Xulosa va tavsilotlar
O’zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo’lishi va uni ta’minlash yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy, madaniy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi novbatda oilada boshlanadi.
Ota-ona farzandlariga go’zal xomiy va nasihatgo’y bo’lishlari lozim. Bunday go’zal momila farzand bilan ota-ona orasidagi mehr muhabbatni yanada kuchaytiradi.
Farzandlarning go’zla odobli-ahloqli, tarbiyali bo’lishlari uchun, avvalo, ota-onalarning o’zlari g’o’zal hislatga ega, o’rnak bo’lishlari shart. Bu uy ahli ya’ni ota-ona, o’g’il va qizlarning birgalikdagi totuvlik bilan yashashlarida muhim omildir.
Fikrimiz yakunida bunday allomalari bor yurt farzandlari isteʼdodi barq urishi, el-yurtga xizmat qiladigan yetuk inson bo‗lib ulgʼayishi muqarrardir. Bugungi kun avlodlari ajdodlarimizga munosib farzand bo`lib yetishishlari va yurtimiz dovrug`ini butun dunyoga tanitishlari lozimdir. Toki biz buyuk daholar avlodi ekanligini unutmasligimiz kerak bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Bu ayniqsa, pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir. Bu masalada biz milliy-madaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz. Chunki o’tmish progressiv tajribalariga, metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda.
Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaritarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda».
Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li, aqli, mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan.
Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va
adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Ulug’ allomalarimizdan Forobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi mumkin. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarini – bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur do’stlarga sadoqatli bo’lish singari
Do'stlaringiz bilan baham: |