Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti va ularning turlari.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan ADT ga quyidagilar kiradi:
bugalteriya uchun DT;
personalni boshqarish DT;
jarayonlarni boshqarish DT;
bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli ADT ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:
kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
grafik muxarrirlar;
hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.
Umumiy maqsadli ADT ga yorqin misoli qilib Microsoft kompaniyasining Microsoft Office dasturlar paketini misol qilib keltirish mumkin. Chunki bu dasturlar paketi Microsoft tomonidan Windows muhitiga moslab chiqarilgan va u o’zida kundalik xayotda kerak bo’ladigan mukammal dasturlarni jamlagan. Windows OS rivojlanishi barobarida Office dasturlar paketi ham unga mos rivojlanib bordi. Microsoft Office dasturlar paketining rivojlanishi qisqacha quyidagi jadvalda keltirilgan.
Microsoft Office versiyasi
|
Tarkibidagi dasturlar soni
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Microsoft Office 95
|
3
|
1995
|
Microsoft Office 97
|
4
|
1997
|
Microsoft Office 2000
|
5
|
2000
|
Microsoft Office XP
|
5
|
2001
|
Microsoft Office 2003
|
7
|
2003
|
Microsoft Office 2007
|
9
|
2006
|
Microsoft Office 2010
|
9
|
2009
|
Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo’shilib borsada o’z ko’rinishini o’zgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi o’zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo’lsada, ko’rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. Bu farqni quyidagi 10– rasmdan sezish mumkin.
Microsoft Office 2007 dizayn va imkoniyatlar jixatdan oldingi versiyalarni ortda qoldirgan bo’lsada, ko’pchilik foydalanuvchilar xanuzgacha Microsoft Office 2003 ni ma’qul ko’rishmoqda. Quyida Microsoft Office 2003 dasturlar paketining aosiy dasturlari vazifalari bilan qisqacha tushuntirib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |