Mavzu: 9-sinfda kimyo kechalarini o’tkazish metodikasi



Download 1,2 Mb.
bet1/11
Sana09.12.2021
Hajmi1,2 Mb.
#190414
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-SINFDA KIMYO KECHALARINI O’TKAZISH METODIKASI



MAVZU:9-SINFDA KIMYO KECHALARINI O’TKAZISH METODIKASI
REJA:

  1. 9 -SINFDA KIMYO KECHALARINI TASHKILLASH

  2. 9-SINFDA KIMYO KECHALARINI TASHKILLASHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR


O'rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissotsiatsiya qonuni.

Bu kurs 9 sinfda o'tiladi va uning nazariy platformasi hisoblanadi. Kimyoviy bog'lar qonuniyatlariga  asoslanib u davriylik bilimni rivojlantiradi, moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi. Qanday ta'sir bog'larni uzishga sababchi ekanligi va elektrolitlarning suvli eritmalari xossalarini ham tushuntiradi. Bu mavzuni o'tishda o'quvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi. Darsning maqsadi bu dissotsiatsiya jarayoni sharoiti, mexanizm, elektrolit moddalar haqida tushuncha, eritmadagi ionlar harakati va ular orasidagi reaksiyalarni o'rganishdir. Bu mavzuda elektrolitlarning har xil zaryadli ionlarga parchalanishi misolida uning ichidagi ziddiyat qarama-qarshilik falsafiy kotegoriyalar qaraladi. Tarixiy yondoshish esa dunyoni bilish mumkinligini, modda tabiati tushunchalarining rivojlanishi, kimyoviy reaksiya va kimyoviy element, tabiatdagi xilma xil modda zarrachalari borligini bilishga sabab bo'ladi.O'quvchilarning moddalar, kimyoviy reaksiyalar haqidagi tushun halari chuqurlashib, yangi sifat pog'onasiga ko'tariladi, reaksiyalarning ionli mohiyatini tushunishi esa kimyoviy protsesslarni, yangi bilimlarni o'rganishni boshqacha yo'llarini bilishga majbur qiladi. Bu mavzu oldingi tushunchalarni rivojlantirib, yangi nazariy bazani yaratadi va butun kimyo kursini o'rganishda poydevor bo'ladi. Bu mavzu tarkibi quyidagi muhim modda tushunchalarini: elektrolitlar, eritmadagi ionlar, dissotsiatsiya mohiyati, eritmalardagi ionli reaksiyalarni borishidan boshlanadi. Elektrolitlarning suvdagi holatini 8 sinfda o'rganilgan anorganik birikmalardagi kimyoviy bog'lar haqidagi bilimlar asosida o'zlashtiriladi. Har xil ionlarning ta'sirini esa fizika bilimlariga asoslanadi. Fizikada elektrolitlar haqida ham birlamchi tushunchalar bor edi. Bu mavzu quyidagi sxema orqali bildirilishi mumkin.


Mavzu tuzilishi tartibi. Eng asosiy markaziy masala bu modda haqida, bu holda modda-elektrolit tushuncha bo'ladi. Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyingina dissotsiatsiya hodisasi tushuntiriladi. elektrolitik dissotsiatsiya maxsulotlari tushuntirilgach gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy ekanligi aytiladi. Yangi tushuncha modda eriyotganida eriyotgan modda va erituvchi orasidagi yangi tushunchalar paydo bo'ladi. Bu hodisalar bilib olingach elektrolitlarning suvdagi xossalari o'rganilishi mumkin. Shu material asosida anorganik moddalar sinflari, xossalari tushunchalari o'rganiladi va nazariy asoslanadi. Eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish-qaytarilish misolida kimyoviy reaksiyalar tushuntiriladi. Bunda uch muhim yo'nalish bildiriladi:

1) ionlar bog'lanishi yo'nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi.

2) elektrolit tuzining suv bilan ta'siri (gidroliz) qaytar reaksiyaning o'ziga xos yo'lidir.

3) oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, eritmalarda boradi va tarkibi, hamda ion zaryadlari o'zgarishiga olib keladi, bunda oksidlanish-qaytarilish tushunchasi bilan elektrolitik dissotsiatsiyasi orasida bog'lanish o'rnatiladi.

Elektrolitik dissotsiatsiya qonunlari asosiy yo'nalishlarini o'rganish natijasida hamma materiallar umumlashtiriladi.

Bu mavzuni o'tishda asosiy uslub bu muammoli yondoshishdir. Asosiy masala elektrolitlarning xossalari, ularning eritmada parchalanishida hosil bo'lgan ionlar bilan bog'liqdir. Quyidagi savollarni yechish kerak:

1) Nega elektrolitlar elektr tokini o'tqazadi, elektrolitmaslar o'tqazmaydi?

2) Nega ionli va qutbli birikmalar ionlarga dissotsiyalanadi, kovalentlilar esa yo'q?

3) Dissotsiatsiyaga nima ta'sir etadi - erituvchi yoki elektr toki?

4) Atom va ion orasida farqmavjudmi?

Mavzu o'tishda demonstratsiya va laboratoriya eksperimentlarini ham ko'rsatish kerak. O'qituvchi asosiy mehnati ikki yil davomida molekulyar tenglamalar yozgan o'quvchilarni ionli tenglamada yozishga o'rgatishdir. Shu vaqtda o'quvchilar "oksidlanish darajasi", "ion zaryadi", "valentlik" terminlarini aralashtiradilar, aniq tushunchalarga ega emas, dissotsiatsiya sabablarini notug'ri tushunishlari mumkin. Elektrolitik dissotsiatsiyaning ma'nosini bildirishda kimyoviy bog'lar qonunlari asosida tushuntirish kerak, elektrolit suvning polyar molekulalari bilan ta'sirlanishi hamda elektr o'tqazuvchanlik - elektrolitlarning ionlarga dissotsiatsiyalanishi hisobida ekanligini ham tushuntirish kerak.

O'quvchilarga tushunish jihatidan qiyin bo'lgan mavzu bu tuzlar gidrolizidir. Chunki bu tushunchani yechishda ion almashinish reaksiyasi, reaksiyalar qaytarligi, kimyoviy muvozanat va uni siljitish usullari, elektrolitlar dissotsiatsiya darajasi hamda kuchli va kuchsiz elektrolitlarga asoslanish kerak Gidroliz bu nazariy tushunchadir. Bu mavzu "elektrolitik dissotsiatsiya qonuni" boshlanib keyinchalik boshqa mavzularda, ayniqsa, organik kimyo kursida ko'proq qaraladi. Bu mavzu ham ion reaksiyalar asosida bo'ladi, bu mavzu muammoli o'tqaziladi. O'quvchilar fikricha tuzlar indikator rangini o'zgartirmaydi. Lekin o'qituvchi karbonat natriy eritmasiga fenolftalein tomizganda ishqorga xos rang paydo bo'ladi. Mana shuning o'zi muammoli savol berishga va uni yechishga kirishiladi va quyidagi bosqichli tushuntirish beriladi:

1) tuz formulasi yoziladi va unga tegishli asos, kislota yoziladi ularning kuchli va kuchsiz elektrolitligi ko'rsatiladi:

Na2 CO3



NaOH (kuchli)

H2 CO3 (kuchsiz)

2) tuzning dissotsiatsiya sxemasi keltiriladi

Na2 CO3 = 2 Na+ + CO3 2-

3) suvning dissotsiatsiyasi nisbiy kvadrat qavsda yoziladi

{ H2 O = H+ + OH-- }

4) tuz ionlarning suvga nisbati qaraladi va suv bilan faqat kuchsiz elektrolit ioni reaksiyaga kiradi degan xulosaga kelinadi:

CO2- + HOH = H CO3- + OH -

Va shu tenglama orqali eritmada ishqorli muhit kelishi haqida xulosaga kelinadi. Savollar qo'yiladi va bu hol faqat kuchsiz elektrolit ioni hisobidan ekanligi yana bir marta isbotlanadi. Bu muammo yechilgach, yangi masala tuz to'la parchalanadimi degan savol tug'iladi. Buni isbotlashda reaksiya muvozanatini siljitish nazaridan qaraladi. Oxirida gidroliz bu tuz va suv orasidagi ion almashinish degan xulosaga kelinadi.




Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish