Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Listbox obyekti qanday vazifani bajaradi?
2. ComboBox obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.
3. SpinEdit obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.
4. Ilovaga ListBox obyektini joylang. Bu obyektni Asaka zavodida
ishlab chiqariladigan avtomashinalardan birini tanlaydigan qilib xossalarini
o‘zgartiring.
5. Ilovaga ComboBox obyektini joylang. Uning xossalari o‘zgartirib,
unga viloyatlar ro‘yxatini kiriting.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
1. Delphining grafik imkoniyatlari. Delphida grafika bilan ishlash
uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bir qator obyektlarning Canvas
(polotno, sirt) degan xossasi bo‘lib, uning o‘zi obyekt hisoblanadi. Uning
xossa va usullaridan foydalanib, bu obyekt egallagan joyda turli shakllarni
chizish mumkin. Quyidagi rasmdan ham ko‘rinib turibdi-ki, sanoq
sistemasining boshi sifatida obyektning chap yuqori burchagi olingan.
Dastlab gorizontal, so‘ng vertikal o‘qlardagi koordinatalar ko‘rsatiladi:
2. Image va Shape obyektlari. Delphida grafika bilan ishlash uchun
maxsus boshqarish obyektlari bor. Ular Image (rasm, tasvir) va Shape
(shakl) bo‘lib, obyektlar panelining Additional (qo‘shimcha) jildida
joylashgan:
Style xossasi chiziladigan chiziqlarning ko‘rinishini o‘zgartiradi. U
quyidagi qiymati oldindan aniqlangan o‘zgarmaslardan biriga teng bo‘lishi
mumkin:
1. psSolid – uzluksiz (oldindan o‘rnatilgan).
2. psDash – shtrix (mayda kesmachalar).
3. psDot – (nuqtalar).
4. psDashDot – kesma va nuqta.
5. psDashDotDot – kesma, nuqta va nuqta.
6. psClear – ko‘rinmas.
Qalam stilini o‘zgartiruvchi operator
Image1.Canvas.Pen.Style:=psDash; kabi bo‘ladi.
3. Pixels (piksellar) xossasi. Canvasning Pixels xossasi yordamida
rasm chiziladigan sohadagi har bir nuqtani boshqarish mumkin. Bu xossada
piksellar ikki o‘lchovli massivni tashkil etadi. 50-qatorning 100-ustunida
joylashgan pikselga murojaat qilish uchun Pixels[100,50] deb uning ikkita indeksini ko‘rsatish yetarli. Agar biz bu pikselning rangini qizilga
o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, Image1.Canvas.Pixels[100,50]:=
RGB(255,0,0); operatoridan foydalanamiz.
PC:=Image1.Canvas.Pixels[100,50]; operatori esa
pikselning rangini o‘zgaruvchida saqlashga imkon beradi.
4. MoveTo va LineTo usullari. Chizma chizishda to‘g‘ri chiziq
kesmasini chizish ko‘p ishlatiladi. Bu borada Delphi qanday imkoniyatlarga
ega? Canvas obyektining MoveTo (... ga o‘t) va LineTo (...gacha chiz)
usullari kesma chizish uchun xizmat qiladi. Ularning ikkalasi ham butun
qiymatli ikkitadan argumentga ega. Bu argumentlar yordamida rasmdagi
nuqtaning koordinatalari ko‘rsatiladi. Ilovani ishga
tushiramiz. Avval muntazam yetti burchakni, so‘ng muntazam 28 burchakni
chizamiz. Ular quyidagi rasmda ko‘rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |