“Adobe Photoshop 5.0” dasturidan chiqish
“Adobe Photoshop 5.0” dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarning biridan
foydalanish mumkin:
Savollarga quyidagicha javob berishingiz zarur:
ДA - so’nggi kiritilgan o’zgartirishlarni saqlab va “Adobe Photoshop” dasturidan
chiqish uchun.
НЕТ - kiritilgan o’zgartirishlar saqlanmagan holda “Adobe Photoshop” dasturidan
chiqish uchun.
Отмена - “Adobe Photoshop” dasturidan ishlashni davom ettirish uchun.
“Adobe Photoshop” dasturi ishga tushirilgandan so’ng ekranda “Adobe Photoshop” tasvir tahrirlagichi darchasi hosil bo’ladi.
“Adobe Photoshop” darchasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos
elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so’ng menyu satri joylashadi. Menyudagi kerakli buyruqlarni tanlashingiz mumkin.
Quyida asosiy menyu buyruqlari tavsifi keltirilgan.
“Adobe Photoshop” dasturi menyusi 9 banddan iborat. Har bir menyu tarkibida
ochiladigan menyu bandlari mavjudУбрать строки состояния
“Adobe PhotoShop” dasturi darchasi ostidagi ma’lumotlar satrini
o’chirish yoki yoqish.
ПОМОЩЬ menyusi tarkibida “Adobe Photoshop” dasturiga taalluqli barcha
ma’lumotlar joylashgan. Bu menyu tarkibidagi buyruqlar yordamida “Adobe Photoshop” dasturi darchasidagi asboblarni qisqacha nima vazifani bajarishi haqidagi ma’lumotlarni o’qish mumkin.
Asboblar paneli
“Adobe Photoshop” dasturi darchasida turli asboblar joylashgan. Bu panel turli
tugmalardan iborat bo’lib, har bir tugmacha “Adobe Photoshop” dasturining biror buyrug’ini anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bo’lmasa menyu satrining Okno punktida Vkl panel buyrug’ini tanlang.
“Adobe Photoshop” dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmachaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu tugmacha tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanlidan darak beradi.
Yashiringan asbobni faollashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugmacha ustidan
sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kerakli tugmacha ustida kursorni qoldirib sichqonchaning chap tugmachasi qo’yib yuboriladi.
Har bir tugmacha kursor yaqinlashtirilsa kursor belgisi ostida asbobning qanday vazifanibajarishi haqidagi axborot paydo bo’ladi.
Quyida “Adobe Photoshop” dasturida ishlash jarayonida keng qo’llaniladigan
asboblarning qisqacha tavsifi keltirib o’tiladi: