Sulton Ali Mashhadiy, Mavlono Soyimiy, Mavlono Sayfiy, Mavlono Sher Ali, Shayxzoda Puroniy, Mavlono Voysiy, Mavlono Kotibiy va Abdujamil kotib Hirotiy kabi mashhur kotiblarni faxr bilan tilga oladi. Shunisi diqqatga sazovorki, bizgacha yetib kelgan Alisher Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining juda koʻpchiligi qadimiy ilm-fan maskanlari Buxoro va Shahrisabzda kitobat qilingan. Qavomiddin Munirov va Abdulla Nosirov kabi sharqshunoslar tartib bergan “Alisher Navoiy qoʻlyozma asarlari katalogi”(Toshkent, 1970)dagi roʻyxat ana shundan dalolat beradi.
XIV–XIX asrlar Buxoroda sanʼatning barcha turlari keng rivoj topgan davr boʻldi. Bu yerda xattotlik sanʼatining maktabi vujudga keldi. Pirmuhammad Soʻfi Buxoriy (XV asr). Miraz Buxoriy (XV asr), Sulton Muhammad Buxoriy (XV asr), Abdurahmon Barqiy Munshiy (XV asr), Mirali Hiraviy (XVI asr), Said Abdullo Buxoriy (XVI asr), xattotlik nazariyasi toʻgʻrisida kitob yozgan olim va xattot Darvish Muhammad ibn Doʻstmuhammad Buxoriy (XVI asr), Mavlono Inoyatillo kotib (XVII asr), Mirza Abdurahmon (XVIII asr), Fozil Devona (XIX asr), maʼrifatparvar adib va olim Ahmad Donish va boshqalar Movarounnahrning mashhur xushxat xattotlari sifatida Buxoroda qalam surdilar.
koʻchirilgan. Bu nusxa Alisher Navoiy “Xamsa”sining XIX asrda koʻchirilgan nusxalaridan ancha toʻliq va mukammalligi bilan ajralib turadi. “Lison ut-tayr” 1823–1824 yillarda Yormuhammad qori Shahrisabiziy tomonidan nastaʼliq xatida qora siyohda koʻchirilgan. Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharq qoʻlyozmalari markazida Alisher Navoiy asarlarining 500 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari saqlanayotir. Shundan 120 nusxa buxorolik mashhur xattotlar dastxatiga mansub. Jumladan, “Xazoyin ul-maoniy” asarining qirqqa yaqin nusxasi, “Xamsa”ning yigirma yetti nusxasi Buxoroda koʻchirilgan. Bulardan tashqari, “Xamsa”dagi “Hayrat ul-abror” dostoni 1838–1839 yillarda Sayyid Nafas tomonidan koʻchirilgan. “Layli va Majnun” dostoni 1829–1830 yili Muhammad Rajab ibn Abduvali tomonidan, “Sabʼai sayyor” dostoni Muhammad Latif ibn Muhammad Sharif tomonidan XIX asrda Buxoroda alohida kitobat qilingan.
Alisher Navoiy umrining soʻnggi yillarida yozgan “Lison ut-tayr” asarining oʻndan ortiq nusxasi Buxoroda kitob holiga keltirilgan. U “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Xamsat ul-mutaxayyirin”, “Vaqfiya”, “Tarixi muluki Ajam”, “Arbain”, “Risolai muammo” kabi asarlari koʻplab nusxada koʻchirilgan. Xususan, Shahrisabzda “Xazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, “Lison ut-tayr”, “Tarixi muluki Ajam” kabi asarlari xushxat dastxat bilan oqqa koʻchirilgan. Hozir Navoiyning Shahrisabzda koʻchirilgan oʻttizga yaqin noyob nusxalari saqlanmoqda. Masalan, 1874–1875 yillarda mullo Muhammad Sheralibek Shahrisabiziy tomonidan shoirning “Xazoyin ul-maoniy” asari nastaʼliq xatida qora tushda koʻchirilgan. “Xamsa” esa 1833–1834 yillarda Abdulqayum kotib va Muhammad Yunusxoʻja ibn Boboxoʻja Shahrisabiziy tomonidan oqqa ko`chirildi. Oʻrta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv
usullari boʻlgan [mas., sugʻdiy, Oʻrxun-yenisey (qad. turkiy xoqon
yozuvlar) va boshqa]. Qadimiy yozuvlardan boʻlgan kufiy yozuvi
koʻpgina meʼmoriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida,
saqlanib qolgan. Jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari diniy
idorasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni ham ana shu kufiy (qad.
hijoz adabiy yozuvi)da koʻchirilgan. Qurʼon koʻchirishda nasx,
buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo
ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, gʻubor, shajariy, tugʻro va
boshqa yozuv usullari ham boʻlgan.
XV asrdan kitob koʻchirish (fors, eski oʻzbek tillari)da nastaʼliq
xati boʻlgan. Xattotlik Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar
va soʻnggi sulolalar (ashtarxoniylar, mangʻitlar) davrida yuksak
darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida MavlonoShamsuddin
Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashhur boʻlgan. Alisher
Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik sanʼatkorlar (Sultonali
Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va
boshqalar) xattotlikda samarali ijod qilgan. “Xattotlar sultoni”
Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa nastaʼliq xatini
sanʼat darajasiga koʻtargan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin
Shohruh, Boysungʻur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham
xattotlikka homiylik qilish bilan birga oʻzlari bu sanʼat turi bilan
shugʻullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo
“Xatti Boburiy” ixtirochisidir. Kitobat sanʼati bilan bir qatorda
binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda
xattotlik
keng qoʻllanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon xattotlik bilan shaxsan shugʻullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. XVI asr
Movarounnahr Xattotlik maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynshox hayoti va ijodi alohida oʻrin tutadi. Bosmaxona paydo
boʻlguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim
oʻrin tutgan. Bu borada Boysungʻur Mirzo, Alisher Navoiy,
Muhammad Rahimxon II (Feruz) va boshqalarning faoliyatlari
diqqatga sazovor. XX asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qoʻlyozma
kitoblar nusxasini koʻpaytirish bilan shugʻullandilar. Masalan,
Navoiy kutubxonasi (Oʻzbekiston milliy kutubxonasi)da bir guruh
xattotlar ishlagan. 1943-yilda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik
instituti tashkil topgach, malakali xattotlar (Ibodulla Odilov,
Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va
boshqalar) shu yerga toʻplandi: ular koʻhna qoʻlyozmalarni tiklash,
koʻchirish, tavsif varaqalari tuzish bilan shugʻullana boshladilar. XX
asr 80-yillariga kelib kitobat sanʼati bir guruh kishilar tomonidan
qayta tiklandi. Bunda Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov,
Toʻxtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqalarning
xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon
Qurʼonining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa koʻchirib
tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida;
pergamentga koʻchirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom
universitetida), Katta Langar Qurʼonidan (Sankt-Peterburg va
Oʻzbekistondagi nusxalari asosida) teriga koʻchirib nusxa
tayyorlamoqda.
Habibulla Solih 1998-yilda Istanbulda oʻtkazilgan Xalqaro
xattotlar bellashuvida “Devoniy” xat uslubi boʻyicha kuchli
oʻnlikdan oʻrin oldi; 1999-yilda xattotlikda yangi tarz (naqshin bezak
yozuvining alifbosini kashf qilib bu sohada yangilik) yaratgani uchun
Lohurdagi Xalqaro xattotlar bellashuvida “Parvin raqam” (“Sharq
yulduzi”) unvoniga sazovor boʻldi. Abdulaziz Mansurov, Islom
Mamatov, Salimjon Badalboyev, Gʻafurjon Haqberdiyev va boshqa
bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir. Xattotlik hozirgi kunda
Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti,
Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intstitutida oʻrgatiladi.
Xattotlik qadim Sharq san’atining behad kamol topgan turlaridan
biri hisoblanadi. Oʻrta Osiyo xattotlik san’atining esa boy tarixi bor.
XIV–XV asrlarda oʻlkamiz kitobatchiligining ravnaqi beqiyos boʻldi.
Bu davrlarda dunyoda kitob chop etadigan bosmaxonalar yoʻq edi.
Shuning uchun ham, ayniqsa, Sharqda xattotlik san’atiga qiziqish
hamda xattotlarga ehtiyoj nihoyatda katta boʻlgan.
Adabiyot va ilm ahli yaratgan bebaho asarlar kotiblar
mehnatining sharofati bilan bizgacha yetib keldi. Bu qoʻlyozma
asarlar oʻzbek adabiyotshunosligi va tilshunosligi uchun tadqiqot
manbayi boʻlib xizmat qiladi.
Ma’lumki, bunday qoʻlyozma asarlar Movarounnahr va
Xurosonda, ilm-fan rivoj topgan deyarli hamma shaharlarda mashhur
xattotlar tomonidan koʻp nusxada kitobat qilingan”. Z.Hamidovning
“Navoiy xattotlari” nomli maqolasida shunday deyilgan. Unda qayd
etilishicha, qadim Sharq qoʻlyozmalari orasida Mir Alisher Navoiy
asarlari salmoqli oʻrin egallaydi. Navoiy ijodini oʻrganish, asarlarini
oqqa koʻchirish uning oʻz zamonasidayoq boshlangan. Uning asarlari
oʻzi yashab turgan yurtdagina emas, balki bir qancha xorijiy
mamlakatlarda ham dastxat sifatida keng tarqalgan edi. Jumladan,
shoir “Xamsa” ustida ishlaganda uning yozib tugatilgan qismini
mashhur xattot Abdujamil kotib peshma-pesh oqqa koʻchirgandi.
Shoir oʻzining yirik tazkirasi “Majolis un nafois” asarida xattotlik
san’atiga yuqori baho berib, uni puxta egallagan Sulton Ali
Mashhadiy, Mavlono Soyimiy, Mavlono Sayfiy, Mavlono Sher Ali,
Shayxzoda Puroniy, Mavlono Voysiy, Mavlono Kotibiy va
Abdujamil kotib Hirotiy kabi mashhur kotiblarni faxr bilan tilga
oladi. Shunisi diqqatga sazovorki, bizgacha yetib kelgan Alisher
Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining juda koʻpchiligi qadimiy ilm-fan
maskanlari Buxoro va Shahrisabzda kitobat qilingan. Qavomiddin
Munirov va Abdulla Nosirov kabi sharqshunoslar tartib bergan
“Alisher Navoiy qoʻlyozma asarlari katalogi” (Toshkent, 1970)dagi
roʻyxat ana shundan dalolat beradi.
XIV–XIX asrlar Buxoroda san’atning barcha turlari keng rivoj
topgan davr boʻldi. Bu yerda xattotlik san’atining maktabi vujudga
keldi. Pirmuhammad Soʻfi Buxoriy (XV asr), Miraz Buxoriy (XV
asr), Sulton Muhammad Buxoriy (XV asr), Abdurahmon Barqiy
Munshiy (XV asr), Mirali Hiraviy (XVI asr), Said Abdullo Buxoriy
(XVI asr), xattotlik nazariyasi toʻgʻrisida kitob yozgan olim va xattot
Darvish Muhammad ibn Doʻstmuhammad Buxoriy (XVI asr),
Mavlono Inoyatillo kotib (XVII asr), Mirza Abdurahmon (XVIII
asr), Fozil Devona (XIX asr), ma’rifatparvar adib va olim Ahmad
Donish va boshqalar Movarounnahrning mashhur xushxat xattotlari
sifatida Buxoroda qalam surdilar.
Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayhon
Beruniy nomidagi sharq qoʻlyozmalari markazida Alisher Navoiy
asarlarining 500 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari saqlanayotir.
Shundan 120 nusxa buxorolik mashhur xattotlar dastxatiga mansub.
Jumladan, “Xazoyin ul-maoniy” asarining qirqqa yaqin nusxasi,
“Xamsa”ning yigirma yetti nusxasi Buxoroda koʻchirilgan. Bulardan
tashqari, “Xamsa”dagi “Hayrat ul-abror” dostoni 1838–1839-yillarda
Sayyid Nafas tomonidan koʻchirilgan. “Layli va Majnun” dostoni
1829–1830-yili Muhammad Rajab ibn Abduvali tomonidan,
“Sabbayi sayyor” dostoni Muhammad Latif ibn Muhammad Sharif
tomonidan XIX asrda Buxoroda alohida kitobat qilingan. Alisher Navoiy umrining soʻnggi yillarida yozgan “Lison ut-
tayr” asarining oʻndan ortiq nusxasi Buxoroda kitob holiga
keltirilgan. U “Majolis un nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Tarixi anbiyo
va hukamo”, “Xamsat ul-mutaxayyirin”, “Vaqfiya”, “Tarixi muluki
Ajam”, “Arbain”, “Risolai muammo” kabi asarlari koʻplab nusxada
koʻchirilgan.
Xususan, Shahrisabzda “Xazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, “Lison
ut-tayr”, “Tarixi muluki Ajam” kabi asarlari xushxat dastxat bilan
oqqa koʻchirilgan. Hozir Navoiyning Shahrisabzda koʻchirilgan
oʻttizga yaqin noyob nusxalari saqlanmoqda. Masalan, 1874–1875-
yillarda mullo Muhammad Sheralibek Shahrisabiziy tomonidan
shoirning “Xazoyin ul-maoniy” asari nasta’liq xatida qora tushda
koʻchirilgan. “Xamsa” esa 1833–1834-yillarda Abdulqayum kotib va
Muhammad Yunusxoʻja ibn Boboxoʻja Shahrisabiziy tomonidan
oqqa koʻchirilgan. Bu nusxa Alisher Navoiy “Xamsa”sining XIX
asrda koʻchirilgan nusxalaridan ancha toʻliq va mukammalligi bilan
ajralib turadi. “Lison ut tayr” 1823–1824-yillarda Yormuhammad
qori Shahrisabiziy tomonidan nasta’liq xatida qora siyohda
koʻchirilgan.
Toshbosma nusxadagi kitoblar Oʻrta Osiyo xalqlari tarixini
oʻrganishda muhim manba boʻlishi bilan birga ba’zi bir yozma
yodgorliklarning dastlab toshbosmada bosilishi kabi jihatlari
matnshunoslik nuqtayi nazaridan muhim hodisa hisoblanadi.
Oʻzbek matnshunosligi taraqqiyotida bu bosqich oʻziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, toshbosma nusxa
tayyorlash uchun aynan matnshunosning ishini bevosita oʻz vazifasi
bilan aloqador holda kotib, noshir, muharrir kabilar amalga oshirgani
e’tiborlidir.
Oʻrta Osiyo xattotlik san’ati tarixini oʻrgangan xattot A.Murodov
ta’kidlaganidek, Sharqda kotiblik bilan nom chiqargan har bir
shaxsni biz oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi sifatida emas,
balki oʻz zamonasining madaniy hayotida favqulodda katta rol
oʻynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbobi sifatida
taniymiz.
41
Qadimdan kotiblar yuksak mas’uliyatli vazifani bajaruvchi
kishilar hisoblangan. Hatto qadimgi manbalarda ham ular
ulugʻlangan. “Uygʻur yozuvli manbalarda kotiblar
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash kerakki, Sharqning buyuk shoiri Alisher Navoiy asarlarining jahoniy shuhratida buxorolik va shahrisabzlik adabiyot muxlislari – mashhur xattotlarning munosib hissasi bor. Bu qoʻlyozmalar oʻquvchiga rang-barang maʼlumotlar berish bilan birga Navoiy asarlarini mukammal oʻrganishda ijobiy rol oʻynab kelmoqda. Aslida Alisher Navoiy xattotlari mahorati alohida tadqiqot mavzuidir.