periferik limfatik tugunlar:
Palpatsiya ikki qo’lning ko’rsatkich va o’rta barmoqlari yordamida simmetrik
holda bajariladi, bunda palpatsiya qilinayotgan tugunlarni suyak yoki mushak
to’qimalariga siqishga harakat qilinib, teri osti biriktiruvchi to’qimalarida
joylashgan limfatik tugunlar paypaslanadi.
Palpatsiya quyidagi tartibda bajariladi: ensa, quloq orqasi- so’rg’ichsimono’simta,
jag’ tagi– quyi jag’ning burchagi osti, iyak tagi,old bo’yin sohasi – ko’krak suyagi-
o’mrov,so’rg’ichsimon mushaklarningold chekkasi bo’ylab, bo’yin orqasi–ko’krak
suyagi- o’mrov, so’rg’ichsimon mushaklarning orqasida, o’mrov tepasi –o’mrov
tepasidagi chuqurchalarda, o’mrov tagi – o’mrov tagi chuqurchalarida, qo’ltiq tagi
– qo’ltiq tagi chuqurchalari, tirsaklardagi – tirsakning ikki boshli mushaklari
tarnovchalarida va teparoqda, torakal katta ko’krak mushagining pastkichetida,
chov qismi–chov qismi sohasida, tizza tagida–tizzaning bukilish joylarida.
Iyak osti limfatik tugunlari barmoqlarningorqadan oldinga qaratilgan ehtiyotkorona
harakati bilan iyak osti sohasi o’rta chizig’i atrofida paypaslanadi.Qo’ltiq osti
limfatik tugunlarini tekshirish paytida shifokorning qo’llari qovurg’alarga
perpendikulyar holatda joylashadi. Barmoqlar qo’ltiq osti chuqurchalariga chuqur
kiritiladi. YUmshoq to’qimalar qovurg’alarga siqilgan holda barmoqlar ko’krak
qafasi pastki tomoniga yo’naladi. Tirsak tugunlari quyidagi tarzda palpatsiya
qilinadi: bemorning qarama-qarshi qo’li bilagining pastki uchdan bir qismini
ushlab, uning qo’lini tirsak bo’g’imidan bukiladi va keyin shifokor boshqa
qo’lining (bemorning tekshirilayotgan qo’li bilan bir xil qo’li) ko’rsatkich va o’rta
barmoqlari bilan bo’ylama sirg’aluvchi harakatlar bilan sulcus bicipitalis lateralis
etmedialis tirsak darajasi va bir oz yuqoriroqda paypaslanadi.
14
Agar limfatik tugunlar palpatsiya qilinsa, unda quyidagilarni aniqlash lozim
miqdori (ko’p, kam, kamdan-kamuchraydigan);
− kattaligi;
− konsistensiyasi(yumshoq, elastik, tig’iz);
− harakatchanligi;
− atrofidagi tugunlarga munosabati (tugunlar bir-biridan ajralgan yoki paketlarga
jipslashgan);
− atrofidagi to’qimalarga, teriga va teri osti biriktiruvchi to’qimalariga munosabati
(jipslashgan yoki jipslashmagan);
− palpatsiya paytidagi sezuvchanligi (og’riqsezuvchan yoki og’riq sezmaydi).
Sog’lom bolalarda 3 gurux limfa tugunlari 3 darajada(bug’doy doni, mosh,
no’xatdek) kattalashib jag’ osti, qo’ltik osti, chov sohalarida palpatsiya qilinadi.
Limfa tugunlari palpatsiya qilinayotganda 4 ta qo’l yarim bukilgan holda bo’lib
yengil paypaslanadi va kattalashgan limfa tugunlar yaqin suyakka fiksatsiya
qilinadi. Palpatsiya qilinganda uning razmeri, mikdori, harakatchanligi,
konsistensiyasi, atrof to’qimaga birikkan birikmaganligi, og’riq bor yoki yo’qligi
aniqlanadi. Limfa tugunlari lokal yoki tarqalgan, yagona yoki ko’p miqdorda
kattalashgan bo’lishi mumkin. Limfa tugunlari 6 darajada kattalashadi. Do'stlaringiz bilan baham: |