Standartlashtirish usuli
Biror bir xodisani o'rganish, uni bir necha majmualardagi
kattaliklarini taqqoslash uchun odatda intensiv
ko'rsatkichlardan foydalanishadi, ammo ko'pincha intensiv
ko'rsatkichlarga o'rganilayotgan majmualarning tarkibi ta'sir
ko'rsatadi.
Bir necha majmualardan olingan biror bir xodisaning
kattaliklarini o'zaro taqqoslash va majmualar tarkibini
taqqoslanayotgan ko'rsatkichlarga ta'mirini yo'qotish uchun
sanitariya statistikasida standartlash usuli qo'llaniladi
Standartlash usuli yordamida xar-xil majmualardagi bir xil
xodisaning kattaliklarini bir-biriga taqqoslash uchun shartli
standart ko'rsatkichlar xisoblanadi.
Standart ko'rsatkichlar majmualar tarkibi
bir xil bo'lganda taqqoslanayotgan
intensiv ko'rsatkich qayerda ko'p bo'lishini
ko'rsatib beradi, ammo qanchaga ko'p
ekanligini ko'rsatmaydi. Chunki standart
ko'rsatkichlar shartli hisoblanib, ularning
kattaligi qabul qilingan standartga bog'liq.
Standart ko'rsatkichlarni hisoblashni
bir necha xil usullari mavjud:
1. To'g'ri
2. Bevosita
3. Teskari
4. Ko'p omilli
To'g'ri usul o'rganilayotgan muxitning va xodisaning
tarkibi ma'lum bo'lganda qo'llaniladi
Bilvosita usul muxitning tarkibi ma'lum bo'lib,
xodisaning tarkibi ma'lum bo'lib, xodisaning tarkibi
noma'lum bo'lganda qo'llaniladi.
Teskari usul xodisaning tarkibi ma'lum, muxitning
tarkibi noma'lum bo'lganda qo'llaniladi.
Ko'p omilli o'rganilayotgan xodisaning kattaligicha bir
vaqtning o'zida bir necha omil ta'sir etayotganda (yosh
jins, ish staji) ularning ta'sirini yo'qotish uchun
ishlatiladi.
Ko'pincha standart ko'rsatkichlarni
xisoblashning to'g'ri usuli
qo'llaniladi. To'g'ri usulni
xisoblashning 4 bosqichi
mavjuddir.
Birinchi bosqich xar bir solishtirilayotgan
majmuaning barcha guruhlari bo'yicha intensiv
ko'rsatkichlari hisoblash.
Ikkinchi bosqich standartni tanlash va xisoblash
Uchinchi bosqich xar bir standart uchun
kutilayotgan kattaliklarni xisoblash.
To'rtinchi bosqich standart ko'rsatkichlarni
hisoblash
Tibbiyotda va eksperimental laboratoriyalarda kuzatilishlar va
tadqiqot ishlari ko'pincha tanlab olingan majmuada o'tkaziladi.
Majmua qanchalik puxtalik bilan tanlab olinmasin, u general
majmuaga qanchalik o'xshash bo'lmasin bari bir tanlab olingan
majmua general majmuadan farq qiladi, demak tanlab olingan
majmuadan olingan nisbiy va o'rtacha qiymatlar general
majmuadan olinishi mumkin bo'lgan kattalaiklardan farq qiladi.
Shuning uchun xam bir qism tanlab olingan xodisalarni o'rganish
orqali, jami xodisalar va ularning qonuniyatlari haqida to'g'ri
xulosa chiqarish uchun tadqiqot natijasida olingan ko'rsatkichlarni
aniqligiga baho berish talab qilinadi.
Ko'rsatkichning aniqlik darajasini o'lchaydigan kattalik uning
xatoligi xisoblanadi.
Ko'rsatkichning xatoligi, tanlab olingan majmuadan
olingan kattalik (nisbiy yoki o'rtacha) general
majmuadan olinishi mumkin bo'lgan kattalikdan
qanchaga farq qilishini ko'rsatadi.
- nisbiy qiymatlarning o'rtacha xatosini xisoblash
formulasi:
- O'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha
xatoligini topish formulasi;
Tibbiyotda ko'pincha taqqoslanayotgan ikki ko'rsatkich
orasidagi farqning haqiqiyligiga baho berish talab
etiladi:
• - Nisbiy miqdorlar uchun:
• - o'rta miqdorlar uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |