Dasturning maqsadi. Bolalardagi agressiyani korreksiya qilish, ularning tashqi dunyo bilan aloqalarida o’zini-o’zi boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish, ichki affektiv jarayonlar va hissiy adekvatlikni normada saqlashga o’rgatish.
Dastur vazifalari.
Agressivlik darajasini pasaytirish;
Hissiy holatlarni anglashni o’rgatish orqali hissiy tartibga solishni uyg’unlashtirish;
Bolaning o’z ichki holatini va uning atrofidagilarning holatini tahlil eta olish qobiliyatini rivojlantirish;
Xavotirlik darajasini pasaytirish;
Bolalarga muloqotning konstruktiv shakllarini, xulq-atvor reaksiyalarini, xatti-harakatlardagi destruktiv (buzuvchi) elementlardan xalos bo’lish ko’nikmalarini shakllantirish;
G’azab, salbiy hissiy holatlarni ifoda etish va boshqarish usullarini o’rgatish;
O’z-o’zini anglash va o’z-o’zini boshqarishning yetarli darajasini rivojlantirish;
Bolada altruistik xulq-atvor, o’zidagi ijobiy xislatlarni namoyon qilishni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |