust oyida Kir II massagetlar ustiga yurish qil-gan. Bu harbiy yurish haqida qadimgi davr mualliflari – Geradot va Trog-Yustin ma’lumotlari saqlangan bo’lib, bu voqealar turlicha tasvirlanadi.
Kir II Araks (Amudaryo) dan kechib o’tib, massagetlar yerlarining ichkarisiga kirib borgan. Yurishlarini bir kunlik yo’ldan so’ng, Eron podshosi ortga qaytgan. Ammo shu joyda, Geradotning xabariga ko’ra, Kir II o’z qo’shinlarining zaif bir qismini hamda ular bilan oziq-ovqat zaxiralarini va ichimliklarni mahsus qoldir-gan. Massagetlarning bir qismi forslarga hujum qilib, ularni qirib tashlaydi. G’ala-badan so’ng massagetlar sharob ichib uxlab qolganlar. Bundan so’ng sobiq jang maydoniga forslarning asosiy qo’shinlari qaytib kelib, massagetlarning bir qismini o’ldirib, qolganini asirlikka olib ketgan. Ular orasida To’marisning o’g’li Sparan-giz ham bo’lgan.
Geradotning xabarlariga ko’ra, To’maris boshchiligidagi Massagetlar Eron qo’-shinlarini butunlay mag’lubiyatga uchratib, barchasini yo’q qildilar. Geradot asari-da aytilishicha, massagetlar yo’lboshchisi To’maris, urush maydonidan Kirning jasadini topib kelishni buyurgan va uning boshini kesib, qon bilan to’la meshga solgan.
Bu hikoyada vatanparvarlik, chet el bosqinchilariga qarshi, mustaqillik uchun kurash, ona yer mudofasi va xalqning jasurligi mavzusi yoritilgan. O’rta Osiyo tarixida yuqorida aytilgan ma’lumotlar nihoyatda qadrli.
Kir II vafotidan so’ng taxtga uning o’g’li Kambiz o’tiradi. Uning hukmdorligi davri, ya’ni miloddan avvalgi 529-523 (ba’zi manbalarda 530-533) O’rta Osiyo haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Kambiz Misrni istilo qilgan Eron podshosidir.
Kambiz vafotidan so’ng mamlakatda katta qo’zg’alonlar boshlangan. Bu haqida Doro I ( miloddan avvalgi 522-486) Behistun yozuvida bunday habar qilgan; << Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg’iyona, Sattagadiya, Saklar mendan ajiralib chiqib ketdilar>>. Ahamoniylarga qarshi, ayniqsa katta qo’zg’alon Marg’iyonada bo’lgan.3
Mil.avv 522-yilda suiqasdchilarning oltitasi tomonidan Doro I Eron podshosi etib e’lon qilinadi va mamlakatdagi mavjud kelishmovchiliklarga barham beradi.
Bobildagi qo’zg’alonga mil.avv 522-yili 13-dekabr kuni Dajla daryosi bo’yida qo’zg’alonchilarga zarba berib Bobilni Ahamoniylarga qaytaradi.
Umuman olganda qisqa muddat ichida ajiralib chiqqan hudular tez orada Ahamo-niylarga qaytarildi.
Miloddan avvalgi 519-512-yillarda Frakiya, Makedoniya, O’rta Osiyoning bir qismi va Hindistonning shimoliy-g’arbiy hudular zabt etilib, ulkan imperiya tashkil topdi.
Ahamoniylarning poytahtlari turli shaharlar bo’lgan. Masalan Kambiz II avval o’z saroyi va saltanatining ma’muriy markazini elamliklarning eski poytahti- Suza etib belgilaydi. Suzadan tashqari Bobil, Ekbatan, Memfis va boshqa ko’plab sha-harlar bor edi.
Mil.avv. 500-yili Kichik Osiyoda joylashgan yunon-shahar davlatlaridan biri bo’lgan Miletda forslarga qarshi xalq qo’zg’loni boshlandi. Bu qo’zg’alonga Ki-chik Osiyoning janubidagi va shimolidagi yunon shaharlari qo’shilishdi. Qo’zg’a-lon rahbari Aristagor mil.avv. 499-yili qit’adagi yunonlardan yordam so’rab muro-jat qildi.
Mil.avv 489-yili fors qo’shini Efes shahri yaqinida jangda yuno qo’shinini mag’-lub qildi.
Mil.avv 494-yil forslar Miletni dengiz va quruqlikdan qamal qilishdi.
Mil.avv. 492-yili fors qo’shini Makedoniya va Frigiyaga bostirib kirdi.
Mil.avv 486-yili Misrga qarshi qo’zg’alonlar avj olgan mahalda Doro I 64 yosh-da vafot etdi. Taxtga uning o’g’li Kserks ( mi.avv. 486-425-yy) chiqdi. U mil.avv 484-yili Misrdagi qo’zg’alonni bostirib, u yerdagi yerlar va Ibodatxonalarni musodara qildi. Uning ham vafotidan keyin ham Ahamoniylar mavqeyi pasaydi.
Artakserks III davrida Eron o’z qudartini nisbatan tiklashga erishdi. Ammo mil.avv 336-yili Artakserks ham o’ldirilib, taxtga Doro III (mi.avv 336-330) chiqqan. So’ngra Eron davlari, yosh Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olindi. Shu tariqa ikki asrdan ko’proq yashagan Ahamoniylar davlati tugatildi.4
Ahamoniy podshohlar hukmronlik davri :


  1. Kir II (mil.avv 558-530)

  2. Kambiz II ( mil.avv 530-522)

  3. Doro I ( mil.avv 522-486)

  4. Kserks I (mil.avv 486-465)

  5. Artakserks (mil.avv 465-424)

  6. Kserks (mil.avv 424)

  7. Sog’dian II (mil.avv 424-423)

  8. Doro II ( mil.avv 423-404)

  9. Artaskerks II (mil.avv 404-358)

  10. Artakserks III (mil.avv 358-338)

  11. Arses (mil.avv 338-336)

  12. Doro III (mil.avv 336-330)

Ahamoniylar davlati kengayib yirik impreyia bo’land davrda:Shimoldan Kaspiy va Qora dengiz, Janubdan Arabiston dengizi va Fors qo’ltig’I, Sharqda Hind da-ryosidan va g’arbda Egey va O’rtayer dengizlari bilan chegaradosh bo’lgan.




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish