Mavzu: Agrobiznesda ihtisoslashtirish va joylashtirish


Ixtisoslashuv omillari va tarmoqlar hamkorligining tamoyillari



Download 53,5 Kb.
bet6/6
Sana30.12.2021
Hajmi53,5 Kb.
#86970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу-1

2. Ixtisoslashuv omillari va tarmoqlar hamkorligining tamoyillari.

Qishloq xo’jaligi korxonasini ixtisoslashtirishdan maqsad - daromadni ko’paytirish uchun sharoit yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, chiqimlarni ka­maytirish, mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot si­fatini yahshilashdan iboratdir.

Ko’p tarmoqli xo’jalikdan ishlab chiqarish resurslarining yuqsaq darajada marqazlashgan ixtisoslashgan xo’jalikka o’tishi qishloq xo’jaligi sohasida samaradorlik va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash vazifalari turganda alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtisoslashuv qishloq xo’jaligining barqarorligini ta’minlovchi, ishlab chiqarish­ning yuksak samaradorligida mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytiruvchi, qishloqda ijtimoiy muammolarni hal qilishni ta’minlovchi tashqiliy omil sifatida yuzaga chiqadi.

Mehnat taqsimoti va uning o’ziga hos shakli bo’lgan - ixtisoslashuv ishlab chiqarishning tovar formasi bilan birga paydo bo’lgan. U tovar ishlab chiqarish rivoji, tashqilotlar hamda tovar ishlab chiqaruvchilararo mahsulot va xizmat ayirboshlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.

Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtisoslashuvi murakkab iqtisodiy jarayon sifatida ko’pincha karama-karshi yo’nalishlarda, ya’ni gox tezlashtiruvchi, gox sekinlashtiruvchi ko’pgina omillarning ta’sirida rivojlanadi. Har qanday sharoitda ham u ishlab chiqarishni tashqillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xo’jaliklarda ixtisosla­shuvning tezlashuvi, xususan qishloq xo’jaligi mashinasozligida ilmiy-texnik tarakkiyotga imkon yaratadi. Qishloq xo’jaligini yirik mashinali ishlab chiqarish tarmogiga aylantirish, asosiy texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, tizimga mashinalarni kiritishga imkon beradi.

U yoki bu tarmoqda, masalan g’alla yig’imi, paxta yig’imi va xoqazolarda nisbatan mahsuldor va tor ixtisosdagi ishlab chiqarish texnikasini yaratish tarmoq ixtisoslashuvini ta­lab qiladi. Sermashaqqat mehnat talab qiladigan sohalar­ni mexanizatsiyalash bir operatsiyali mashinalar, shunindek aniq, bir mahsulot uchun bir necha texnologik operatsiyalarni uygunlashtirgan mashinalar majmuasini, namunali binolarni talab qiladi.

Ixtisoslashuv jarayoni tezlashuviga tabiiy sharoitlar (tuproq, iqdim, joy rel’efi) ham ta’sir ko’rsatadi. Bu va shu kabi boshqa omillarni, alohida nazarda tutish lozim. YAxshi yullar va yetarlicha transport vositalarining mavjudligida yuksak tabiiy unumdor joylarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi kontsentratsiyasi keskin kuchayadi.

Yirik industrial markazlarni yaratish, sotuv bozorining mavjudligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining amaldagi baholari ham qishloq xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuvini tezlashtiradi. Ixtisoslashuvga imkon yaratadigan omillarning harakati birgalikda, har bir kor­xonaning ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida o’z vazifasi bo’lishiga olib keladi.

Karama-karshi yunalishda o’z-o’zini ta’minlash, yil da­vomida ishning bir tekis taqsimlanishi, ko’shimcha mahsulotdan foydalanish kabi ixtisoslashuvga to’sik bo’ladigan omillar amal qiladi. Universalligi bilan farqdanadigan ko’p tarmoqli xo’jaligi bo’lgan tumanlarda shunday holatlar mavjud bo’ladi. Ular bir xil nisbatlarda bir xil mahsulotlarga ishlov beradilar, almashlab ekishda bir xillikga egalar, bir xil turdagi jonivorlarni boqadilar. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi turli tarmoklar va ishlab chiqarishda universal ishlab chiqarish kuchlarining yaratilishidan foydalanishga to’sqinlik qilali. Zamonaviy shudgorlash traktori, traktorchiga paxta, kartoshka, ozuqa mahsulotlariga ishlov berish imkonini beradi. Xo’jalikda bir necha tarmoqlarning mavjudligida tuproq unumdorligini oshirishning vositasi sifatida al­mashlab ekish juda muhim ahamiyatga ega. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi bilan bir xo’jalik doirasidagi turli tarmoqlarning o’zaro aloqasi barcha ko’shimcha mahsulotdan foydalanish hisobiga kuchsizlanib boradi. Mehnat taqsimoti darajasiga qarab sohalararo muvozanat bir-birini tuldiruvchi ixtisoslashgan xo’jalik tizimiga yakinlashadi.

Qishloq xo’jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud:

- o’z-o’zini mablag’ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish;


  • xo’jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o’ziga xosliklarini eng yuqori darajada hisobga olish;

  • halq xo’jaligi extiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash;

  • qishloq xo’jaligida mulqlarning mavjud samaradorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish;

- mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mavsumiyligini kamay­tirish;

  • ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa kimmatbaxo mashina hamda jixozlardan samarali foydalanish;

  • mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tash­qil qilish, transport chiqimlarini kamaytirish;

-korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli

xizmatlarga ichki extiyojlarini qondirish;

- mahalliy aholining kasbiy ko’nikmalaridan foyda­lanish.

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi ixtisoslashish xarakteriga ko’ra asosiy, ko’shimcha va yordamchi sohalar (tarmoqlar)ga bo’linadi. Ishlab chiqarishning bu xilda ix­tisoslashuvi yer, mehnat va moddiy resurslaridan unumdi foydalanish va shu asosda ko’proq xilma-xil qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish imkonini beradi.

Asosiy soha deyilganda yalpi va tovar mahsuloti ulushi jixatidan asosiy o’rinni egallab, korxona iqtisodiyotining rivojlanishga salmoqli hissa ko’shadigan soha tushuniladi. O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi asosiy soha paxta yetishtirishdir. Asosiy soha har bir xududning tabi­iy va iqtisodiy sharoitlarini, mamlakatning u yoki bu turdagi mahsulotlarga talabini hisobga olgan holda tashqil etiladi va bu tarmoq ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashadi.

Ko’shimcha soha ham asosiy soha singari tovar maxsulot yetishtirsada, lekin u korxonani rivojlantirishda asosiy rolni uynay olmaydi, faqat asosiy sohani rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradi. Bu sohaga chorvachilik qoramolchilikni kiritish mumkin.



YOrdamchi soha ishlab chiqarish jarayonida asosiy va ko’shimcha sohalarga xizmat qiladigan sohadir. YOrdamchi sohaga ta’mirlash, duradgorlik va boshqa turdagi ustaxonalarni, kurilish materiallari ishlab chiqarish korxonala-rini kiritish mumkin. Lekin yordamchi soha tovar mahsuloti ishlab chiqaradigan soha hisoblanmaydi.

Sohalarning ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rni ularning yalpi daromad xosil qilishdagi ulushi bilan aniqlanadi.
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish