12
− kasallik alomatilari paydo bo’lgan dastlabki kunni aniq belgilash, ularning
paydo bo’lish sabablari, ayniqsa qon ketishi va qon quyilishi (beixtiyor, jiddiy
yoki tashqi jarohatlanish ta’sirida,zarba olish oqibatida, oftob urishi, jismoniy
zo’riqish);
− patologik simptomlar dinamikasini surishtirish (yangi elementlar qachon paydo
bo’lganligi, birdaniga yoki ketma-ket);
− o’tkazilgan muolajani aniqlash,jumladan,qabul qilingan dori vositalari dozasi va
muddati, ularning samaradorligi;
− ehtimoliy laboratoriya va boshqa tekshirish usullari natijalari bilan tanishish;
− agar kasallik takrorlangan va uning navbatdagi kuchayishi bo’lsa, oldingi
o’xshash holatlar, ularning davomiylik vaqtini aniqlash bilan birga klinik belgilari,
o’tkazilgan muolaja va h.k. so’rab-surishtirilishi kerak.
Ko’rik
Tashqi ko’rik o’tkazish paytida quyidagi belgilar aniqlanadi:
– bemorning holatti (faol, passiv, majburiy);
– qon ketishi–uning lokallashuvi, jadalligi, davomiyligi
Teri qoplami rangi:
− rangi o’chganligi– eritrotsitlar va gemoglobinlar miqdori kamayishi natijasi;
terining tez oqarib ketishi– kuchli qon oqishi;
− jazavaga tushish – giperbilirubinemiya paydo bo’lishi oqibatida patogen kelib
chiqishining namoyon bo’lishi. Birinchi navbatda bilirubinofilli to’qimalar deb
ataluvchi– sklerlar, qattiq tanglay shilliq qavati, kaftlar terisi, oyoq kaftlari,
ko’raklar oralig’i sarg’ayishi kuzatiladi;
− sianoz– ushbu kasallik mavjudligida lokalizatsiya qilish lozimligiga ko’rsatma
beriladi, masalan, anemiyasi mavjud bolalarda ko’pincha periorbital sianoz bo’ladi;
− albinizm, leykizm – normal tug’ma pigmentatsiya yo’qligi, birinchi navbatda,
sochlar va qovoqlarning rangsizlanishida namoyon bo’ladi. Kamdan-kam hollarda
teri pigmentatsiyasi, bu holat to’liq albinizm deb ataladi (bunday shaxslar albinos
deb atalishadi). Bu kamdan-kam uchraydigan nasldan-naslgao’tadigan
qon kasalliklaridan biri hisoblanadi;
− olcha-qizilrangi–politsitemiyaalomati:
− yashilsmion rang–leykozning tashqi alomati.
Dog’ shaklidagi toshma– bu darajasi va tig’izligi buzilmagan holda, aniq
chegaralarda teri ranginingo’zgarishi. Ko’pgina qon kasalligiga xos bo’lgan dog’lar
ko’p hollarda gemorragik kelib chiqishning o’ziga xos belgisi hisoblanadi, ya’ni
ularning paydo bo’lishiga qon quyilishi sabab bo’ladi.
Hajmiga ko’ra dog’lar quyidagicha nomlanadi:
•petexiyalar—kichik hajmdagi, nuqtasimon taxminan 1–2mmga teng qon quyilishi;
•to’q qizilrangli dog’lar—hajmi 2–5mm li, odatda dumaloq shaklda uchraydi;
•ekximozlar (eskicha ko’karish, momataloq) -hajmi 5mmli, noto’g’ri shaklda qon
quyilishi;
-dog’larning lokallashishi, shu jumladan, ularning simmetriklik xususiyati bor yo
yo’qligi;
-qon quyilishi rangi–qizil rang yangiligi, keyin ular ko’k va jigarrang bo’lib bir
necha kundan so’ng salat tus va sariq rang kasb etadi.
13
- dog’larning soni– agar ular bir nechta bo’lsa, aniq soni ko’rsatiladi; toshmalarning
soni ko’p va hisoblash imkoni bo’lmasa, toshmalar soni ko’p miqdorda deb
yoziladi.
Bayon qilingan dog’lar, ko’rsatib o’tilganidek, qon quyilishi natijasida paydo
bo’ladi. Biroq ko’plab patologik holatlar mavjud, ko’pincha infeksion, ularning
klinik alomatlari ko’p holatlarda 1–2 mm dan to 1–2 sm gacha bo’ladigan
dog’lardir, ayrim hollarda katta hajmdagilari ham uchraydi. Ikkala guruhdagi
dog’lar ham tashqi jihatdan juda o’xshash bo’ladi, ammo ularning tashkil bo’lish
mexanizmi turlicha; infeksion kasalliklar asosida (qizamiq,qizilcha va
boshq.)yallig’lanish jarayoni yotadi va ushbu fonda terining qon tomirlari
kengayishi kuzatiladi, bu esa terining dog’lar ko’rinishidagi qizarishini vizual
aniqlash imkonini beradi:
− enantema—shilliq qobiqchalardagi toshmalarning umumiy nomlanishi;
− gemorragiya – ko’rish mumkin bo’lgan shilliq qobiqlar va terining har qanday
yuzasida paydo bo’ladigan qon quyilishi;
− gematoma—teri osti hujayralari, mushak to’qimalari, qorin bo’shlig’i orqasi va
boshqa qismlarda quyilgan shishsimon qon yig’ilishi;
− Gemartrozlar—bu qon quyilishlar yoki bo’g’imlardagi gematoma. Periferik
limfatik tugunlar jiddiy kattalashganda ularni vizual ravishda aniqlash imkoni
bo’ladi (leykoz alomati; limfogranulematoz);
– qorin chiqishi jigar va qorataloq kattalshuvi alomati bo’lishimumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: