UMUMIY XULOSALAR
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan tariximizni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi yurtboshimizning uzoqni ko‘radigan yo‘lboshchi ekanligini namoyon qildi. Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini halqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabaruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarining tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona-yurtimizda kamol topgan allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Milliy tariximizning yorqin yulduzi, noyob fazilatlar sohibi, boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim, mashhur alloma Abu Ali ibn Sino o‘rta asrda yetishgan buyuk donishmand, faylasuf, tabib edi. U o‘zidan oldingi tibbiy merosni o‘zlashtirib, jahon tibbiyotida necha asrlar qo‘llanma bo‘lib kelgan asarlar yaratdi.
Abu Ali ibn Sino o‘z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O‘sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o‘ylab yashadi, o‘z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi.
Har qanday millat ham Ibn Sinodek farzandni tarbiya etgani uchun g‘ururlanishi tabiiy holdir. Chunki bunday insonlar faqat o‘z xalqiga emas, balki umumbashariy sivilizatsiya uchun ham xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi.
Ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim, mashhur alloma Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o‘qib kelingani, dunyo miqyosida «Meditsina», «Sog‘lom turmush tarzi» degan tushunchalarning fundamental asosi bo‘lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq etib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan ta’sir o‘tkazdi, deb aytishga barcha asoslar bor.
Shu ma’noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-extirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig‘ini dunyoning turli mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida e’lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ko‘rish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga ,Litvada Mirzo Ulug‘bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizga, Misr poytaxti Qoxira shahrida esa Axmad Farg‘oniy xotirasiga o‘rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz.
Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy barkamol inson g‘oyalarining pedagogik mohiyatini asoslash maqsadidan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishimizda quyidagi x u l o s a l a r n i taqdim etamiz:
O‘rta asrda yetishgan buyuk donishmand, falsafa, tabobat, falakkiyot, zoologiya, botanika, geologiya, musiqa, psixologiya, axloq, mantiq, tilshunoslik, adabiyot kabi fan sohalariga bag‘ishlab asarlar yozgan buyuk ajdodimiz, sharqning buyuk faylasufi, tabibi, so‘nmas dahosi Abu Ali ibn Sinoning boy ilmiy merosini o‘rganish O‘zbekiston Respublikasida jismonan barkamol insonlarni shakllantirish vazifasini hal etishda eng muhim va dolzarb masala hisoblanadi.
Milliy qadriyatlarga tayanish, Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini o‘rganish va ta’lim jarayonida ularning samarali imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yosh avlodni Abu Ali ibn Sinoning pedagogik g‘oyalari asosida tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘z samaradorligini beradi.
Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy barkamol inson g‘oyalari masalalaridan kundalik hayotimizda foydalanish — davrimiz talablaridandir.
Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy barkamol inson g‘oyalari, uning insonni chiniqtirish, mashq qildirish, badantarbiya, gimnastika bilan shug‘ullanish kabi fikrlari shaxsni har tomonlama tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi.
Abu Ali ibn Sino asarlaridagi jismoniy barkamol inson g‘oyalari farzandlarning jismoniy, aqliy tarbiyasi, baquvvatliligi, chaqqonligi, epchilligi, qisqasi, har tomonlama aqliy-jismoniy rivojlanishida muhim omil sanaladi.
7. Abu ali ibn Sinoning pedagogik g‘oyalariga bag‘ishlangan mavzularda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |