- ... Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod,
- Ko`z ochib bedor bo`l: darkor ilm, darkor ilm!
- Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan
- Nihon, ilm ista, ilm ista, istag’il zinhor ilm!
- Shuningdek, shoir ilm-fanni quruq o`rganib olishnigina targ’ib etmaydi, balki uning xalqqa xizmat qilishini yangi-yangi kashfiyotlar uchun kerakligini nazarda tutadi va buni bolalarga uqtiradi:
- Ilm bizni yeturgay har muroda,
- Bizam ilm o`lsa uchgaymiz havoda
- Olim bo`lsak dunyoda,
- Kelur har ish bunyoda,
- Biz ham suv osti kezib,
- Ham ucharmiz havoda.
- Shoir ilm-fanning quch-qudratini, kishilar ongini o`stirishdagi bag’oyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi:
- ... Olim bo`lsak qancha biz,
- Har bid’atni yanchamiz.
- Jahl otlig’ dushmanni,
- Ko`ksina tig’ sanchamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |