II bob. Korreksion pedagogikada agressiv bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar va ushbu bolalarda didaktik usullari
2.1 . Korreksion pedagogikada agressiv bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar
Asosiy ehtiyojlari va huquqlari qo‘pol buzilgan bolar hech qachon boshqalarning huquqlarini hurmat qila olmaydilar hamda odil va g‘amho‘r bo‘la omaydilar. ¥uquqning buzilishi faqat shaxsning azob-uqubatlanishini yuzaga keltirishiga sabab bo‘libgina qolmay, balki ularning ongida siyosiy barqarorlik urug‘larini ekilishiga va qurolli nizolarga sabab bo‘lmoqda. ¥uquq muammolari har bir insonga to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki bevosita tegishlidir.
1 dekabr 1993 yilda 153 mamlakat bola huquqlari haqidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish yo‘li bilan, o‘zlarining bolalar kelajagini muxofaza qilishga tayyor ekanligini namoish etdilar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiya – bu butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolar huquqlari haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya - bola huquqlari haqidagi universal rasmiy Kodeksdir. Konvensiyada bolalar huquqlari to‘rt toifaga ajratib berilgan bo‘lib, ular 54 moddani o‘z ichiga qamrab olgan.
yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huqularni o‘zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy hizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo‘lish kabi adolatli, hayotiy me’yorlarni o‘z ichiga oladi.
rivojlana olish huquqi: bolarning o‘z qobiliyatlarini kengnroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarurdir. Bunga misol qilib, bilim olish, o‘yin, xordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlarini olish mumkin .
bolalar zo‘ravonlik va ekspulatatsiya qilinishdan ximoyalangan bo‘lishlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga ya’ni: qochoq bolalar muammosi, adliya tizimidagi zo‘ravonliklar, bolalarni qurolli nizolarga jalb etish muammolariga, bolalalar mehnatiga; balog‘at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va o‘smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolariga alohida e’tibor bo‘lishi kerak.
Ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bo‘lgan muammolar bo‘yicha jahonshimul yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va o‘z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo‘lish kabi huquqlarni belgilaydi. Bolalar ulg‘ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha paydo bo‘luvchi imkoniyatlarning xammasiga ega bo‘lib borishlari , hamda hayotity muhim yechimlarning mas’uliyatini his qilgan holda ularni o‘z zimmalariga olishga tayyor bo‘lishlari kerak.
Butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha , barcha bolalar , shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. . Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19 moddasiga ko‘ra “ Bola ota-ona yoki har qalday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo‘pol muomilada bo‘lishdan himoyalanishi huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “korreksion pedagogika”, “anomal bolalar ”, “aqlan zaif” kabi va boshqklardan voz kechmoqdalar. XIX asrning 20 yillaridan beri Defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan sifatida o‘rganilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Inson xuquqlari dekloratsiyasi, bolalar konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan xolda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni kamsitmaslik, xaqoratlamaslik uchun masalan, Moskva shahridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti “Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Defektologiya fani ko‘p mamlakatlarda korreksion pedagogika deb yuritilmoqda. Korreksion pedagogika fanining predmeti - anomal bolalar , ya’ani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ( yunoncha anomalos - odatdan tashqari ), norasao degan ma’noni bildiruvchi so‘zi bilan yuritiladi. Xozirgi kunda O‘zbekistonda Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish— bartaraf etish, pedagogika— ta’lim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos suzidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, ba’zilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo‘pol kamchiliklar bo‘lsa, to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish yo‘li bilan ularni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosipsh mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni o‘rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g‘ayri ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday o‘zgarib borishini o‘rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi.
Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi bo‘ldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o‘rganishda chinakam novatorlik ko‘rsatdi.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi.
1920 yilda Rusiyada anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib, 1925 yilda bu institut 2-Moskva davlat universiteti pedagogika fakultetining defektologiya bo‘limiga aylantirildi, 1930 yili V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti qoshida mustaqil defektologiya fakulteti tashkil etildi. Hozir Russiya mamlakatining deyarli barcha jumhuriyatlarida korreksion pedagogika qulliyotlari yoki bo‘limlarida oliy ma’lumotli defektologlar tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘limga 1976 yili surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo‘limida ta’lim berila boshlandi. Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim kunduzgi va sirtqi bo‘limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini urganadigan fan.
2.2.Agrssiv bolalarda korreksion ish mazmuni va didaktik usullari
Korreksion — pedagogik ish deganda ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalaming bilim faoliyati, shaxs xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi va harakat qobiliyatlari kamchiliklarini tugatish, kompensatsiya jarayonlari rivojiga qaratilgan ta’lim va tarbiya vositalari, shakl va metodlari, maxsus pedagogik tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ma’lumki, ko'rish qobiliyati buzilganda bolalar rivojlanishida qator ikkilamchi buzilishlar yuzaga keladi. Bilish jarayonlari (idrok, tasavvur, ko'rgazmali obrazli tafakkur) sustlashadi, jismoniy rivojlanish va harakat fimksiyalari rivojida o'zgarishlar ro'y beradi (tezlik, aniqlik, kordinatsiya, harakat sur’ati, harakat aktlari
o'lchamligi buziladi), ijtimoiy tajriba egallash cheklanadi. Korreksion
— pedagogik ish qoidalarini asoslashda, zamonaviy tiflopedagogika mutaxassislari maxsus yo'naltirilgan o'quv tarbiya ish ta’sirida o'zgarish, korreksiya, kompensator qayta qurilishlarga uchraydigan bolalardagi birlamchi va ikkilamchi buzilishlar, ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishi qonuniyatli nisbati
haqidagi konsepsiyadan kelib chiqadi. Bunda ko'rishda chuqur nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishidagi umumiy qonuniyat va spesifik xususiyatlami hisobga olgan differensatsiyalangan yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Buzilgan funksiyalami kompensatsiyalash va korreksiyalash, anomal bola rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchi rolini o'rganish masalalari bo'yicha dastlabki nazariy qoidalar L.S.Vigotskiy, T.A. Vlasova, M.LZemsova, YU.A.Kulagin, A.L.Litvak, V.I.Lubovskiy, I.K.Marchulis, L.I.Sognuevalar tomonidan ishlangan.
Ma’lumki, ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishi biologik va ijtimoiy omillar birligi bilan shartlangan. Shu sabab, ular rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’siri va ulaming o'zaro munosabatini aniq tasavvur etish lozim. Ko'rish patologiyasi mavjud bolalar rivojlanishi funksiyalar buzilishining klinik shakllari, xarakteri va og‘irligi, eshitish, harakat va ko‘rish analizatorlari saqlanganligi,
ruhiy faoliyat oliy shakllari va umuman shaxsning rivojlanishi darajasi, qaysi yoshda ko‘rish qobiliyati yo‘qotilgan, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlariga bogMiq. Ta’lim va tarbiya bilan bogMiq boMgan bola rivojlanishidagi ijtimoiy omillar rolini ta’kidlaymiz. Bola o‘z hayotini ilk kunlaridanoq uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sirda boMadi, bu muhit bola rivojida muhim shart va manba sanaladi. Ko‘rishida nuqsoni boMgan bolalarda murakkab psixik jarayonlar rivojlanishi korreksion yo‘nalishiga ega boMgan ta’lim va tarbiyaga bogMiq boMib, u kompensatsiya jarayonlari rivoji bilish faoliyati kamchiliklarini tugatish, ko‘rishida nuqsoni boMgan bolalar shaxsi tiklanishidagi potensial imkoniyatlami izlashni ko‘zda tutadi. Korreksion ish mazmuni va didaktik usullar differensatsiyalash, bola yoshiga moslash, o‘quv materialini idrok etish va makonda orientatsiyalanish xususiyatlari asosiga quriladi.
G.M.Dulnev ham korreksiyani yordamchi maktab ta’limining o’ziga xos
xususiyati deb topadi. Uning aytishicha, aqli zaif o’quvchilarning rivojlanishiga
ta’lim-tarbiya jarayonining korreksion ta’siri bolalarda oliy psixik jarayonlar,
mantiqiy fikrlash, mehnat faoliyati, predmat-amaliy faoliyati motiv va
sabablarini shakllantirishga yo’naltirilgandagina samaralidir. Korreksiontarbiyaviy ta’lim ostida aqli zaif bolaning rivijlanishi yuqoridan pastga
tushgandek boradi: murakkab nuqsonlarni to’g’irlashdan boshlanib, (ya’ni
unda keyinroq shakllanadigan psixik jarayon bo’lmish- mantiqiy fikrlashdan G.M.Dulnev bolalar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan mantiqga
asoslangan mashg’ulotlardagina korreksiyani amalga oshirish mumkin deb
ta’kidlaydi.
Korreksion-tarbiyaviy ishda u mehnat ta’limiga katta ahamiyat beradi va
unga bir qator psixologo-didaktik talablarni qo’yadi:
a) Mehnat ta’limining o’quvchilarning ma’naviy shaxsiy sifatlarini
shakllantirishga maqsadli yo’naltirilganligi;
b) Mehnat ta’limi jarayonida aqli zaif o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga
doimiy e’tibor qaratish;
c) Bolalarda ijtimoiy harakterdagi, bolalar tomonidan oson o’zlashtiriluvchi
ishlab chiqarish bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish va
mustahkamlash.
G.M.Dulnev mehnat ta’limida o’quvchilarga differensal yondashuvning
zarurligini ko’rsatadi (ya’ni o’quvchining nuqson tuzilishi, uning
imkoniyatlarining rivojlanish tempini (u yoki bu soha, kasbga oid) hisobga
olish kerak). Shuning uchun yordamchi maktabda korreksion ishlarni amalga
oshirish uchun aqli zaif bolalarning imkoniyatlarini o’rganish va uning faolligini
oshiruvchi ta’lim-tarbiyaning optimal shartlarini hisobga olish zarur26.
Korreksion ish o’quvchilarning ham aqliy, ham estetik tarbiyasini qamrab
oladi. Bu esa ham ta’lim jarayonida, ham ijtimoiy hulq normalarini
shakllantirish, jamiyatda insonlararo munosabatlarni tushuntirish, ularning
mehnatga, Vatanga, o’z majburiyatlariga to’g’ri munosabatlarini
shakllantirishga qaratilgan mehnat jarayonida amalga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi, uning salomatligini mustahakamlash va
harakat sohasini rivojlantirishga qaratilgan davolash-sog’lomlashtirish tizimi
korreksion-tarbiyaviy ishning bir qismi hisoblanadi va jismoniy tarbiya, kun
tartibi, jismoniy mehnat darslarida amalga oshiriladi. Korreksion ish – bu aqli
zaif bolaning psixik jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan alohida ajratib
olingan mashqlar emas, balki yordamchi maktabdagi barcha ta’limiy-tarbiyaviy
ishlar jarayoni davomida amalga oshiriluvchi vositalar tizimidir. Bu vositalar
o’quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish yoki
kamaytirish, hissiy-irodaviy sohasini ham to’g’irlash, psixik rivojlanishni
tezlashtirishga qaratilgan. ,, Korreksion ish’’ tushunchasi ikki holatni o’z
Korreksion ta’sir ikki yo’nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi – shaxsni
rivojlantirishga aloqador barcha savollarga tegishli o’quv materialining alohida
o’ziga xos berilishi: bilimlarni egallash, ko’nikma va xulq-atvorning shakllanishi,
o’quvchilarning mehnatga tayyorlanishi va uni amalga oshirilishi. Bunda
korreksion ta’sir ta’lim-tarbiyaning o’zida amalga oshiriladi va intellektual va
nutqiy yetishmovchilikni bartaraf etish, ijtimoiy nuqsonlarning namoyon
bo’lishini kamaytirish, predmet-amaliy va bilish jarayonlarining o’ziga xos
xususiyatlarini tekislashga yo’naltiriladi. Korreksiya va rivojlanish mos keladi -
o’quvchilarning psixojismoniy o’ziga xosliklarining pasayishi ularning psixik
rivojlanishini tezlashtiradi, shaxs xususiyatlarini shakllantiradi.
Ikkinchi yo’nalish maxsus faoliyatni o’z ichiga oladi: logopedik mashg’ulotlar, psixo-terapevtik ta’sir, sog’lomlashtirish tadbirlari va davolash.
Yordamchi maktab korreksion ta’limining asosiy ko’rsatkichi – bu
o’quvchilarning mustaqilligi va intellektual faolligining o’sishi, maqsad sari
intilishining va mehnat layoqatining ta’lim va faoliyatlarida ortishidir.
Oligofrenopedagogikaning asosiy adabiyot manbalarini tashkil qilish
yordamchi maktabga qo’yiladigan korreksion vazifalarni ko’rsatadi. Ular
o’quvchilarning mehnatga tayyorgarligi va mehnat layoqatini oshirishga; o’quv
va mehnat faoliyati motivlarini kuchaytirishga; yordamchi ta’limning metodik
va tashkiliy shakllarini yaxshilashga, o’quvchilarning bilim imkoniyatlariga mos
ravishda ularning ta’lim va tarbiyasiga optimal shartlarini belgilash uchun
defektolog va shifokorlar urunishlarini koordinnatsiyalashga yo’naltirilgan.
L.S. Vigotskiy organik nuqson bolaning ijtimoiy nonormal xulqiga aylanishi va
bu xulq-atvor uning atrof-muhit va ijtimoiy vositalar bilan o’zaro aloqasida
namoyon bo’lishini ta’kidlab, bolaning nuqsoniga ijtimoiy tus beradi va tarixda
ilk marotaba yordamchi maktab oldiga ijtimoiy kompensatsiya vazifasini
qo’yadi.
Kompensatsiyani organik va psixik ravishda amalga oshirish mumkin.
Psixologiyaga ,,kompensatsiya’’ atamasini ilk bor 1906 –yil G.Anton kiritgan.
O’zining ,,miya kasalligida funksiyalarning almashtirilishi’’ maqolasida ,,psixik
o’zini-o’zi to’g’irlash’’ teoriyasini ilgari suradi.
U buzilgan funksiyalarning o’z-o’zidan tiklanishi bilan, boshqa funksiya faoliyatini kuchaytirish hisobiga almashtirilishini farqlab berdi. Shu tarzda
psixika sohasidagi o’z-o’zini to’g’irlash tushunchasiga keldi.
I.P.Pavlov kompensatsiyaning muhim belgisini alohida ta’kidlaydi. Uning
fikricha, asab tizimining plastikligi uning yuqori darajada o’z-o’zini to’g’irlab,
qayta tiklovchi va mukammallashtiruvchi qiladi. Hech narsa shundayligicha
qolmaydi deb hisoblaydi. Har doim hamma narsaga erishsa, vaziyatni yaxshi
tomonga o’zgartirish mumkin. Faqat kerakli sharoitlarni topa olinsa bo’lgani.
I.P.Pavlov asarlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ayrim g’arb mualliflari
ta’kidlaganlaridek, ko’rsatmali avtomatik usullar natijasida emas, balki tizimli
qayta tiklash ta’limi yordamida kompensatsiya natija berishi mumkin.
Anomal bolalarning nuqsonini kompensatsiyalash masalasida o’ziga xos
rivojlanish jarayonini tushunish talab etiladi. Uning yordamida yangi dinamik
tizimlarni shakllantirish buzilgan yoki rivojlanmay qolgan funksiyalarni qayta
tiklash, ijtimoiy tajribani o’zlashtirish va usullarini shakllantirish, bolalar
shaxsiyatini rivojlantirish mumkin.
Normadan orqada qolishning o’ziga xos xususiyatlari faqatgina nuqson
harakteriga emas, balki nuqson yuzaga kelgan yoshga ham bog’liqdir.
Masalan, aynan bir xil nuqson bolada ham, katta odamda ham yuzaga kelsa,
uning oqibatlari turlicha bo’ladi. Erta yoshdagi nuqson murakkabroq tuzilishga
va buzilgan faoliyatlar sturukturasiga ega bo’ladi. Korreksiya va kompensatsiya
shunga bog’liq.
Anomal bolalar psixik rivojlanishning o’ziga xos yo’lini bosib o’tadi. Maxsus tashkil etilgan ta’lim – tarbiyani egallash bilan funksional tizimlar, ijtimoiy tajribaga ega bo’lishning usul va vositalari shakllanadi. Bolalar organizmi
yuqori darajadagi plastiklikka va qayishuvchanlikka ega, o’z funksiyalarni
rivojlantirish imkoniga ega. Bu imkoniyatlarni baholab, faqatgina funksional
tizimlarni shakllantirishni emas, balki L.S.Vigotskiy aytganidek, yaqin
rivojlanish zonasini inobatga olish kerak. Agar ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa,
markaziy asab tizimining shakllanayotgan funksiyalari kompensator qayta
qurishda muhim ro’l o’ynashi va psixik rivojlanish tempini tezlashtiradi, bilish
jarayonlarini sifatli holatga olib borish mumkin. Boshqa tarafdan olganda, ular
ikkilamchi nuqsonlarning yo’liga to’g’anoq bo’ladi.
Kompensatsiya asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich rivojlanadi. Unga
dinamika xosdir. Unga o’zgarishlar kiritishning muhim faktori – tashkiliy
ta’limdir. Bolaning ta’lim jarayonida rivojlanishi va oliy bilish faoliyatlarining
(sensor komponentlar orqali qabul qilinadigan) shakllanishi orqa planga o’tadi
va tahliliy kuzatuv, umumlashgan idrok, tafakkur, nutq kengroq qo’llaniladi. .
Bu holatda ijobiy o’zgarishlar haqida gapirish mumkin, lekin bu ma’lum
doirada amalga oshadi. Bu chegaralar absolyut emas, ta’lim jarayoni va
rivojlanish shart-sharoitlariga bog’liq.
Korreksiya qilishda maxsus tashkil qilingan ta’lim va tarbiya berish yo’li bilan sezilarli muuvoffaqqiyatlarga erishish mumkin. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, nuqson buzilishini hosil qiluvchi aqli zaiflikning borligi ontogenezda miya boshqaruvida bo’ladi, sog’lom miya tuzilmalariga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. Shuningdek, nuqson tuzilmasiga yangi hosil bo’luvchi funksiyalar ta’sir ko’rsatadi. Bu amaliyot shuni bildiradiki, bolaning bilish jarayonlariga tayanish bilan pedagogik korreksiyani amalga oshirish mumkin ekan.
Uning eng muhim xususiyatlari:
a) Tarbiya qiluvchi funksiyasi. Korreksiya jarayonida tarbiya 2 yo’nalishda
amalga oshiriladi. Birinchisi, rivojlanishdagi shaxsiy orqada qolishni bartaraf
etish texnikasiga oiddir. Bunda ko’p marta takrorlanuvchi amaliy mashqlardan
foydalanadi. Ikkinchi yo’nalish shaxs shakllanishida yangi sifatlarni vujudga
keltirishga qaratilgan.
Bu sifatlar quyidagilar: hayoliy operatsiyalarni rivojlantirish, tafakkur
shakllarini rivojlantirish, analiz-sintez, abstroksiya, umumlashtirish,
klassifikatsiya, tushunish, muhokama qilish va boshqalar.
b) Tizimlilik. Bu alohida tadbirlarning ta’siri davomliligi va o’zaro
aloqadorligida namoyon bo’ladi. Bunda maqsad alohida nuqsonning o’ziga
emas, balki shaxsga to’liqligicha ta’sir ko’rsatishdir. Boladagi rivojlanishning
birorta nuqsoni boshqa nuqsonlar bilan bog’liq emasligini tasavvur qilish qiyin.
Shuning uchun boshqalari bilan aloqasi bo’lmagan hech bir korreksion vosita
kutilgan natijani bermaydi. Bolaga korreksion ta’sir ko’rsatishning uzoq
muddatga mo’ljallangan va butun boshli shaxsiyatga ta’sir ko’rsatadigan tizimi
rejimga qat’iy amal qilish (oilada va maktabda) kabi pedagogik va tibbiy
ta’sirlar birligini o’z ichiga oladi.
c) Korreksion ishni ochiq tizimga aylantirish. Bu bolani maktabga va
maktabdan tashqarida keng ijtimoiy munosabatlarga tortish, maktabdan
tashqaridagi tengdoshlari va o’zidan kattalar bilan mulaqotga kirishish,
bolaning oiladagi o’rnini kengaytirish va ijtimoiy muhitdagi zaruriy xulq-atvor
formalarini o’zlashtirishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |