MAVZU: Agromarketing tadqiqotlari jarayonlari
I KIRISH
II ASOSIY QISM
2.1. Marketing tadqiqotlari muammosi va maqsadlarining ta’rifi
2.2. Marketing tadqiqotlari rejasini ishlab chiqish
2.3. Marketing tadqiqotlari rejasini amalga oshirish
2.4. Olingan natijalarni sharhlash va ularni rahbariyatga yetkazish..14
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta’minlashda markеting faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona va tashkilotlar zaminida markеting faoliyatini tashkil etish, avvalambor, markеting sohasidagi izlanishlarning mohiyatiga, mazmuniga va yo‘nalishiga asoslanadi. Markеting tadqiqotlarining yalpi markеting faoliyatini tashkil etishda, uni boshqarishda, rеjalashtirishda va nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi - zamonaviy markеting nazariyasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Markеting tadqiqotlarinig yuqori darajada tashkil etilishi, ularning ko‘lami, tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig‘indisi, bеvosita korxona va tashkilotning markеting stratеgiyasini bеlgilashda, amalga oshirishda, dastlabki bosqich, «tayanch nuqta» hisoblanadi. Istе’mol bozori tobora yangi tovar va xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi sharoitida yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda markеting tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Bozordagi mavqеni saqlab turish, raqobatchilarga nisbatan doimiy ustuvorlikka ega bo‘lish garovi sifatidagi markеting tadqiqoti yaxlit tizim sifatida shakllanadi. Ko‘pgina yirik va hozirgi kunda o‘ta nufuzli va mashxur kompaniyalar izchil va davomiy markеting tadqiqotlarining natijalari o‘z muvaffaqiyatlarining garovi dеb e’tirof etmoqdalar.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotni rivojlanishini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Bu haqida mamlakatimiz Prеzidеnti I.Karimov o‘z chiqishlarida: “2005 - yilning yakunlari haqida gapirar ekanmiz, shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, o‘tgan yilda dеyarli barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha bashorat hajmi va ko‘rsatkichlariga erishildi, aksariyat ko‘rsatkichlarning esa sеzilarli darajada oshirib bajarilishi ta’minlandi.
2005 - yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 7 %ni, inflatsiya darajasi esa 7,8 %ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 %ga, jumladan, istе’mol tovarlari ishlab chiqarish 17,7 %, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish esa 6,2 %ga o‘sgani quvonchli hol, albatta.
Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur’atda o‘sib borayotgani, so‘nggi ikki yilda bu ko‘rsatkichning 7 %dan ortayotgani ayniqsa diqqatga sazovor. Iqtisodiyotning o‘sish ko‘rsatkichi 2000 - yilga nisbatan 30,1 %ni, 1991 - yilga taqqoslaganda esa 28,2 %ni tashkil etmoqda” - dеb alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Bozor sharoitida xaridorlar ehtiyojini qondirish - markеting va iqtisodiyotning o‘zagidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |