Mavzu: Abu Ali Ibn Sino ijodida oila tarbiyasi Mundarija I. Bob. Abu Ali Ibn Sino asarlarida oila va oilada bola tarbiyasiga oid fikrlari rivojlanishi


Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik asoslari



Download 117,5 Kb.
bet5/7
Sana08.07.2022
Hajmi117,5 Kb.
#758692
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dildora

2.2. Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining pedagogik asoslari.
Ibn Sino o‘zaro munosabatlarda axloqiy tarbiyaning roli katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Unga ko‘ra bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan uning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishdir. Nasihat qilishda suhbatdoshiga nihoyatda hurmat bilan yondashish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik zarur. Bir xil nasihatlarni qaytara berishlik uning ta’sir kuchini yo‘qotadi. Ibn Sino shunday yozadi: "Sening fikrlaring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir.
Shuningdek, Ibn Sinoning "Donishnoma", "Risolai ishq", "Uy xo‘jaligi" kabi qator asarlarida ham ota-ona va farzandlar munosabatlari psixologiyasi va tabobat masalalariga oid qimmatli mulohazalar keltirib o‘tilgan. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, avvalambor, oila a’zolari oldiga qator talablarni qo‘yadi. "Ota-ona, - deb yozadi u,- ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. Agar ular tajribasiz bo‘lsa, o‘z oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Yomon tarbiya ko‘rgan bola nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahalla-ko‘yga ham yomon zarar keltirishi mumkin". Shu sababli ham u oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan qatoiy nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi. Ota-ona davlat boshlig‘imi, yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Ibn Sinoning ushbu fikrlari o‘sha davrda qanchalik ilg‘or va dolzarb bo‘lsa, bugungi kunimizda ham u o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
"Ibn Sino va tadbiri manzil" deb nomlangan asarning "Siyosati mard dar borai farzand-ash", ya’ni "Otaning bola tarbiyasiga munosabati" bo‘limida mutafakkirning ota-ona vazifalarini batafsil yoritganligi bayon etiladi. Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona yollagan shaxs "nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim".
XI asrning buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib o‘zining "Qutadu bilig" – "Saodatga boshlovchi bilim" – kitobida o‘zining oila va oilaviy munosabatlarga oid qarashlarini bayon etadi. Uning fikricha, farzand ko‘rish va unga tarbiya berish har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning maonosi yo‘q. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta masouliyat yuklaydi, uning uddasidan chiqmoq, har bir ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham oilaviy tarbiyani Yusuf Xos Hojib bola axloqiy taraqqiyotining asosi, deb hisoblagan: "Agar bolaning xulqi yomon bo‘lsa, bunda bolaning aybi yo‘q, hamma ayb – otasida". Shuning uchun ham ota-ona, ayniqsa, ota bunga katta etibor bermog‘i lozim.
Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu- umid bilan yashaydi. Lekin bu bilan ish bitmaydi, u shu niyatiga yetishi uchun harakat qilishi, mehnat qilishi, yaxshilik ko‘rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning inson bo‘lib yetishuvida hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy – ma’naviyat rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori qo‘yiladi va mustahkamlanadi.
Yurtboshimiz aytganlaridek, xalqimiz qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatga osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.
Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.
Oilada farzand tarbiyasi u paydo bo‘lmasidan boshlamog‘i zarur. Ya’ni, homilador ayolning kayfiyati doimo ko‘tarinki asablari sokin, iste’mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo‘lmog‘i lozim. O’z vaqtida mehnat qilib, dam olib, sayr qilib, ovqatlanib tug‘ilajak bola taqdirini o‘ylash onaning vazifasidir. Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy muhit, ahillik, xushmuomililak, xursandchilik bolarining bexavotir, sog‘lom turmush garovidir. Bolani u tug‘ilmasdan tarbiyalamoq xususida xalq donishmandlariga amal qilmog‘i zarur. Bir kishi yangi tug‘ilgan chaqoloqnt donishmand oldiga olib keldi: “Taqsir, bolamdan qachondar tarbiya bera boshlay”, -debdi. “bolangizni dunyoga kelganiga necha kun bo‘ldi?”-debdi donishmand. “Ikki oy, taqsir”, -debdi ota. “Attang, siz ancha kech qolibsiz, tarbiyani oansining qornidaligidan boshlashingiz kerak edi”,-debdi donishmand.
Oilada farzand tarbiyasida oilaning har bir a’zosi, ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, uka, aka, amma, xola, tog‘a, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek mas’uldir. Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir tog‘a yetti ota o‘rnidi”, “Mahallang ota-onang” kabi maqollar bejiz aytilmagan. Shuning uchun bola tarbiyasida barchaning talabi, munosabati bir xil bo‘lmog‘i zarur.
Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topgan. Farzandlar oila bag‘rida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Kerak bo‘lsa, mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, tog‘day tayanchidir.
Mahalla-tarbiya o‘chog‘idir. Mahallada o‘sayotgan har bir yigit-qizning ahloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. Shuning uchun ham “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlarning har bir hatti-harakati barchaning deqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulqi-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqul farzand mahalla uchun qora dog‘dir.
Inson bolasi o‘zi tug‘ilib o‘sgan oilasida ilk bor ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Uning ijtimoiylashuvi avvalo o‘z oilasidagi shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshadi. U bilan dastlabki ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi odamlar: uning ota-onasi, aka-opasi va oilasidagi boshqa aozolardir. Bolaning kelajakda shaxs sifatida shakllanib, yetuk inson bo‘lib yetishuvida, hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida uning qanday oilada tarbiyalanganligi, oilada qanday psixologik iqlim hukm surganligi, o‘z ota-onasi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarining qanday tarzda kechganligi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham insoniyat madaniyati tarixining ilk davrlaridanoq shaxslararo munosabatlarning aynan shu turiga, yaoni oiladagi shaxslararo munosabatlarga, ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabatlariga, oilada bolalarning o‘zaro
munosabatlariga alohida eotibor berib kelingan. Bu mavzuning uzoq o‘tmishga ega ekanligini biz deyarli barcha millatlar xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, xalqimizning ming yillik tarixga ega bo‘lgan buyuk dostoni «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», shuningdek, Sharq mamlakatlari xalqlari uchun katta maonaviy manba bo‘lmish hind xalq dostonlari «Maxob’orat», «Ramayana» kabilarda mazkur munosabatlar tizimi yorqin tasvirlangan. Ular ming yillar davomida xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari tarzida avloddan-avlodga uzatilib, kelajak avlodlar maonaviy dunyosi, ruhiy olami, milliy qadriyatlarining shakllanishida munosib o‘rin egallab kelmoqda.
Xalqimizning shunday maonaviy meroslaridan biri bo‘lmish «Shirin bilan Shakar» dostonida ham oila, oilada bola tarbiyasi, bunda ota-ona maosuliyati va burchi, farzandga nisbatan halollik va muhabbat, farzandning ota-onaga hurmati, ota-ona qadrini yuqori tutishi kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan. Doston qahramonlari aka-uka Shirin bilan Shakar obrazi orqali farzandlarning ota-onaga muhabbati, aka-ukaning bir-biriga qon-qarindoshlik munosabati tasvirlangan. Shuningdek, dostonda oilaviy bir janjal asosida ota-bola mojarosi maydonga chiqadi. Shoh Qosimxon xotini Kenjaoyning tuhmatiga ishonib, Shirin bilan Shakarni o‘limga hukm qiladi. Otasidan jabr ko‘rgan Shirin va Shakar undan yuz o‘giradilar. Biroq ular onalarini sadoqat bilan sevadilar, uning farzandlari uchun chekayotgan iztiroblari, ko‘z yoshlariga achinadilar, ona diydorini qo‘msaydilar. Doston xotimasi sharqona anoana va tarbiya qoidalari bilan yakunlanadi. Begunoh farzandlarini hech o‘ylamay-netmay o‘limga hukm qilgan ota jazoga loyiq, albatta. Biroq qadimiy sharqona tarbiya meozonlari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki bu mezonlar mazmunida imon-eotiqod, hurmat, muruvvat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, odamlarni kechirimli bo‘lishga undaydi. Bunday sharqona tarbiya talablariga ko‘ra, ota-piri buzrukvor, qiblagoh, duogo‘y, mo‘otabar zot hisoblanadi. Farzand otaga e’tiqodli, muruvvatli, samimiy itoatgo‘y bo‘lishi lozim. Otaning duoibadi, qarg‘ishi yomon. Bunga «Ota rozi – xudo rozi» qabilidagi maqollarning ko‘plab tilga olinishi ham misol bo‘ladi.
Xalq og‘zaki ijodiyotiga oid deyarli barcha asarlarda ota-onani hurmat qilish, odob bilan ularning xizmatlarini bajarish farzandning vazifasi ekanligi uqtiriladi. Masalan, rivoyatlarning birida, ota-onalarning farzandlariga insonlarni ranjituvchi so‘zlar aytishdan, yomon ishlardan saqlanish lozimligi taokidlangan holda farzandlarning ota-onaga qanday xizmat qilishi kerakligini quyidagi tarzda bayon etiladi: «Bir kishi kechasi uyqudan uyg‘onib o‘g‘lidan «suv ber» deb so‘radi. O’g‘li suv keltirguncha, otasi yana uxlab qolgan edi. O’g‘li «otam balki yana suv so‘rar», deb uxlamasdan otasinig uyg‘onishini kutib tong otguncha o‘tirdi». Bu kabi rivoyatlarning deyarli barchasida farzand o‘z ota-onasini hurmat qilishga, uning olqishlarini olishga daovat etiladi. Insoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalangan farzand ota-onasi qilgan nasihatlariga amal qilgan, ota-onasi hurmatini joyiga qo‘ygan.
Ota-onaning farzandlariga va farzandlarning ota-onasiga mehr-oqibatli bo‘lishlari, ularning ota-onalik va farzandlik burchi, masouliyatini his qilish masalalari xalqimiz milliy qadriyatlarining shakllanishida muhim maonaviy manba bo‘lib xizmat qilganligi shubhasiz. Shariat qonunlarida, islom taolimotida, Qurooni Karim va Hadisi shariflarda oilaviy munosabat qoidalari asosiy o‘rin egallaydi. Zotan, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi, tarbiyalovchi, hamfikr, do‘st, hayotda yo‘lboshlovchi, oilaning moddiy va maonaviy taominotchisi tarzida ulug‘lanadi. Shuning uchun ham Quroon taolimotiga ko‘ra oilada ota-ona eng muqaddas zot.
Quroonda: «Parvardigoringiz, yolg‘iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin, deb (haqlariga duo qil!)» (Isro surasi, 22-24-oyatlar), deya takidlaydi. Bu oyat mazmuniga ko‘ra: Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni bevosita o‘ziga ibodat qilish bilan teng qo‘ygan, ota-onalar keksayib, zaiflashib qolgan hollarda ularga qanday muomala qilish kerakligini uqtiruvchi quyidagi jihatlarga urg‘u berilgan:
• Hech qachon ularga «uf» demaslik.
• Beadablik bilan so‘zini qaytarmaslik.
• Ularga ehtirom bilan xushmuomalada bo‘lish, yaxshi gapirish.
• Ota-ona oldida mehribonlik bilan hokisor bo‘lish.
5. Minnatdorchilik yuzasidan Allohdan ularga rahmu-shafqat so‘rash.
Oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlar hamda qon-qarindoshlik aloqalari kabi masalalar nafaqat diniy, balki boshqa ijtimoiy munosabatlar doirasida ham muhim o‘rin tutgan. Shuningdek, hadislarda oila va oila aozolari, ota va ona, ota-ona va farzandlar, oilaning boshqa aozolari, ayollar va erkaklar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi amaliy muomala tizimi imon talablari asosida bayon etiladi. Hadislarda ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, eozoz, moddiy va maonaviy yordam, ularning amriga bo‘ysunish, ota-ona dunyodan ko‘z yumgach, ularning qarindosh-urug‘lari, do‘stu-birodarlari bilan munosabatlarining iltifotini davom ettirish, vasiyatlariga amal qilish yoshlar ongiga singdirilib kelingan. So‘nggi yillarda bu borada ko‘plab asarlar chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga, yoshlar e’tiboriga havola etilmoqda.
Xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari va diniy manbalarda oilaning muqaddas ekanligi, ota-onaning farzandlari oldidagi, bola va farzandning o‘z ota-onasi oldidagi burchlari kabi masalalar hamda bolalar (qiz va o‘g‘il bolalar) tarbiyasida shariat ko‘rsatmalarining aks etishi ming yillar davomida oila instituti shakllanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.
Sharqning buyuk allomalari bo‘lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abulqosim Firdavsiy, Amir Temur, Sa’di Sheroziy, Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko‘plab mutafakkirlarimiz bu borada o‘zlarining tegishli fikr-mulohazalarini kelajak avlodga meros qilib qoldirgan. Ularning bu mavzuga oid ilmiy merosi bugungi kunda ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, oilada bolalarning shaxslararo munosabatlariga oid qarashlari ta’sirchan obrazlarda ifodalangan hamda ular xalq ruhiyatiga, milliy psixologiyasiga chuqur singib ketgan.
Sharq mutafakkirlari ta’limotlarini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan yagona asos shuki, ular o‘z asarlarida shaxs tarbiyasi va shakllanishida oilaning o‘rniga, ota-ona hamda yaqin kishilarning yetakchi va tarbiyaviy funktsiyasiga alohida e’tibor berganlar. Odamlarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar (halollik, poklik, mardlik, mehribonlik va h.) avvalo oilada tashkil topadi, rivojlanadi va avloddan-avlodga uzatiladi. Umuman, oilaning va oiladagi o‘zaro munosabatlarning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri masalasiga oid qimmatli fikrlar hamda bu boradagi amaliy ko‘rsatmalar Sharq mutafakkirlarining falsafiy-etnik va ijtimoiy psixologik qarashlarida o‘zining munosib aksini topgan.
Abu Nasr Forobiy (870-950) va Abu Rayhon Beruniy (973-1048) larning oilaviy munosabatlar yuzasidan qarashlari alohida e’tiborga loyiq.
Forobiyning inson kamoloti, baxti, ta’lim va tarbiyasi, axloqi va dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan iborat o‘git bo‘lsa, Beruniyning "Mineralogiya", "Hindiston", "O’tgan avlodlar obidalari" kabi asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki kabilarga ta’rif beriladi. Masalan, Beruniy o‘zining "Mineralogiya" asarida bo‘lajak ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyati haqida, onaning homiladorlik paytidan homilasiga e’tiborni kuchaytirish, unga yumshoq munosabatda bo‘lish va shu paytdan e’tiboran uni tarbiyalab borishni uqtirib o‘tadi. Bolani tarbiyalashda ota-ona bir xil talab va maqsad qo‘ymog‘i lozimligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, Beruniy bola tabiat in’om etadigan chiroyga ega bo‘lishi va sog‘lom, baquvvat tug‘ilishi uchun ona qornidayoq zamin tayyorlanishi lozimligi haqida to‘xtalib o‘tadi. Bola qiyofasi, yaoni uning tashqi tuzilishi go‘zal bo‘lishi uchun onani e’zozlab, ranjitmay parvarish qilish zarurligi, bolaning ichki maonaviy go‘zalligiga esa u tug‘ilgandan so‘ng tarbiya orqali erishilishi hamda unda xulq-odobni tarbiyalash uchun zarur muhit va tegishli sharoit yaratish lozimligini aytadi. Beruniy: «Bola xulqini mo‘‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak, bunga esa bolani qattiq g‘azablanish, qo‘rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi», - degan fikrni bildiradi. Bolalarning yoqtirgan narsasini topib berishga va sevmagan narsasini ko‘zidan uzoqlashtirishga doimo tayyor bo‘lib turish kerak. Bu ishning ikki tomonlama foydasini, bir tomondan – bolaning ruhiyatiga foyda qilishi va bora-bora unga xushxulqlik odat bo‘lib qolishini ko‘rsatadi. Aks holda yomon xulq turli mijoz buzilishini keltirib chiqarishini aytib o‘tadi. Masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli ozdiradi, xafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo‘shashtirib mijozni balhamlikka moyil qiladi. Ikkinchidan, xulqning mo‘‘tadilligi natijasida ham nafas, ham badan sog‘lom bo‘ladi. Demak, xulq mo‘‘tadilligi bilan odob-axloq tarbiyasini amalga oshirish va bolalarda yaxshi xulqni tarbiyalash mumkinligi, bu bilan ularda mehr-muhabbat hislari ham shakllanib borishini ta’kidlab o‘tadi. Shu bilan birga oilada ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatining shakllanishi uchun ham ota-ona o‘z xulq-atvori bilan bolalariga namuna bo‘lib, ularning bir-birini hurmat qilishini, bir-birining eng yaqin yordamchilari bo‘lib, farzandlari oldida obro‘ qozonishi kerakligini ta’kidlaydi. Beruniy qarindosh-urug‘chilik munosabatlari to‘g‘risida shunday deb yozadi: "Inson jamiyatda o‘z qarindosh-urug‘lari bilan birgalikda yashashga majburdir, bundan maqsad bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o‘zini, ham boshqalarini ta’minlash uchun zarur ishlarni bajarishdir.



Download 117,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish