Mavzu: afrika xalqlarining etnologiyaSI. Reja


Afrikaning o’simlik dunyosi



Download 377,38 Kb.
bet2/5
Sana22.07.2022
Hajmi377,38 Kb.
#839015
1   2   3   4   5
Bog'liq
muinzoda Shohsuvor afrika xalqlari etnalogiyasi

Afrikaning o’simlik dunyosi- juda boy. Kongo sohasida va Gvineya bo’g`ozi sohillarida tropik o’rmonlar o’smoqda. Savanna dashtlarini ham tropik o’rmonlar shimoliy va janubiy, sharqiy tomondan o’rab olgan. Tropik iqlimli joylarda Janubiy Amerikadan keltirilgan kakao, sharqiy sohillarda kokos palmasi, shimolda qimmatbaho probka daraxti, Nil mohasida paxta ekiladi. Afrika asli banan, emishli yams ildizi, eryog`og`i (araxis) va er lobiyasi, xurmo va yag` palmasi, habash noni (teffa), kofe va kauchuk daraxti (landolfiya) vatanidir. Chorvachilikka qulay xashakka boy savanna bo’lda-sa, chorvaning ashaddiy dushmani sese chivini tufayli bu soha sust rivojlangan. Ammo hayvonot dunyosi boy, turli katta-kichik qushlar, fil, karkidon, ohu, gippopatam va boshqa tuyoqli hayvonlar, yo’lbars, arslon kabi katta yirtqichlar, har xil maymunlar, turli kemiruvchi va sudraluvchilar ko’p uchraydi. Qazilma boyliklardan Afrikada olmos, oltin, platina, uran, temir rudasi, mis, alyumin, kobalt, fosforit, neft, ko’mir mavjudligi qit`ani boy xomashyo xazinasiga aylantirgan.
Afrika qit`asining tabiati- rang-barang singari aholining etnik qiyofasi, joylashuvi va zichligi ham turlichadir. So’nggi ma`lumotlarga qaraganda, bu erdagi 500 milliondan ortiq aholining etnik joylashuvi quyidagicha: g`arbda 137 mln., sharqda 130 mln., markaziy qismida 52 mln., janubda 32 mln. kishi yashaydi. Ni vodiysida bir kv.km. hududga 700 kishi to’g`ri kelsa, qit`aning umuman boshqa qismiga o’rtacha 2-10 kishi, Saxara qismiga esa 0,3 kishi to’g`ri keladi. Umuman er kurrasidagi aholi zichligi Afrika qit`asida ikki hissa kam bo’lib, o’rtacha har km2 ga 13-14 kishi to’g`ri keladi.
Afrika aholisi Antropologik jihatdan- uchta yirik irq, o’rta va aralash tiplardan iborat. Qit`aning shimodida Saxaraning janubigacha evropoid irqiga oid qora ko’z, to’lqinsimon qora soch, bug`doy mayiz tanli, o’zunchoq yo’zli bir oz burgutsimon qirra burunli arablar, barbarlar yashaydi. Efiopiya va Somali yarim orolida o’rta irq hisoblangan terisi biroz qoramtirroq, yo’zi kichikroq, labi qalinroq, o’rta yoki novcha bo’yli amxara, galla, tigre va boshqa xalqlar joylashgan. Afrikaning asosiy aholisi hisoblangan ko’psonli asl negroidlar Saxaradan janubda G`arbiy va Markaziy Sudanda, Nilning yuqori qismida, Kongo vohasida, Sharqiy tropik Afrikada va qit`aning janubida katta hududga tarqalgan. Ular qop-qora tani, qora ko’zi va spiral (burama) sochlari, iyagi biroz oldinga cho’zilgan (pragmatizm), qalin labi, keng va puchuq burunli, ko’sa soqol va kamtuyli belgilari bilan ajralib turadilar. Katta negroid irqi ichida o’zun bo’yli (180 sm.ga yaqin) va nihoyatda qora rangli nilotlar tipi Nil daryosi yuqori oqimlarida va Buyuk ko’llar atrofida uchraydi. Kongo vohasining tropik o’rmonlaridagi pakana bo’yli (o’rtacha 141-142 sm.) biroz qoramtirroq tanli, sersoqolli, puchuq burunli, labi kichikroq pigmeylar ham boshqalardan farq qiladi. Jismoniy to’zilishi jihatidan Afrikaning eng janubiy qismida yashayotgan bushmenlar va giottentotlar maxsus antropologik tipni tashkil qiladilar. Ular asli negroid belgilaridan tashqari ba`zi mongoloid belgilari (yaproq yo’zli, sarg`ich tanli) va steatopigiya (sag`riga nisbatan ko’proq yog` to’planib osilganroq) ko’rinishi, badan va yo’zga erta ajin tushishi bilan boshqa irqlardan ajralib turadilar. Madagaskar aholisi ham negroid va mongologid irqlari aralashmasidan paydo bo’lgan m
axsus tiplardan iborat.



Download 377,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish