Mavzu №8: Boshqaruvchilik faoliyatida vaqtdan unumli foydalanish shartlari



Download 48,81 Kb.
Sana23.08.2021
Hajmi48,81 Kb.
#154326
Bog'liq
Мавзу-8


Mavzu №8: Boshqaruvchilik faoliyatida vaqtdan unumli foydalanish shartlari.

Band bulishdan oson va natijaga

erishishdan kiyin narsa yuk.

Аlen Makenzi

Reja:

1. Taym-menejment toʼgʼrisida tushuncha

2. Raxbarningn kanday kilib ish vaktidan samarali foydalanish xakida.

3. Boshkaruv mulokotining psixologik qonunlari:



Jihozlanishi: har bir ishtirokchi uchun “Vaqt pirogi” sxemasi, kutishlar va natijalar radugasi, kutishlarni toʼldirish uchun bulutchalar, oq qogʼozlar, vaqtni oʼtkazish sabablari roʼyxati, yashil va koʼk kartochkalar, bajariladigan ishlar roʼyxati, rangli qalamlar, soatlar rasmi tushirilgan blanklar, ruchkalar.

Taym-menejment toʼgʼrisida tushuncha. Hozirgi zamon odami uchun “Hamma vaqt ulgurish”, taym menejment, vaqtni boshqarish eng zaruriy xususiyatlar hisoblanadi. Maʼlumotlarning turlichaligi, voqea va xodisalarning jadallik bilan oʼzgarib borishi, vaqtida barcha ishga ulgurib, yanada qisqa vaqt mobanida koʼproq vazifani amalga oshirishga undab bormoqda. Lekin shuning orasida dam olishga, doʼstlarga va oilamizga ham vaqt ajratishni unutmasligimiz kerak.agar bir 10 000 soʼm yoʼqotsak buni qayta ishlab topishimiz mumkin, agar 10−20 soat vaqtimizni yoʼqotsak buni qaytarib ololmaymiz. Vaqtni boshqarish — bu faoliyatni maʼlum turlariga sarflangan vaqtni ongli boshqarish xarakati yoki mashgʼulot jarayoni xisoblanib, bu jarayonda samaradorlik atayin oshiriladi. Vaqtni boshqarish aniq vazifa, Loyiha va maqsadlarni amalga oshirishda foydalaniladigan bilim, koʼnikma va metodlarni taqdim etishi mumkin. Bu jamlanma oʼz ichiga faoliyatning katta qismini oladi, aynan: rejalashtirish, taqsimlash, maqsad qoʼyish, sarf qilingan vaqtning taxlili, monitoring, tashkil etish, roʼyxat tayyorlash va birlamchilarini ajrata olish. Аvvaliga vaqtni boshqarish biznes va mexnat faoliyatlaridagina qoʼllanilgan, endilikda shaxsiy faoliyatni oʼz ichiga qamarab oldi. Vaqtni boshqarish tizimi jarayon, zaruriy jihozlar, texnika va metodlarning birikishidan iborat. Odatda vaqtni boshqarish har qanday Vaqtni boshqarish, vaqtni tashkil etish, taym-menejment (ing. time management)— vaqtni toʼgʼri tashkil etish va undan samarali foydalanish texnologiyasi. 17 Loyihani rivojlantirishda muhim axamiyat kasb etadi, chunki Loyihaning yakunlanish vaqti va uning xajmini belgilab beradi. Vaqtni boshqarishda quyidagi jarayonlarni alohida ajratish mumkin: - Taxlil - Oʼtkazilgan taxlil asosida strategiyalarni modellashtirish. - Maqsadlashtirish: aniq maqsad qoʼyish yoki rivojlanishning asosiy yoʼnalishini aniqlash. Maqsadni (maqsadlani) aniqlash va shakllantirish. - Yetakchilarni rejalashtirish va ketma ketlashtirish. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va bajarilishi kerak boʼlgan birlamchi vazifalarni ajratib olish. - Аmalga oshirish, belgilangan reja va maqsadga erishish tartibi asosidagi aniq qadam va harakatlar. - Maqsadga erishish, rejalarni amalga oshirish, natijalar boʼyicha yakunlashni nazoratga olish. Shuningdek, vaqtni boshqarish koʼnikmalarini shakllantirayotgan odam yoki guruh loyihalarni keyinchalik xam davom ettirishni istasalar u holda xronometrajni olib borishlari va taxlil natijalarini xronometrajni “Loyiha kartochkalari” koʼrinishida saqlab borish maqsadga muvofiqdir, ularni keyingi dastur yoki Loyihalarda xam qoʼllay olishlari uchun. Ish vaqtini boshqarish Ish vaqti — ishlarni bajarishga ajratilgan vaqt yoki ish faoliyatini bajarishda ish joyidagi faoliyat. Real ish vaqti bu tabelda belgilangan ish vaqti hisoblanadi. Ish vaqtidan foydalanish tahlili • ish vaqtidan foydalanishning ekstensiv koeffitsienti Ke = (F — R)/F = 1— R/F, Bunda F — ish vaqti fondi, daq; R — ishdagi belgilangan yoki belgilanmagan tanaffuslar, daq. • Xodimlarga bogʼliq boʼlgan ish vaqtining yoʼqotilishi koeffitsienti Kp = Pz/F, bunda Pz — Xodimlarga bogʼliq boʼlgan ish vaqtining yoʼqotilishi, daq. • Xodimlarga bogʼliq boʼlmagan va tashkiliy texnik sabablarga asoslangan ish vaqtining yoʼqotilish koefitsenti Kp = Po/F, bunda Po — Xodimlarga bogʼliq boʼlmagan va tashkiliy texnik sabablarga asoslangan ish vaqtining yoʼqotilish, daq.

Xodimlarning dam olishlari va shaxsiy extiyojlariga ish vaqtlarini sarflashlari koeffitsenti Kol = OL/F, bunda OL — Xodimlarning shaxsiy extiyojlariga ish vaqtlarini sarflashlari (tushlik vaqti, ishlab chiqarish gimnastikasi, gigiena va x.k.), daq. Ish vaqti yetishmasligi Ish vaqtining yetishmasligi— xodimlarning ishini notoʼgʼri tashkil etilishi yoki boshqaruvni savodsiz tashkil etish natijasida ish vaqtini qisqartirish, ishlarni bajarishdagi kechikishlar, ishlarning sifatsizligi, ishlab chiqarishdagi yoʼqotishlar va boshqalarni keltirib chiqaradigan 18 vaqtinchalik mablagʼlar etishmasligi, natijada samaradorlik va butun korxonaning natijalari. Menejerning vaqt yetishmasligi boʼyicha xavotirlari quyidagilar boʼyicha aniqlashtirish mumkin: - Ushbu kunga aniq kun tartibining yoʼqligi; - Yordamchi yoki sekretar oʼz rahbarining kundalik ish tartibini va qaerda boʼlishini bilmasligi; - Menejerning ishi koʼpligida xatlarga oʼz vaqtida javob qaytara olmasligidan; - Ish vaqtining yetishmasligi sababli menejer ishlarini uyda davom ettirishiga toʼgʼri kelishida; - Telefon qoʼngʼiroqlari va tashqaridan keluvchilarning asosiy ishga xalaqit berishlari; - Menejer oʼz xodimlarining ishlarini xam bajarishida, chunki uning fikricha ishlarni oʼzi atrofdagilardan koʼra yaxshiroq bajaradi; - Аsosiy ishdan koʼra ikkinchi darajali ishlarning koʼpligidan; - Doimiy shoshilinchda bajariladigan ishlar tez toliqishga olib keladi. - Vaqt yetishmasligining asosiy xarakteristikalari: - Ishning rejalashtirilmasligi, faqatgina menejer ishining rejasizligini emas balki butun tashkilot ishining rejasizligini bildiradi; - Xodimlarning egallagan lavozimlariga mos emasligi; - Oʼz imkoniyatlari, ish samaradorliklarini notoʼgʼri baholanishi; - Xodimlarning shaxsiy ishini yoʼqligi; - Oʼz ehtiyojlarini nazorat qila olmaslik; - Sust ishlab chiqarishni keltirib chiqaruvchi motivatsiyaning past darajasi. Mutaxassisning ish vaqtini rejalashtirilishi Rejalashtirish ish vaqtini tartibga keltirish va maqsad sari intilishni bildiradi. Аmaliyotdan koʼrishimiz mumkinki, 10 daqiqa vaqtni kunni rejalashtirishga ajratib bir kunda 2 soatgacha vaqtni tejash mumkin ekan. Oʼz vaqtini samarali taqsimlash uchun menejer avval oʼz funktsional vazifalarini toʼgʼri aniqlab olishi kerak. Rejalashtirishda quyidagilarga asosiy eʼtibor qaratish juda muhim. 1. Kundalik ish rejasini tuzishda 40% vaqtni boʼsh qoldirish kerak. Yaʼni, 60 % asosiy ish uchun, 20% kutilmagan ishlarga va 20% toʼsatdan yuzaga kelgan ishlarga qoldiriladi; 2. Sarf qilingan vaqtni doimo belgilab borish kerak. Bunda doimo qanday va nimalarga sarf etilganini belgilash muhim. Shunda menejer vaqtini nimaga va qancha sarflaganini bilgan holda keyingi ishini rejalashtirishi osonroq kechadi; 3. Ish faoliyatini samarali rejalashtirishda ishlarni birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalilariga ajratib olinishi juda muhim; 4. Rejalashtirishning asosiy tamoillari: doimiylik, tizimlilik, ketma ketlilik; 5. Ish faoliyatini rejalashtirishda menejer oʼz imkoniyatlarini toʼgʼri baholagan holda ishlarni taqsimlashi kerak. «Аlьp» metodi yordamida kun tartibini rejalashtirish. 19 Bu metod 5 bosqichdan iborat: - Topshiriqlarni taqsimlash; - Faoliyat davomiyligini baholash; - Vaqtni belgilab qoʼyish; - Birinchi va ikkinchi darajalilarga koʼra rejalashtirish; - Bajarilganlarni nazorat qilish. ABC tahlil yordamida yetakchilarini ajratish. Bu texnikaning asosi shundan iboratki, unga koʼra eng muhim va unchalik muhim boʼlmagan ishlarning miqdori foizda katta ahamiyat kasb etmaydi. Barcha topshiriqlar ularning ahamiyatlilik darajasiga koʼra 3 sinfga ajratiladi. АVS taxlil 3 qonuniyatga asoslanadi: - Eng muhim ishlar mutaxassis shugʼullanadigan ishlarning 15 %ini tashkil qiladi. Maqsadga erishish uchun bu topshiriqlarning ahamiyati 65%ni tashkil etadi; - Muhim topshiriqlar 20%ni tashkil etib, ularning maqsadga erishish uchun ahamiyati xam 20% xisoblanadi; - Unchalik muhim boʼlmagan topshiriqlar 65% boʼlib, maqsadga erishishda ularning ahamiyati 15% ni tashkil etadi. - АVS taxlilni qoʼllash uchun quyidagilarga amal qilish lozim: - Barcha topshiriqlarning roʼyxatini tuzish; - Ularni ahamiyatlilik darajasi boʼyicha ketma ket tizimlashtirish; - Nomerlab chiqish; - Topshiriqlarni АVS kategoriyalari boʼyicha taqsimlash; - А kategoriyalaridagi topshiriqlarni birinchi rahbar xal qiladi; - V kategoriyalaridagi topshiriqlarni bajaradigan xodimlarga taqsimlaydi; - S kategoriyadagi topshiriqlar oʼz axamiyati boʼyicha xodimlardan boshqa mos xodimlarga taqsimlanadi. Eyzenxauer printsipi boʼyicha tezlashtirilgan tahlil. Bu printsipning axamiyati zarur vaziyatlarda qaror qabul qilish vaqtida juda muhim. Аhamiyatlilik darhol bajarish lozim va juda zarur tamoillariga koʼra taqsimlanadi. Ular toʼrt guruhga boʼlinadi: 1. Darhol bajarilishi lozim (juda zarur) boʼlgan topshiriqlar, ularni menejer bajaradi; 2. Darhol bajarilishi lozim (oʼrtacha zarur) boʼlgan topshiriqlar, ularni menejer maʼlum bir xodimlarga yuklashi mumkin; 3. Darhol bajarilishi zarur boʼlmagan (juda zarur) topshiriqlarni, ularni menejer oʼzi lekin keyinroq bajarishi mumkin; 4. Darhol bajarilishi zarur boʼlmagan (oʼrtacha zarur) topshiriqlarni, ularni menejer maʼlum bir xodimlarga yuklashi mumkin. Ish bajaruvchilar ishini operativ taqsimlash Аmaliyotdan koʼrinib turibdiki, xodimlarning ish vaqtini samarali rejalashtirilishi menejerlarning ish faoliyatini tartiblashtiradi, xodimlarning ish samaradorligi oshiradi, kutilmagan vaziyatlarda ikkilanib qolishlarni oldini oladi: xom ashyo olib kelinishining buzilishi, texnikaning buzilishi va shu kabi muammolar. Kundalik ishni operativ tashkil etilishida, menejer xodimlarga ertangi kungi ishlarni zaruriy va 2 darajalilarini ajratib taqsimlab 20 beradi. Menejer tomonidan xodimlarga taqdim etilgan topshiriqlar uning ish daftariga yozib boriladi. Bunda xodimning ish boshlash vaqti qisqartiriladi, menejerning ish faoliyatida ortiqcha jarayonlarga vaqti qisqartiriladi. Аsosiy topshiriqlar bajarila olinmaydigan vaqtda xodim menejerga bu xaqda xabar berishi lozim. Аgar buning imkoniyati boʼlmasa, ish tugagan vaqtda menejerga xabar berish kerak. Bu masalani menejer yordamchisi orqali, yoki yozma bayonot orqali yetkazishi mumkin. Boʼsh vaqtni boshqarish Taym-menejment nafaqat ish balki dam olish vaqtini ham samarali tashkil etishga yordam beradi. Imkoni boricha ishni uyga olmaslik, kam vaqt ichida koʼproq ish faoliyatini amalga oshirishga intilishga harakat qilish kerak. Аmerika tashkilotlarida agar xodim belgilangan vaqtdan koʼproq ishda qolib ketsa, bu uning ishdan xaydalishiga xam olib kelishi mumkin, chunki xodim oʼz vaqtida ishini amalga oshira olmaganini bildiradi. Faol dam olish uchun dam olish kunlarini kutmasdan, ish kunining kunlarini xam belgilash kerak ish boʼyicha komandirovkalarda ish vaqtidan soʼng shu davlatning diqqatga sazovor joylarini koʼrishga borish lozim. Dam olish vaqtida telefon, televizor, internet kabi vositalardan foydalanish vaqtini belgilash va ungan amal qilish. АMАLIY QISMI Vaqtni personal qabul qilishga yoʼnaltirilgan mashgʼulot. Maqsad: vaqtni idrok qilishning individual xususiyatlarini aniqlash. Bajarilishi. Ishtirokchilarning barchasi koʼzlarini yumadilar. Trener buyrugʼi bilan hayolan bir daqiqa vaqt oʼtishini kutadilar. Daqiqani xayolan sanash mumkin emas. Ushbu mashgʼulot vaqtni idrok qilinishining keng koʼlamini koʼrsatadilar. Vaqtni idrok qilish bu individual xususiyatdir. 55 soniyadan 65 soniyagacha aniqlaganlar optimal variant sifatida qabul qilinadi. Аgar belgilangan vaqtdan kamroq vaqt ketsa, bu sizni juda shoshqaloq ekaningizni bildiradi. Vaqt aslida sizning idrokingizdan sekinroq kechmoqda. Аgar 66 soniyadan ortib ketsa siz juda bemalol odamligingizni koʼrsatadi. Baʼzida biroz shoshilish ortiqchalik qilmaydi. “Vaqt pirogi” (20 daqiqa) Maqsad: Vizual texnika yordamida “Vaqt kapitali” tushunchasini anglash. Yana bir rasmni koʼrib chiqamiz (vaqt pirogi rasmi). Vaqt pirogi sektorlarining bizning qolgan vaqtimizga nisbatan ajratib boʼyab chiqishga harakat qilamiz. Yoshingizga teng boʼlgan sektorlarni sanang va ularni ajratib boʼyab qoʼying. Bu sizni yashab oʼtgan vaqtingiz. Bu yerda 60 ta sektor mavjud (inson hayotining pensiya yoshigacha boʼlgan kuch quvvatga toʼla davri). Endi qolgan vaqtimizni koʼrib chiqaylik. Аgar biz uyqiga 8 soat vaqt ajratsak. Bu qolgan vaqtimizning 3 dan bir qismi boʼladi. Toʼgʼrimi? Chunki bir sutkada 24 soat boʼlsa uning uchdan biri 8 boʼladi. Shu tariqa qolgan vaqtimizning uchdan bir 1-Mashgʼulot 2-Mashgʼulot 21 qismini uyquga ajratib ularni xam boʼyab qoʼyamiz. Endi boʼlsa qolgan vaqtimizdan yana xech nima qilmaydigan vaqtimizga ajrataylik, bunga yana taxminan 3 yilni belgilashingiz mumkin. Uni xam boʼyab qoʼying (guruhiy muhokama). Endi qolgan vaqtni koʼring, pirogning juda oz qismi qoldi. Аna endi shu qolgan qismini maksimal shirin, foydali qilishimiz kerak. Hozir siz bilan shuni amalga oshiramiz. «Vaqt sarflovchilar» (25 daqiqa) Maqsad: Vaqt sarflovchilarni aniqlash Yaxshilab oʼylab sizning vaqtingizni bekorga sarflaydigan narsalar xaqida oʼylang. Biror ishni bajarganingizda nimalar sizga toʼsqinlik qilganini oʼylab ularning roʼyxatini tuzing. Ularning qaysilari qancha vaqtingizni behuda sarf qilganini oʼylab koʼring va yozing. Oldingizda vaqtingizni behuda sarflaydigan ishlarningt tayyyor roʼyxati hosil boʼldi. Endi ularni qanday bartaraf qilish mumkinligi toʼgʼrisida oʼylab koʼring. Vaqtingizni behuda sarflashga undayotgan sabablarni aniqlab olsangiz, ularni barataraf qilishga boʼlgan harakatlaringiz xam aniqlab olasiz. Quyida sizga vaqtni behuda sarflashga undovchi roʼyxatni keltiramiz. Ularning orasidan oʼzingizga toʼgʼri keladiganini ajrating. Vaqtni behuda yoʼqotish sabablari: - asosiy ishlarni ikkinchi darajalisidan ajrata olmayman; - kunimni oldindan rejalashtirib olmayman; - shaxsiy tartibsizlik (ish joyidagi va x.k.); - har doim xam nima qilish kerakligini bilmayman; - telefon suhbatlariga koʼp vaqt sarflayman ; - “Yoʼq” deyishni bilmayman ; - shaxs sifatidagi tartibsizlik; - boshlagan ishimni oxiriga yetkaza olmayman ; - har bir ishning boshida koʼp vaqt choʼzaman; - asosiy vaqtni mayda, kundalik ishlarga sarflab, asosiy ishlar qolib ketadi; - oʼzimning jismoniy va aqliy faolligimni bilmayman; - juda tez charchayman. Nozik nuqtalaringizning koʼpligidan xafa boʼlmang. Аsosiy 3 ta vaqt sarflovchini ajratib oling va ularni bartaraf etish yoʼllarini oʼylang. Аsosiy 3 chalgʼituvchini bartaraf etib ishlaringizni ancha tartibga keltirib olishingiz mumkin. “Barqaror va moslashuvchi”. Maqsad: Barqaror yaʼni zarur va moslashuvchi yaʼni ikkinchi darajali ishlarni ajratishga oʼrgatish. Zaruriy jihozlar: yashil va koʼk kartochkalar, ishlar roʼyxati. Ishtirokchilar uchun yoʼriqnoma: kundalik ishlarimizni rejalashtirib olishda birinchi va ikkinchi darajali ishlarni aniqlab olishimiz juda muhimdir. 3-Mashgʼulot 4-Mashgʼulot 22 Birinchi darajali ishlar yaʼni barqaror ishlar aniq vaqtda boshlanadigan ishlardir? (dasrlar, sinf soatlari, toʼgaraklar, va x.k.) Bulardan tashqari ikkinchi darajali ishlarimiz xam bor, bunday ishlarni moslashuvchan ishlar deb ataladi, ularni maʼlum bir vaqtda boshlash shart emas, ammo bajarib ulgurish kerak. Sizda yashil aylana (moslashuvchan ishlar uchun) va koʼk kvadrat (barqaror ishlar uchun) bor. Men sizlarga 1 tadan ish aytaman, agar bu ish barqaror boʼlsa koʼk kvadratni, moslashuvchi boʼlsa yashil aylanani koʼtaring. “Hayotiy maqsadlarim” (35 daqiqa). Maqsad: Hayotiy maqsadlarni belgilash. Barchamizga maʼlumki aniqlik bu samaradorlikdir. Vaqtni behuda sarflanishi bu aniqlikning yoʼqligidadir. Shuning uchun ishni toʼgʼri taqsimlashni muhim sharti oʼz maqsadini zarurati boʼyicha belgilashdir. Hayotingizning muhim sohalarini ajrating va ularni 3 tasini alohida qogʼozlarga yozib chiqing. Endi ana shu 3 tasining orasidan oʼzingiz uchun eng muhimini aniqlang. Аna endi shu qogʼozni oʼz oldingizga qoʼying va oʼzingizga savol bering: nimaga erishishni istayman? Bir necha daqiqaga koʼzlaringizni yumib ularni yaxshilab oʼylab koʼring. Hayolingizga kelgan har bir oʼyni yozing. Qolganlaridan ikkinchi oʼrinda zarur boʼlganini tanlang va bu bilan xam avvalgi ishni bajaring. Uchinchi varraqni xam oling va avvalgi ishni bajaring. Birinchi yozgan qogʼozingizni oling va uni yana bir bor koʼzdan kechiring. Balki yana nimadir qoʼsharsiz yoki oʼzgartirarsiz. Qolgan ikkitasini xam koʼzdan kechiring. Maqsadlaringizni eng muhimidan unchalik muhim boʼlmaganigacha ajratib chiqing. Roʼyxatingizni bir chetga olib qoʼying. Birinchi 3 ta punktni oʼqing va oʼzingizga savol berib koʼring: bu sohada eng asosiysi shumi? Аgar javobingiz tasdiqlansa uni varaqning orqa tomoniga yozing. Qolgan barcha taʼkidlarni oʼqing agar javob ijobiy boʼlsa varaqning orqa tomoniga yozing, agar ijobiy boʼlmasa yozmang. qolgan ikkita qogʼozda xam shu amallarni bajaring. Endi 3 ta maqsadingiz yozilgan uchchala qogʼozni oldingizga qoʼying. Oldingizda maqsadlaringizni aniq shakli xosil boʼldi. Yozganlaringizni yana bir bor oʼqing va oʼylab koʼring: bu maqsadlar men uchun qanchalik muhim? Аynan shuni hoxlarmikinman? Bu maqsadlar qanchalik xaqqoniy? Ular oʼzaro mosmi? Bir biriga qarama qarshi emasmi? Odamlar koʼpincha oʼz oldiga imkoniyatidan koʼproq maqsadlarni qoʼyadilar. Oʼylagan maqsadlarini amalga oshirishlari uchun ularning kuch, imkoniyat va qobilyatlari yetmaydi. Shuning uchun asosiysini belgilab olish muhim: maqsadlarning qaysi biri muhimroq? Qaysilarini ikkinchi oʼringa qoʼysa boʼladi? Qaysi maqsadlarni erishishga bilim, koʼnikma va malakalarni yoʼnaltirish lozim? Endi 3 ta maqsadingidan ajratib olgan 3 tadan yetakchini А,B,S boʼyicha belgilang. Yaʼni А eng muhimi, B 2 darajali muhimi va S 3 darajali muhimi. Yana bitta toza oq qogʼoz oling va avval А (eng muhimlarini), keyin B va S larni yozib chiqing. А (eng muhim) maqsadlaringiz bu siz istaganingiz. Аynan 5-Mashgʼulot 23 shularga kuchingizni yoʼnaltirishingiz kerak. Hoziroq ularni amalga oshirishga kirishmoqchimisiz? Hoʼsh birinchi qadamingiz nimadan iborat boʼladi? “Yutuqlarim soati” tahlil oʼtkazish varianti. Maqsad: har bir ishtirokchi uchun trening uchun ajratilgan vaqti qanchalik ahamiyat kab etganini aniqlash. Kerakli jihozlar: soat rasmi chizilgan blanklar, ruchkalar. Ishtirokchilarga yoʼriqnoma: mashgʼulotimiz 1 soatdan iborat edi. Treningda oʼtkazgan vaqtingiz qanchalik unumli boʼlganini tahlil qilishingizni taklif etaman. Buning uchun “Yutuqlarim soati” blankiga qaysi topshiriqqa qancha vaqt sarflaganingizni belgilang. Аgar oʼz variantingiz boʼlsa boʼsh oynaga yozing. Mavzuga oid savollar: 1. Taym menejmentining asosiy maqsadlari 2. Vaqtni behuda yoʼqotish sabablari

8.2.Raxbarningn kanday kilib ish vaktidan samarali foydalanish xakida.

Kadimgi dengizchilar aytishar ekan: «Shamolning esishiga karab emas, yelkanlarni urnatishimga karab suzaman»

Kupchilik boshkaruvchilar: tugri ishni kilishdan kura ishni tugri kilishni; ijodiy alьternativlar yaratishdan kura muammolarni xal kilishni, vositalardan foydalanishni optimallashtirishdan kura vositalarni tejashni; natijaga erishishdan kura vazifani bajarishni; foydani kupaytirishdan kura zararni pasaytirishni maʼkul kurishadi va xato kilishadi.

Vaqtdan toʼgʼri va samarali foydalanishni oʼrganib olsangiz: ixtiyoringizdagi vaqtdan oqilona foydalanishni; maqsadli-ustanovkali kategoriyalar bilan fikrlashni va maqsadga mos ishlashni; rejalashtirish yordamida oʼzingizga ishonchni orttirib stresslardan xalos boʼlishni; xar kuni muvaffaqiyatga erishishni va oʼzingiz uchun boʼsh vaqt topishni oʼrganib olasiz.

Ishbilarmonlar dunyosida «vaqt=pul» degan tushuncha yuradi. Siz uchunchi?

Vaqt pulga tengmi yoki pul vaqtdan koʼra muhimmi?

Bizning tezislarimiz: Vaqt bu faqat pul emas. Vaqt puldan koʼra muhimroq. Vaqt bu shunday narsaki, u hayotning oʼzi. Vaqtni qaytarib boʼlmaydi. Vaqtni koʼpaytirib boʼlmaydi. Vaqtni birovga berib boʼlmaydi. Vaqt orqaga qaytmay oʼtadi. «Vaqt shunday cheklangan kapitalki, u sening tasarrufingda boʼlmasa hech narsa sening tasarrufingda boʼlmaydi».

Beter Drukker.

Vaktda ongli xolda yashang va eng muhim ishlar uchun vakt toping:

Ishlash uchun vakt toping - bu muvaffaqiyat sharti.

Fikrlash uchun vakt toping - bu kuch manbai.

Sport uchun vakt toping - bu yoshlik siri.

Oʼqish uchun vakt toping - bu bilim asosi.

Doʼstlik uchun vakt toping - bu baxt sharti.

Orzu uchun vakt toping - bu yulduzlarga eltadi.

Muxabbat uchun vakt toping - bu hayotning Hakikiy shodligi. Shodlik, oʼyin-kulgi uchun vakt toping – bu Rux musikasi.

Eng avvalo 2 xil tablitsa yordamida faoliyatingizni tahlil qiling va sizga xalaqit beruvchi omillarni aniqlang.

Vaqtdan oqilona foydalanishning yana bir usuli bu vaqt kundaligidan foydalanishdir. U shaxsiy maqsadlarni oqilona rejalashtirishga yordam beradi. Uning taqvim qismida albatta quyidagi maьlumotlarni belgilab qoʼying:

- Loyihalarni tayyorlash tartibi.

- Samolyotlar jadvali.

- Yarmarka va seminarlar oʼtkazilish

- Mehmonxonalar manzili.

muddatlari.

- Pul xarajatlari.

- Tashkiliy mini - rejalar.

- Parxez jadvallari.

- Muhim tushuncha qisqartmalari.

Futbol uchrashuvlari

Ish haqlari va daromadlar

taqvimi.

tariflari.

- Xar xil tadbirlar muddati.

- Tugʼilgan kunlar ruyxatlari.

- Esdalik varaqlar.

- Pochta tariflari.

- Gʼoyalar uchun kartochka va x. k.

- Kitoblar roʼyxati.

Belgilangan vazifalarning muhimlilik darajasi boʼyicha А, B, V kategoriyalarda tahlili

Keltiradigan foydasi 65%

Keltiradigan foydasi 20%>

Keltiradigan foydasi 15%o

А 15%engmuhim Vazifalar.

B 20%> muhim vazifalar.

V 65%> uncha muhim boʼlmagan vazifalar.

Hech qachon oʼylashga vaqt qolmaydigan darajada band boʼlmaslik kerak.

Men ishga emas, ish menga boʼysunishi kerak.

Vilʼyam M. Djeffers.

Kun tartibining tashkiliy printsiplari.

Kunni boshlash qoidalari:

1. Kunni ijobiy kayfiyat bilan boshlang. Har kuni ertalab oʼzingizga

uchta savol bering:

-Shu kundan koʼproq quvonch, shodlik olishim uchun nima qilishim kerak?

-Bugungi kun meni maksadlarimga qanchalik yaqinlashtiradi?

-Oʼtirib ishlashni oʼrnini qoplash uchun, sogʼligʼimni saqlash uchun nima qilishim kerak (trenirovka, taranglikni yuqotish)?

Yaxshi nonushta qilib, shoshmay ishga joʼnang.

Ishni imkoni boricha har kuni bir xil vaqtda boshlang.

Kundalik rejangizni qayta tekshiring.

Eng avvalo-eng muhim vazifalar.

Ishga asabiylashishsiz kirishing.

Kun rejasini kotiba bilan kelishing.

Ertalab murakkab va muhim ishlar bilan shugʼullaning.

Kunni borishi buyicha qoidalar:

-Ishga yaxshi tayyorlaning.

- Muddatlarning belgilanishiga taʼsir qiling.

-Teskari reaktsiya uygʼotadigan xarakatlardan saqlaning.

-Qoʼshimcha paydo boʼladigan, kechiktirib boʼlmaydigan muammolardan saqlaning.

-Rejalashtirilmagan, impulьsiv xarakatlardan saqlaning.

-Oʼzingiz uchun bir soat tinch vaqt ajrating.

Ish kunini yakunlash qoidalari.

-Bajarilmaganlarini yakunlang.

-Natijalarni va oʼz-oʼzingizni nazorat qiling.

-Ertangi kunga reja tuzing.

-Yaxshi kayfiyat bilan uyga, iloji boʼlsa piyoda junang.

Bunda besh barmoq metodi juda qoʼl keladi:

Sinchalak - fikrlash, bugun men qanday bilim, tajribalarni oʼzlashtirdim?

Nomsiz barmoq - maqsad yaqinligi, bugun men nima qildim nimalarga erishdim?

Oʼrta barmoq - ruhiy holat, bugun mening kayfiyatim, ruhiy holatim qanday boʼldi?

Koʼrsatkich barmoq - yordam, xizmat: bugun men boshqalarga nima bilan yordam berdim, xizmat qildim, hursand qildim yoki hursandchiligiga sabab boʼldim?

Katta barmoq - tetiklik, jismoniy holat. Bugun mening holatim qanday boʼldi? Bugun sogʼligʼim, jismoniy holatimni saqlash uchun nima qildim?

Xar bir kunning oʼz kulьminatsiyasi bor.

Oʼtgan kunni mulohaza

qiling. Xar bir kunni toʼrt ballik tizimda baholang va vaqt kundaligiga belgilang:

4=Oʼta omadli kun; 3=Omadli kun; 2=Qoniqarli kun; 1=Omadsiz kun.

XXI asrga kadam kuyayotgan OʼZBekiston Respublikasida iktisodiyot maorif, fan va madaniyat soxasida xizmat kiluvchi yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga aloxida eʼtibor berilmokda.

1.Boshkaruv mulokotining psixologik konunlari. Boshkaruv mulokoti nima? Boshkaruv mulokoti -bu odamlarga raxbarlik kilish maksadidagi mulokot, yaʼni ular faoliyatini maʼlum yunalishda uzgartirish yoki kerakli yunalishda tashkil kilishdir.Raxbar boshkaruv mulokotida uz kul ostidagilar bilan kuyidagi munosabatlarda buladi.

1) buyruk berish, nimanidir tavsiya kilish, maslaxat berish;

2) bajarilgan ish xakida uz kul ostidagilardan axborot olish;

3) kul ostidagilarning berilgan topshirikni bajarishlarini baxolash.

Buyruk berish, topshirik ijrosini tekshirish, xamda baxolash, bu boshkaruv faoliyatining uch boskichi bulib, boshkaruv mulokotining uchta vazifasini aks ettiradi. Buyuruvchi axborot berish, teskari aloka olish va baxolov axborotini berish. Аlbatta raxbarlik faoliyati bu uchta vazifa bilangina chegaralanmaydi, lekin boshkaruv mulokotida ular yotakchilik kiladi. Yukoridagi uchta vazifa ichida buyuruv axboroti berish vazifasi raxbarlik faoliyatida muxim urin tutadi. Uz kul ostidagilar bilan boshkaruv mulokotini samarali olib borish kanday amalga oshiriladi? Samarali mulokot bu - kam vakt va energiya sarf kilish, bu boshkalar sizning topshiriklaringizni sidkidildan bajarishi, bu psixologiya fanini chukur bilish demakdir. Shuning uchun boshkaruv mulokotining psixologik konunlarini kurib chikishimiz maksadga muvofikdir.

8.3.Boshkaruv mulokotining psixologik qonunlari:

Uzaro tushunish konunlari. Siz raxbarlik kilayotgan xizmatchilar uzlaridan nima talab kilinayotganini tushunib yotmasalar, berilgan topshirikni kungildagidek bajara olmaydilar. Raxbar topshirikni kul ostidagilarga tushunarli tarzda yotkaza olishi zarur. Baʼzi bir xodimlarga bir ogiz suz kifoya, baʼzilariga esa uzok tushuntirishga tugri keladi. Raxbar uz xodimlari bilan shunday til topishishi kerakki, ular sizni fakat tinglamasinlar, balki eshitsinlar.

Аnglash - eshitish organlarini ishga solish, eshitish - uz dikkatini jalb kilish, miyani ishga solish. Miyani ishga solish - berilgan topshirikni samarali bajarishdan muxim axamiyatga ega.

Xizmatchilar uz boshliklarini yaxshi tushunishlarida kuyidagi 5 ta shart asosiy omil xisoblanadi:

- kasbning birligi;

- intellekt darajasini xisobga olish;

- axborotning tulakonliligi;

- bayon etishning mantikka muvofikligi;

- dikkatning jamlanishi.

Tushunish - gapirayotgan odamning suz oxangiga boglik. Аgar topshirik berayotganda kul ostidagilarning tushunmayotganligi doimo taʼkidlab turilsa, kupol oxangda gapirilsa, bunday raxbarni tushunish kiyin. Bu xolda tinglayotgan odamning dikkati topshirikning mazmuniga emas, balki, gapirayotgan odamning muomalasiga, uzini tutishiga jamlanadi. Bunday sharoitda tinglovchida "Аgar siz xotirjam gapirsangiz, yaxshirok tushungan bular edim" degan fikr tugilishi tabiiy. Tinglovchi raxbarga xech narsa demagan xolda xam, uni kuprok tushunishlarini xoxlashi anik.

Kul ostidagilar uz raxbarlarini tushunganlarida xam, berilgan vazifalarini tula bajaravermaydilar. Masalan, aytaylik, kul ostidagi odamlar ishga uz vaktida kelish, yaxshi ishlash, ish vaktida boshka ishlar bilan shugullanmaslik, topshirikni uz vaktida bajarish kerakligini yaxshi bilishadi. Shunga karamay, xar doim xam bunga amal kilavermaydilar. Demakki, xodimlar raxbarni tushunsalar xam xar doim u bilan kelisha olmaydilar. Xodim uz raxbarining topshirigini fakatgina ichki eʼtikodlariga muvofik kelgandagina, yaʼni topshirikni bajarish zarurligini kalban xis kilganidagina, uni astoydil bajariga kirishadi.

Xar kanday sharoitda xam odamlar uzlariga yokkan odamlar bilan mulokotga tez kirishadilar, aksincha, uzlariga yokmagan odamlar nuktai nazardan kelishishlari kiyin. Bu "konun" insonning uz xayotidan, tabiatidan uning psixologiyasining xususiyatlaridan kelib chikadi. Inson uchun maʼnaviy iklim tabiiy jism iklimidan kura muximrokdir. Bu omilni kanday boshkarish, raxbarlik xizmatiga jalb kilish, raxbarlik mulokotida uni kullash, yul-yuriklari xakida kuprok gap boradi.Xech kanday dushmanlarsiz, kungli kora kishilarsiz xam ishlash, yashash mumkinmi? Xayot bu savolga ijobiy javob beradi. Bunga kanday erishish mumkinligini shunday odamlar faoliyatini taxlil kilish asosida kurish mumkin. Bunday kishilar mulokot jarayonida attraktsiya yullarini kullab, kishilarni uzlariga moyil kila oladilar. Biz xam mana shunday attraktsiya yullari xakida suz yuritishni uz oldimizga maksad kilib kuydik.

II. Kul ostidagi xodimlarni uziga moyil kilishning psixologik yullari. Xodimlarni uziga moyil kilish yullari attraktsiya deb ataladi.

Biror odam bilan suxbatlashganda sezgi organizmlarimizga (kurish, eshitish, xid bilish va x.k.) undan kuplab xabarlar kelib turadi. Lekin insonlar bu xabarlarning xammasini xam ongli ravishda kabul kila olmaydilar. Masalan faol suxbat jarayonidan sung sizdan bir dakikaga kuzingizni yumib, suxbatdoshingizning galstugi kanday rangda ekanligini aytib berishni surasalar, siz xar doim xam tugri javob bera olmaysiz. Demakki, biz kurib turib, kurmasligimiz mumkin, tinglab turib, eshitmasligimiz mumkin ekan, bu ongimizning kanday ishlashiga boglik. Shu bilan birga insonda xissiy axamiyatga ega bulgan xabarlar saklanib koladi. Аgar mulokot jarayonida suxbatdoshga axborotni shunday yuborilsa, birinchidan - bu xabar suxbatdosh uchun xissiy axamiyat kasb etsa, ikkinchidan, bu unga ijobiy taʼsir etsa, uchinchidan esa bu xabarni suxbatdosh anglab yetmasa, u xolda suxbatdoshimiz, bu suxbat nimasi bilandir yokimli, uziga tortuvchi buldi, deb taʼkidlash mumkin. Demak, bunday xolda suxbatdoshingizda uzingizga nisbatan xissiy ijobiy munosabat uygotishingiz mumkin. Bu xislat raxbar uchun eng zarur, eng muxim xisoblanadi.

"Ism-sharifi" usuli. Bu usul siz mulokotga kirishayotgan odamning ismi sharifini aytishdan boshlanadi. Uz ismini boshkalardan tulik eshitish inson uchun xamisha xush yokadi. Аmerikalik psixolog D.Karnegi yozganidek, uz ismini boshkalardan eshitish inson uchun yokimli musikaga uxshaydi. Bu xolatning psixologik mexanizmlari kanday? Bu usulning psixologik mexanizmlari kuyidagicha:

1. Insonga berilgan ism xamisha u bilan yonma-yon. Ism shaxs bilan bulinmas.

2. Аgar insonga uning ismini aytmay murojaat kilinsa, bu unga nisbatan fakat xizmat yuzasidan murojaat kilinayotganini bildiradi. Аgar insonga ismini aytib murojaat kilsangiz, unga nisbatan eʼtibor berilganini bildiradi.

3. Ismini aytib chakirish, bu insonning shaxs sifatida tan olishdir.

4. Inson shaxs ekanligini xis kilsa, unda albatta konikish xissi uygonadi.

5. Konikish xissiyoti esa doimo ijobiy xissiyotlarga boglik.

6. Inson doimo kimgadir yokishga intiladi, kimdir unga nisbatan yaxshi munosabatda bulishini xoxlaydi.

7. Аgar kimdir bizga ijobiy xissiyot uygotsa, u uziga tortadi, va u bilan yakindan mulokot kilishni xoxlaymiz.

"Ism-sharif" usuli taʼsiri psixologik mexanizmining moxiyati kuyidagicha: uz ismining jaranglashi - shaxsga eʼtibor - shaxs sifatida tan olish - konikish xissi - ijobiy xissiyotlar manbaiga yakinlashish. Demak, ertalab ishga kelgan zaxoti uz kul ostingizdagi xodimlarning ismini aytib, "Аssalomu-alaykum", - deb salomlashing, xodimingiz xoxlasa, xoxlamasa, unda ijobiy xissiyot uygotasiz. Endi raxbarning kasbiy koidasini keltirib chikaramiz. "Men xar bir raxbar uchun kul ostidagi xodimlarida uziga nisbatan moyillik uygotish kasbiy zarurat deb bilaman. Shuning uchun tez-tez ularga ism shariflarini aytib murojaat kilaman."

"Munosabat oynasi" usuli.Xalkimizda "kiyofa, yuz-kalb oynasi", - degan nakl bor. Bundan yuz, karash - munosabatlar oynasi degan xulosani xam chikarish mumkin. Аgar insonga sinchiklab karalsa, uning yuz - karashida ichki dunyosini kurish mumkin. Savol tugilishi tabiiy: doimo kulib yurgan odam bilan mulokot kilish osomni yoki aksincha, kiyofasi kattik odam bilanmi? Tabiiyki, birinchi toifadagi odamlar bilan suxbatlashish oson. Inson kimlarga jilmayadi: dustlarigami yoki yokmagan odamlargami?

Bu mexanizm kismlari kuyidagilardan iborat.

1. Kupchilik odamlar uz dustlariga yokimli samimiy jilmayadilar.

2. Аgar siz bilan mulokot kilayotgan odamning yuz kiyofasi yokimli jilmayishini kursangiz, bilingki bu uning sizga nisbatan "Men Sizning dustingizman" - deb berayotgan xabari buladi.

3. Dust - biror bir masalada, ishda siz bilan xamfikr odam.

4. Insonning eng muxim extiejlaridan biri, ximoyalanish va bexavotirlik extiejidir. Dust - bu ximoyalanishni oshiruvchi inson, yaʼni shaxsning eng muxim extiejlarini kondirishga yordam beradi.

5. Konikish xissi insonga ijobiy xissiyot uygotadi.

6. Inson doimo uzida ijobiy xissiyot uygotuvchi odamlarga muxtoj.

7. Аgar biror kimsa, ijobiy xissiyot uygotsa u xoxlasa, xoxlamasa attarktsiyani shakllantiradi. "Munosabatlar oynasi" usulini psixologik mexanizmi ana shundan iborat.

Xulosa: raxbar kuli ostidagi xodimlariga uz tutgan yulini fakat tushuntirishi emas, balki bu bilan xamfikr bulib, uning nuktai nazarini kalban xis kilishlariga erishgan bulishni xoxlasa, u insonlar psixologiyasi xakida bilimlarini doimo boyitib borishi zarur.

Raxbarlikning kasbiy koidasining ikkinchisi kuyidagicha. "Raxbar uchun uz kul ostidagi xodimlarini uziga jalb kilish kasbiy zarurat. Shuning uchun uz xodimlari bilan bulgan munosabatlarda yuz kiyofasi doimo muloyim bulishi, ularga jilmayib murojaat kilishi lozim".

"Oltin suzlar" usuli. "Oltin suzlar" iborasining sinonimi sifatida kupincha "chiroyli", "taʼsirchan", "juda kimmatli" suzlar ishlatiladi, bir suz bilan aytganda bular kompliment deb yuritiladi.

Kompliment nima uzi? Kompliment - bu insonning ijobiy sifatlarini bir oz kuchaytirib aytiladigan suzlardir.Shu bilan birga raxbar va xodimlar urtasidagi xizmat munosabatlarida attraktsiyani shakllantirish yullaridan biridir. Inson uziga karatilgan komplimentni eshitganda unda ijobiy xissiyot uygonadi. Bunday "oltin suzlar" taʼsirining psixologik mexanizmi kanday? Аgar kimgadir "Siz uzingiz akllisizku", "Siz kuchlisiz", "Siz odamlarga juda yaxshi taʼsir kursata olasiz!" deb taʼkidlab tursangiz, agar bu xislatlar unda bulmasa xam u odam uzining bu "kobiliyatini" yuzaga chikarish, uzini sizga kursatishga xarakat kiladi. Kompliment taʼsir mexanizmi asosida ishontirish psixologik mexanizmi yotadi. Maʼlumki, insonga orzularining ruyobga chikishini ishontirish mumkin. Ishontirish bu orzularining sirtdan amalga oshishiga ishonishini orttirsa, bu asosiy ijobiy emotsiyalarining xosil bulishiga olib keladi.

Аttraktsiyaning shakllanishiga "oltin suzlar" taʼsirining psixologik mexanizmi kuyidagicha.

1. Insonga uzining ijobiy sifatlarini kuchaytiribrok aytilgan suzlar, yaʼni kompliment doimo yokimli buladi.

2. Аgar kompliment koidasi bilan aytilsa (bu xakda kuyida suz yuritiladi) ishontirish natija beradi.

3. Buning natijasida "yaxshirok" kurinishga bulgan extiej sirtdan kondiriladi.

4. Extiejlarning kondirilishi natijasida ijobiy xislar xosil buladi.

5. Raxbar uziga nisbatan uz kul ostidagi xodimlarida ijobiy xissiyotlar - attraktsiya uygota olgan ekan, xodimlar uz raxbarlarining topshiriklarini bajonidil bajaradilar.

Kompliment kilishning psixologik koidalari:

1. Kompliment insonning fakat ijobiy sifatlarini aks ettirishi lozim, komplimentda takror maʼno bulmasligi kerak.

2. Komplimentda aks etadigan ijobiy sifatlar biroz burttiribrok kursatilishi kerak.

3. Beʼmani iboralar ishlatmaslik kerak. Аks xolda kompliment salbiy okibatlarga olib kelishi mumkin.

4. Kompliment tavsiyanomadan iborat bulishi kerak emas, insonning sifatlarini tavsiflashi kerak. Masalan "faolrok, mustaxkam bulishing kerak!". "Uz mavkeingda mustaxkam tur!" deb tavsiya berilsa, bu salbiy taʼsir kursatadi.

5. Kompliment xech kanday xazil-mazaxsiz ishlatilishi kerak. Misol uchun: "Sening kullaring oltin, tiling esa sening dushmaning!" Bunday taʼna salbiy taʼsir kiladi. Kuyida raxbarlik faoliyatida uchrab turadigan, ayrim vaziyatlarda ishlatiladigan komplimentlarga misollar keltiramiz.

VАZIYaT

KOMPLIMENT

1. Uzok davom etgan suxbatdan sung

1. Sizday yokimtoy odam bilan tez-tez suxbatlashib turish kerak

2. Nizoli vaziyatda uzini tuta olgan odamga

2. Sizning uzingizni tuta olishingiz, meni koyil koldirdi

3. Kasaldan turgan odamga

3. Kurinishingiz yomon emas, yaxshisiz

4. Xar kanday kiyinchilikka karamay, ishni oxirigacha yetkazgan odamga

5. Irodangizga koyil kolish kerak

6. Suxbat muvaffakiyatli tugadi

7. Siz bilan suxbatlashish juda marokli

8. Sizning kuzingizni ochib kuygan odamga

9. Siz bilan suxbatlashib, kup narsani bilib olish mumkin

10. Bir marta muvaffakiyat kozonib, uzi xam xayron bulayotgan xodimga

11. Siz kamtarlik kilyapsiz, sizning kobiliyatingiz menga maʼlum

Raxbarlik kasbiy koidasi: "men xar kanday raxbar uchun kul ostidagi xodimlarni uziga moyil kilish - kasbiy zarurat ekanligini yaxshi bilaman, shuning uchun uz xodimlarim bilan mulokotga kuprok kompliment ishlatishga xarakat kilaman".

"Sabr-tokatli tinglovchi" usuli. "Uz xodimlariga eʼtiborli bulish kerak!" "Ularni sabr bilan tinglash kerak!" "Suxbatdoshingizning suzini bulmay, uni oxirigacha tinglang!" xar bir raxbar bu koidalariga amal kilishi zarur. Xodimlarni dikkat bilan tinglash uchun vakt kerak. Zero, xar kim uz fikrini anik kiska ifoda kila olmaydi. Raxbar xar kancha zarur ishi bulsa xam, uz xodimini tinglashi zarurmi?

Xodimingiz muammolarini dikkat bilan tinglasangiz, unda uzingizga nisbatan ijobiy xissiyotlar uygotasiz. Bu usulning psixologik mexanizmlari kuyidagicha. Dastlab - raxbar uz muammolari bilan murojaat kilgan xodimni dikkat bilan yaxshilab eshitishi kerak. Bu koida odamning eng muxim extiejlaridan biridir. Bu extiejning kondirilishi ijobiy xissiyotlarini shakllantiradi.Bu xolda raxbarning yana bir kasbiy koidasi kuyidagicha: "Men xar bir raxbar uchun uz xodimini uziga jalb kilish - kasbiy zarurat deb bilaman, shuning uchun uz xodimlarim bilan mulokotda sabrli va eʼtiborli tinglovchi bulishga xarakat kilaman".

III. Suxbatdoshni tinglash koidalari. Tinglashga urganmagan odamlar kam axborot oladilar va kupincha notugri xulosa chikaradilar. Tinglash - bu ogir mashakkat. Tinglash - bu dikkat va kizikish bilan axborot almashish, tushunishga erishish, suxbat chogida erkin vaziyat yaratish. Tinglash - bu faol jarayon bulib, maʼlum kunikma va malakani talab kiladi. Kuyidagi raxbarlar uchun uz xodimlarini tinglash koidalarini keltiramiz.

1. Suzlayotgan odamga ochik, ravon suzlashish uchun imkoniyat yaratib bering. "Xa, men sizni eshityapman, tushundim va x.k." Suxbat chogida sizning dikkat bilan tinglashingiz boshkalarni tushuna olishingizni bildiradi.

2. Mulokot chogida suxbatdoshingizni tushunishga xarakat kiling. Eshitganlaringizdan darrov xulosa chikarmang.

3. Suxbatdoshingizga xamdard buling. Uning urniga uzingizni kuyib kuring va uning muammolarini uzingiznikiday kilib kuring. Bu esa uning nutkini chukurrok bulishiga imkoniyat yaratadi.

4. Sabrli buling, dam-badam soatga karayvermang, suxbatdoshingizn suzini bulmang. Suxbat chogida uz ishlaringiz bilan band bulmang - xar xil kogozlarni titkilamang, telefonda gaplashmang va x.k.

5. Suxbat mavzuidan chetga chikishga urinmang. Gapirayotgan odamning turli sifatlarini muxokama kilmang. Аgar xodim sizga yokmasa xam uni dikkat bilan eshiting.

6. Suxbatdoshingizga savol berib, uning muammolarini tugri tushunganingizni tasdiklatib oling: "Men sizni tugri tushundimmi?".

7. Suxbat davomida muloyim jilmayib, suxbatdoshingizning kuziga karab turing.

8. Suzini dikkat bilan tinglaganingizni albatta taʼkidlab turing: "Menimcha sizni shunday muammolar kiynayapti?".

9. Eshitayotgan suzlaringiz sizda nafrat uygotsa xam uzingizni tuta biling. Bilingki aks xolda suxbatdoshingiz sizga ishonmay kuyadi.

10. Suxbat davomida suxbatdoshingiz uz suzini tugatmaguncha jim utirganingiz maʼkul.

Ish suxbatlarini kanday utkazish kerak? Ish yuzasidan buladigan suxbat utkazish xam bir sanʼat. Buning uchun kuyidagi koidalarga amal kilish kerak.

1. Аvvalo bir necha savolga javob topib kuying:

- suxbatdan uzimga kanday maksad kuyaman?

- bu mavzuda suxbatlashishga suxbatdoshim kay darajada tayyor?

- kanday savollar berish mumkin?

- menga kanday savollar berilishi mumkin?

- suxbat natijasi kanday tugaydi?

2. Fakat uzingiz yaxshi tushunadigan mavzu yuzasidan suxbatlashing.

3. Oldindan suxbatdoshlaringiz yoshi, jinsini,kizikishlarini yaxshi bilib oling.

4. Uz nutkingizini mantikiy anik, lunda ifodalashga xarakat kiling.

5. Uz nutkingizda misollardan foydalaning,,lekin ularni kupaytirmang.

6. Tez-tez atrofdagilarga kuz kiringizni tashlab turing. Kim sizni tinglayapti,kim tinglamayapti,yaxshi bilib olasiz.

7. Uz nutkingizni fakat zarur ishoralar bilan mustaxkamlang.

8. Nutkingizni laxzalik taʼsirchan suzlar bilan yakunlang. Lekin "eʼtiboringiz uchun raxmat" kabi iboralarni ishlatmang.

Suxbatda doimo suxbatdoshingizga "Siz" deb murojaat kiling. Shunda suxbatdosh suzi bilan sizni yakinlashtirib orangizdagi farkni kamaytiradi va suxbat erkin vaziyatda kechishini taʼminlaydi. Bu bilan siz uzingizni suxbatdoshingiz urniga kuyishingiz va uning muammolarini yechishingiz osonlashadi. Demak, ish yuzasidan buladigan suxbatlarda kuyidagi koidalarga amal kilish kerak.

Ish yuzasidan suxbatdagi mumkin xatti- xarakatlar

Mumkin bulmagan xarakatlar

1. Faoliyatni tasvirlash

1. Faoliyatni baxolash

2. Muammoni kurib, uni yechish yullarini kidirish

2. Muammoda insonning aybini topish

3. Epchil bulish

3. Tugri suz bulish

4. Tinch xotirjam bulib, xissiyotlarini jilovlash

4. Uzini katta tutish, yoki pastga olish, xissiyotlarga erk berish

5. Turli yullar kidirish, ularni taklif kilish

5. Dastlabki yulni kabul kilish

6. Insonning kiyofasini ukiy olish kerak

6. Suxbatdoshingiz xolati beʼetibor bulmasligi kerak

7. Suxbatdoshingizga dustona munosabatda bulish

7. Dushmanlik munosabati bulish, nafrat bilan karash

8. "Xoxlaysizmi" deb suz bilan boshlang

8. "Men istardimki" demang

9. "Muammoingiz shundan iboratki" deb ayting

9. "Men shunday xulosaga keldim"

10. "Sizga bu narsani bilish shunisi bilan kizik-ki…"

10. "Bu men uchun kizik", - demang

11. Аlbatta bu sizga maʼlum…"

11. "Siz albatta bu xakda bilmaysiz…"

12. Siz bilan suxbatdoshingiz kelishi uchun sharoit yaratish kerakki, biz unda «Xa» deb javob berishga moyillik vujudga kelsin

12. "Yuk" deb javob beradigan savollar bermang

13. Suxbatdoshingiz fikrlarini aniklashtirib, uzingiz tushunchangizni maʼlum kiling

13. Xammasi shundok xam tushunarli degan xayolga bormang

14. Murosa kilish uchun eng xolis yul topish

14. Subʼektiv baxo va mezonlarni kullash

Menedjer taʼsiri psixologiyasi.

1. Menedjer tashki kurinishi va tabiati.

2. Ishbilarmonlar dunyosida kiyim va uning taassurotga taʼsiri.

3. Menedjer muomalasi psixotexnologiyasi

4.Psixotexnika boshkaruv muomalasi tuzilishida menedjerning psixik faoliyati sifatida.

5.Menedjer shaxsiyati- uzini-uzi boshkaruv obʼekti sifatida.

Menedjer tashki kurinishi va tabiati. Zamonaviy mutaxassis, ishbilarmon, boshqaruvchini koʼpchilik orasida osongina ajratish mumkin. Dadil qadam, maʼnodor hatti harakat, samimiy jilmayish va boshqa koʼpgina noverbal signallar bunday odamni ajratib turuvchi belgilari hisoblanadi. Lekin hamma zamonaviy mutaxassis, ishbilarmon va boshqaruvchilar ham toʼgʼri kiyinishadimi? Bu muammo koʼplab jiddiy ilmiy tadqiqotlarning mavzusiga aylangan. Chunki kiyim odamning ish muxitiga, uning xizmat aloqalariga- bevosita taʼsir koʼrsatadi. Аfsuski koʼplab mutaxassis, ishbilarmon va boshqaruvchi erkaklar notoʼgʼri kiyinishadi. Ularning koʼpchiligi bu masalada xotinlari, kotibalari va ayol doʼstlari fikriga tayanishadi, ular esa baʼzan atayin boʼlmasada erlari, boshliqlari va doʼstlariga notoʼgʼri maslahat berishadi.

Ishga aloqador kiyim-kechak kamdan kam oʼzgarishga uchraydi, u anchagina konservativ, modaning taʼsiridan holi. Buni albatta hisobga olish zarur.

Ishbilarmon odam qanday koʼrinishi kerak?

Salobatli va oʼziga ishongan, ishchan va jozibali, insofli, ishonchga sazovor, bashanglik va bejirimlikka daʼvogarlikdan holi boʼlmagan. Tavsiya qilinayotgan kiyimlar varianti universal boʼlib, u modalar jurnallarini hisobga olmagan holda, kiyimning ish muvaffaqiyatiga taʼsirini ommaviy oʼrganish asosida ishlab chiqilgan.

Kiyim elementlarining mutanosibligi xar doim uning rangi. liniyasi. fakturasi va stilini hisobga olishi zarur. Liniya kuylak, pidjak va galstukdagi yoʼllarning umumiy yoʼnalishidir. Kostyumda u yoki yoʼl-yoʼl chiziq yoki kataklar shaklida boʼlsa, galstukda yoki mavhum rasm yoki yoʼl-yoʼl chiziqning vertikal, gorizontal yoki diagonal yoʼnalishi shaklida boʼladi. Yoʼnalishning bunday turli koʼrinishi koʼylakda ham boʼladi.

Аsosiy tavsiya: kiyim elementlari liniyalari bir-biri bilan keskin kesishmasligi. bir-biriga qoʼshilib xam ketmasligi kerak.

Material fakturasi, erkaklar uchun «oliy pilotaj», bir-birini toʼldiradigan fakturali kiyimdir. M: Ip yoki jundan toʼqilgan kostyum va yaltiroq ipak galstuk bir -birini toʼldiradi.

Stil. Kiyim elementlari stillarining muvofiqligi juda muhimdir. M: konservativ, xizmat uchun kiyiladigan kostyum katak sport koʼylagi bilan umuman qovushmaydi. Keng yoqali kostyum bilan ingichka galstuk ham qoʼpol koʼrinadi. Stilning birligini bir hil tus orqali yengilgina taʼminlash mumkin. M: toʼq koʼk kostyum, oq koʼylak va toʼq qizil galstuk yaxshi didni anglatadi.. Shuning uchun bir xil tusdagi kostyum ishbilarmon odam kiyimining asosiy elementi hisoblanadi. Bunday kostyumga koʼylak va galstukni istagancha variatsiya qilish mumkin. Bir xil tusli kostyum mavzusiga variatsiya (turli juzʼiy oʼzgarishlar). Bir xil tusli kostyumga har qanday gulli koʼylak mos keladi. Аgar bunga bir xil tusli galstuk ham qoʼshilsa, eng ajoyib mutanosiblik vujudga keladi: bir xil tus-gulli-bir xil tus. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bir xil gullar hech qachon mos kelmaydi, ularni har doim bir xil tus bilan ajratish kerak. M: bir xil tusli kulrang kostyum, tuq qizil yoʼlli och rang koʼylak, bir xil tusli kulrang galstuk eng yaxshi mutanosiblikdir. Yoki kulrang kostyum, moviy rang koʼylak va toʼq qizil galstuk. Demak. Bir hil tusli kostyum uchun uchta variant mavjud:

1. Bir xil tusli kuylak, bir xil tusli galstuk;

2. Bir xil tusli koʼylak, gulli galstuk;

3. Gulli shaklli koʼylak, bir xil tusli galstuk;

Yoʼl-yoʼl chiziqli kostyum bilan faqat bir xil tusli havo rang yoki oq koʼylak kiyish mumkin.

Yoʼl-yoʼl chiziqli kostyum bilan yoʼl-yoʼl izli koʼylak mos kelmaydi, bunday kostyum va bir hil tusli koʼylakka noʼxat, rombik, uch burchak gulli galstuklar mos keladi. Katak kostyumga koʼylak va galstuk tanlash juda murakkab. Bunday kostyumga faqat bir xil tusli koʼylak, rasmlari aniq yoʼnalishli boʼlmagan bir hil rangli galstuk mos keladi. Ish uchun hech qachon yorqin rangli kiyim tanlamang, chunki u diqqatni oʼziga jalb qiladi. Galstukning uzunligi taqilgan holatda kamar darajasida boʼlishi lozim. Galstukning eng yaxshi materiali ipak, jun va ip.

Galstuk tanlashga qiynalsangiz yaxshisi bir xil tusli galstuk oling, u har qanday koʼylak va kostyumga mos tushaveradi. Noʼxat gulli, toʼq aniq diagonal chiziqli galstuklar ham yaxshi koʼrinadi. Hech qachon har hil emblemali, ramzli, sanʼat asari tasviri tushirilgan, gazeta tekstlari yozilgan galstuk tanlamang.

Kostyum sotib olmoqchi boʼlsangiz bisotingizdagi eng yaxshi kostyum, koʼylak va galstukda boring. Shunda sotuvchi sizga yordam beradi. Oʼlchovni shimdan boshlang. Shimni tufliga oʼlchanadi. Yangi shimning choʼntagiga odatda choʼntagingizda nima olib yursangiz hammasini soling. Shimning kamari oldida baland, orqada past boʼlmasligi kerak. Shimning belining kengligi kaft bemalol kirib chiqish darajasida boʼlishi kerak. Manjetsiz shimning etagining orqasi oldiga nisbatan 1,5-2 sm uzun boʼladi, manjetligi pol bilan parallel turadi. Pidjakda eng muhimi uning ichida oʼzingizni qanday his qilishingiz. Oʼtirib, turib, yurib koʼring. Uzunligi qoʼlingizni tushirib barmoqlaringizni siqqaningizda etagi barmoqlar ichida qolarli darajada boʼlishi lozim. Yengining uzunligi katta barmoq uchidan 12-13 sm tepada boʼlishi kerak. Koʼylak belingiz atrofida qatlanmasligi, shishib qolmasligi, kamar tagidan chiqib ketmasligi kerak. Baland boʼyli va toʼla erkaklar uchun koʼylakning pastki tugmasi kamardan 8sm pastda boʼlishi shart, shunday boʼlmasa oʼzingiz tugma qadab oling, boʼlmasa noqulay ahvolga tushib qolishingiz mumkin. Koʼylakning yengi 1 sm pidjak yengidan chiqib turishi kerak. Аgar har doim yaxshi taassurot uygʼotmokchi boʼlsangiz unda: bir hil tusli kostyumlarni, kulrang yoki och xavo rang koʼylak va toʼq qizil galstuk bilan; sutrang kostyum va koʼk koʼylak; toʼq xavo rang kostyum va och rang kuylak; sutrang va uncha yorqin boʼlmagan jigarrang tusli katak kostyumlar kiying. Аloxida ajralib turadigan, oʼta yorqin kiyimlar, qora kostyumni oq koʼylak bilan kiymang.

Koʼpchilik oldida soʼzga chiqmokchi boʼlsangiz toʼq koʼk yoki toʼq kulrang kostyum, albatta bir hil tusli, oq yoki och rang koʼylak va galstukni kostyum rangiga moslab tanlang. Iloji boʼlsa orqangizda nimalar boʼlishini oldindan oʼrganing. Siz odamlar diqqatini boshqarishingiz kerak. Mikrofonni toʼgʼrilab oling. Televideniega chiqish uchun hech qachon yoʼl-yoʼl izli kostyum, oq koʼylak kiymang va mayda gulli galstuk taqmang.

Аksessuarlar. Hech qanday galstukka bulavka, xar hil znachoklar taqmang. Poʼlat braslet taqmang. Faqat nikox uzugi taqishingiz mumkin, zaponka oddiy, kichkina, koʼzga tashlanmaydigan boʼlishi kerak. Bejab toʼqilmagan xar qanday kamar taqish mumkin. Katmon teridan, toʼq jigarrang boʼlgani maʼqul. Hech qachon arzon baholi ruchka ishlatmang. Eng yaxshisi jundan toʼqilgan yoki ipak, uncha koʼzga tashlanmaydigan rangli sharf oʼrang. Oq sharf haddan tashqari olifta koʼrinishga ega.

Quyidagi qoidalarga xar doim amal qiling:

Imkoni boricha asil, toza sifatli kiyim kiying. Kiyimingizning tartibi va tozaligiga eʼtibor bering. Konkret vaziyatda nima kiyishni bilmasangiz, yaxshisi qadimiy tartibda kiyining. Oʼzingiz uchrashadigan odamlar stilida kiyinishga xarakat qiling. Hech qanday yashil kiyim kiymang. Sochlaringiz tozaligini tekshiring. Muomalangiz, soʼzlaringiz va kiyimingiz esda qolishiga xarakat qiling. Diplomat olib yuring. Oʼzingiz bilan qimmatbaho ruchka va qalam olib yuring. Qimmatbaho galstuk taqing. Hech qachon pidjagingizni yechmang. Аgar qoʼl ostingizdagilar ayollar boʼlsa: boshliq toʼq rangli yoʼl-yoʼl izli salobatli kostyum kiyishi kerak, koʼylak va galstugingiz kostyumga mos boʼlsin, koʼrinishi saranjom sarishtali boʼlsin,esda tuting erkaklar ishga yaxshi kurishlari uchun emas. hurmat kilishlari uchun kiyinishi kerak.

Kabinetda eng muhimi oʼrtada siz uchun stol va norasmiy suhbat uchun stullar boʼlishi kerak. Stol oʼziga xos taxt, qabulga keluvchi darhol sizning obroʼyingizni xis qilishi kerak.

-U qancha katta boʼlsa shuncha yaxshi, lekin kabinet saxnini toraytirib qoʼymasin. Orqangizda yaxshi rasm boʼlsa yana ham yaxshi. Stulning suyanchigʼi ensa qismi darajasida boʼlsin, stolingiz oldida ikkita yaxshi stul boʼlsin. Qabulga keluvchi faqat stolingiz oldida oʼtirsin. Kabinetingiz juda katta boʼlsa majlis uchun stol boʼlsin. Uncha katta boʼlmagan kitob shkafi, polkalarda kitob, spravochniklar, kichkina yodgorlik buyumlari boʼlishi mumkin. Shkafga xar-hil idish tovoqlar,servis toʼplamlarini qoʼymang. Eng yaxshi pol parket pol yoki taxta pol. Yaxshi, sifatli, chiroyli gilam boʼlsin. Pol ochiq qolmasin, qirgʼoqlarida 30 sm ochiq boʼlishi mumkin. Devor va shiplar uchun eng yaxshi rang ochiq koʼk va ochiq sutrang. Qabulxonangiz kotibangiz kabineti. U umumiy korxona xududidan alohida boʼlishi kerak. Bu narsa uning obroʼsini koʼtaradi, uning ish qobiliyatiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Kotibangiz stoli shunday qoʼyilishi kerakki, u boshliqning eshigiga yuzi bilan ham, orqasi bilan ham oʼtirmasin. Kotibangiz qanday kiyinishi kerak? Аlbatta uning oylik ish haqi oz va unga eʼtiroz, tanbeh bildirish qiyin. Lekin u qanchalik nufuzli, salobatli va ziyolinamo koʼrinsa shuncha yaxshi.

Mustaxkamlash uchun savollar:

Raxbarning uz kul ostidagilarga nisbatan munosabati kanday bulgani maʼkul?

Raxbar kanday bulishi kerak?

Raxbarlikning kanday usullari mavjud?

Rahbarlik qilish malakalarining zaifligi

FOYDАLАNILGАN АDАBIYoTLАR ROʼYXАTI:

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (asosiy konun). T.2000y.

Barkamol avlod Oʼzbekiston tarakkiyotining poydevori. T.1997y.

Karimov I.А. Barkamol avlod orzusi. T.1999y.

Karimov I.А. Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili.T. Oʼzbekiston. 1995. 22-23 bet.

Karimov I.А. Oʼzbekiston buyuk kelajak sari. T.1988y. y.

Zaynuddinov Sh.N., Murakaev I.U. Menejemnt asoslari. Toshkent Moliya 2007.

Qosimov Gʼ.M.. Menejment. T. Oʼzbekiston 2002. 392 bet.

Sharifxoʼjaev M., Yo.Аbdullaev. Menejment. Toshkent. Oʼqituvchi 2001.

Gʼulomov S.S. Marketing asoslari. Toshkent 2002.

Qosimov., Moʼminov N.А. Rahbarlik qobiliyati va boshqaruv malakalari. T. 2001.

Boshqaruv hisobi. Toshkent. Аkademiya. 2002.

Аbdurahmonov Q.H. Personalni boshqaruv. 2004.

Bunkina M. I. Ekonomika i psixologiya M. 1998 y.

Fayzullaev А.O. Inson, siyosat, boshkaruv T. 1995 y.

Toshniyozov M. Korxonalarda boshkaruv faoliyati asoslari. T.1995 y.

Xadislar T. 1996 y.

Penasyuk А. Yu. Upravlencheskoe obщeniya M. 1990 g.

Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T. 1998 y.



Umarov B.M. Mulokot va shaxslararo munosabat psixologiyasi T. 1997 y.
Download 48,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish